O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent tibbiot akademiyasi


 O‘simliklarda uchraydigan kasalliklar va ularga qarshi kurash



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/122
tarix24.12.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#159897
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   122
OQUV дарслиги 2022 орг

4.2. O‘simliklarda uchraydigan kasalliklar va ularga qarshi kurash 
choralari. 
O‘simliklarning kasalligini o‘rganuvchi fan – fitopatologiya fanidair. 
O‘simliklarning kasalliklari chaqiruvchi mikroorganizm katta ziyon 
keltiralilar, chunki ularning ta’sirida hosildorchilik pasayadi, ildiz, barg va 
o‘simlik tanasini zararlab, noyob o‘simliklarning yo‘q bo‘lib ketishiga olib 
boradi. Dorivor o‘simliklarning bu holda uchrashi, bu o‘simlikning dori
tayyorlash uchun ishlatib bo‘lmaslikka olib boradi. Er kurrasida bakteriya va 
zamburug‘lar o‘simliklarda kasallik chaqiruvchini sifatida keng tarqalgan 
bo‘lib, taro‘alishi o‘simlikning o‘sish zonasiga bag‘liq bo‘ladi. 


33 
Mikroorganizmlar havo orqali tarqalib, atmosferaning turli qatlamlarida 
turli mikroorganizmlar bo‘ladi, suv orqali va o‘simlik urug‘lari orqali 
tarqalishi mumkin. 
Barcha mikroblar orqali tarqalayotgan kasalliklarni tarqalganliklariga
qarab, shartli ravishda endemik va pandemik tarqalishiga ajratish mumkin. 
Endemik ma’lum bir geografik zonada tarqalish holatiga aytiladi. 
O‘simliklarda kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarning turi 310 dan 
ortiq bo‘lib, ular tayoqchasimon, kokklar, spiralsimon bo‘lib, grammlar 
kupchilik turlarini tashkil etadi. Fitopatogen mikrorganizmlarning ko‘pchiligi 
flurossensiya holatini chaqiruvchi bo‘lib, turli rangdagi (sariq, jigar rang) 
pigment hosil qilish xossasiga ega. Fitopatogen mikrorganizmlarning asosiy 
ozuqa manbai bo‘lib o‘simlik oqsiliva uglevodlar hisoblanadi, ular 
kraxmalni gidroliz qiladi, spirt va shakarni parchalash, sutni chiritmi, 
jelatinani eritishi, ammiak, indol hosil qilish xossasiga ega. Fitopatogen 
bakteriyalarning yashash faoliyatlari turlicha bo‘lib, ba’zi turlari tuproqda 
uzoq yashab, sovuqni, quyosh nurlarining ta’sirini va qurishga chidamli 
hisoblanadi. Umuman fitopatogen bakteriyalarni bir necha avlodga taaluqli 
hisoblab, ularga quyidagi turlar kiradi: 
1.
Ervini-ervini 
2.
Psevdomanus-psevdomanus 
3.
Corinobacteria-korinobakteriya 
4.
Acvobacteria-akvobakteriya 
Dorivor o‘sialiklardan tayyorlangan dorilar mikroflorasi o‘ziga xos 
xossalarga ega bo‘lib, quyidagi faktorlarga bog‘liq bo‘ladi: 
Xom ashyoning turiga, ozuqa tarkibiga. 
Dorivor mikroorganizmlar kimyoviy tarkibiga. 
Dorining tayyorlanish usuliga (qaynatma temperatura, bosim, ta’sir 
vaqtiga). 
Saqlanish usuliga. 
Dorixonalarning sanitar-gigienik holatiga. 
Dorivor o‘simliklarning kasalligini asosan 2 turga ajratish mumkin: 
O‘simlik tomirining jarohatlanishi natijada, butun tanasiga jarohatlanishi, 
bunda o‘simlik halok bo‘ladi. 
O‘simlik tanasining ma’lum bir qismini chegarali jarohatlanishi (yaproq, 
ildiz, shoh). 
O‘simlik kasalliklarini o‘ziga qaysi tarzda o‘tishi bilan bir necha xil 
turlarni bilishi mumkin: 
Qatron (o‘mola) yoki shilimshiq oqishi bilan o‘tuvchi kasalliklar. Buni 
zamburug‘lar, bakteriyalar chiqaradi, ba’zan bu holat yuqumli bo‘lmagan 
bakteriyalar chaqirishi mumkin. Bunga ignabargliklar va yaproq bargiga 
ta’sirchan bo‘ladi. 
CHirish protsess bilan boruvchi kasalliklar. 


34 
CHirish xo‘l va quruq bo‘lishi mumkin. CHirish protsessida o‘simlikning 
ba’zi to‘qimalari bakteriyalar va zamburug‘lar yashash faoliyati natijasida bu 
protsessga uchraydi. 
Unli shudring – bu o‘simlikning bargida, shohlarida ipsimon zamburug‘lar 
ko‘payishi natijasida kesib chiqadi. 

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə