O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent tibbiot akademiyasi


Havo mikroflorasini aniqlash usullari



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/122
tarix24.12.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#159897
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   122
OQUV дарслиги 2022 орг

Havo mikroflorasini aniqlash usullari.
Sedimentatsiion usul (Kox) 2 ta oziqli agar quyilgan Petri kosachasi 
ochiholda60 min. Davomida stol ustiga qo‘yiladi. So‘ng 37
0
S datermostatga 
joylashtiriladi. 2 la kosachalardan o‘sib chiqqan koloniyalar soniga qarab 
natija chiqariladi. 250 dan kam koloniya usib chiqsa, havo toza hisoblanadi, 
koloniyalar soni 250-500 ta bo‘lsa, havo o‘rtacha ifloslangan, agar 500 dan 
ortiq bo‘lsa nihoyatda ifloslangan bo‘ladi. 2-usul aspiratsion yoki Krotov 
usuli. Bu havodagi mikroblar sonini aniqlashda juda ham aniq usul 
hisoblanadi. Havo apparat yordamida ekiladi. Krotov apparatiga havo 
ma’lum tezlikda oziqli agarli kosachaga yopib turgan pleksiglas 
plastinkaning tor yorig‘idan surilib uriladi. Bunda mikroorganizmlarga ega 
bo‘lgan aerozol zarrachalari bir tekis agar yuzasiga joylashadi, chunki 
kosacha yorig‘ining tagida doimiy aylanib turadi. Termostatga quyilgandan 
so‘ng formula bo‘yicha mikrob soni hisoblanadi. 
X=ax1000 V 
A-kosachada hosil bo‘lgan koloniyalar soni;
V-apparat orqali surib o‘tkazilgan havoning hajmi; 
1000 tekshiriluvchi xonaning o‘rtacha hajmi. 
Havodagi sanitar-ko‘rsatkichli mikroblarni aniqlashda oziqli 
agardan, gemolitik streptokokklar uchun esa gensian binafsha qo‘shilgan 
qonli agardan foydalaniladi. Keyinchalik koloniyalar mikroskop ostida 


43 
ko‘riladi. Gumon qilingan koloniyalar esa qaytadan qonli agarga ekiladi. 
Staph aureus havoni tuxum sarig‘ini tuzli agariga ekish usuli bilan ajratib 
olinadi. Kasalxona ichida tillarang stafilokokk paydo bo‘lganda tekshirishlar 
infeksiya manbaini tarqalish yo‘llarini aniqlashga qaratiladi. 
 
5.4. Inson tana normal mikroflorasi 
Inson hayotini birinchi kunidan boshlab juda ko’p son-sanoqsiz 
mikroorganizm vakillari bilan favqulotda aloqada bo’lib turadi. Ona 
bachadonida homila steril bo’ladi. Bola tug’ilishidan boshlab, bir necha yillar 
ichida har bir biotipga xos mikroflora shakllanadi Turli bakteriyalar va 
mikrohayotning boshqa vakillari chaqoloqning terisi va shilliq qavvatlari 
bilan kontakda bo’ladi.Bularning ba’zilari organizm uchun patogen bo’lsa, 
bularga qarshi organizm kurashishi zarur, boshqalari esa organizm bilan 
uzviy aloqada (simbioz) yashab, foyda keltiradi, ko’pchiligi esa kommensal 
xisoblanib organizmga na foyda keltiradi na ziyon. Inson organizmidagi 
asosiy mikroorganizmlar makroorganizm xisobiga yashaydi u bilan juda 
yaqin uzviy aloqada bo’lib odamning hayot faoliyatida juda muhim 
vazifalarni bajaradi. Sog’lom odamlarda uchrovchi mikroorganizmlar 
yig’indisi odamning normal mikroflorasini yoki mikrobiosenozini tashkil 
qiladi. “Normal mikroflora” termini asosan sog’lom odam organizimidan 
doimo va ko’proq topiladigon mikroblar yig’indisiga aytiladi. Normal 
mikroflora asosan odamlarning terisida va tashqiy muhit bilan bevosta 
aloqada bo’lgan organlarida ( yuqori nafas yo’llari, oshqozon ichak sistemasi, 
siydik tanosil organlari) uchraydi va shu organlarda mikroorganizmlarning 
ma’lum biotoplarini, mikrobiosenozini shakillantiradi. Har bir odam bitopida 
uchrovchi mikroorganizmlar o’zlarining tarkibi va miqdori jihatdan boshqa 
biotoplardan tubdan farq qiladi. Eng kam mikroorganizmlar terida uchraydi 
va organizmning umumiy mikroorganizmlarga nisbatan 2% tashkil qiladi, 
9% gacha urogenital traktga, 15-16 % halqum –og’iz bo’shlig’iga to’g’ri 
kelsa 60-70 % oshqozon ichak traktida uchraydi. Mikroorganizmlarga eng 
boy organlar og’iz bo’shlig’i, qin va yo’g’on ichak xisoblanadi. Chaqaloq 
mikroflora bilan tug’ilmaydi, mikrobiosenozlar bolalarning hayoti jarayonida 
shakillanadi. Ona bachadonida homila steril bo’ladi. Bola tug’ilishidan 
boshlab, bir necha yillar ichida har bir biotipga xos mikroflora (onaning 
tug’ish yo’llari, terisi, suti, tashqi muhit – havo, tuproq oziq ovqatlar 
mikroflorasi xisobiga) shakillanadi.
Me’yoriy ichak mikroflorasining holatiga endogen va ekzogen omillar 
doimiy ravishda ta’sir etib turadi. Ekzogen omillarga klimatogeografik, 
ekologik, kasbiy-maishiy sharoitlar va boshqalar kiradi. Endogen omillariga 
esa somatik kasalliklar, organizmning turli biotoplardagi shartli-patogen 
bakteriyalar keltirib chiqaruvchi kasalliklar, tug’ma immun tanqisliklar va b. 


44 
kiradi. Oxirgi vaqtlarda mikrofloraning buzilishi, immun va asab 
tizimidagi kasalliklar bilan birgalikda namoyon bo’lishi kuzatilmokda. 
Fiziologik sharoitda ichak shilliq qavati bioplenka - bakterial 
glikokaliks bilan qoplangan bo’lib, uning tarkibida mikroblarning 
ekzopolisaxaridlar matriksi va shilliq qavat qadahsimon hujayralarning musini 
mavjud. Bu plenkaning qalinligi 1-10 mikron bo’lishiga qaramasdan, undagi 
indigen flora mikrokoloniyalarining miqdori bir necha yuz-mingtani tashkil 
qilib, bu plenka ichidagi bakteriyalarning noqulay omillar ta’siriga chidamliligi 
boshqa bakteriyalarga nisbatan o’n, yuz marotaba yuqoridir.
3
Normal ichak mikroflorasi 450 dan ortiq mikroorganizmlardan tashkil 
topib, hujayin organizmining metabolizmida va ichakda kolonizasion 
rezistentlikni shakllanishida ishtirok etadi. Ichakning mikroblar to’plami 
makroorganizmda moddalar almashinuvi jarayonlarining holatini aniqlaydi, 
bir tomondan, biologik faol birikmalarni zararsizlantirib, hazm bo’lmagan 
ozuqa moddalarini o’zlashtirsa, ikkinchi tomondan V gurux vitaminlarini, 
vitamin K, nikotin, folin va askorbin kislotalarni, ayrim fermentlarni 
sintezlaydi. 
Makroorganizmning 
immunobiologik 
reaktivligini 
shakllanishida 
mikrofloraning muhim o’rni e’tirof qilinadi, buning natijasida organizmda 
umumiy immunoglobulinlar mikdori boshqariladi. Shunday qilib, me’yoriy 
ichak mikroflorasining o’ziga xos - himoya, modda almashinuv, immun 
faollashtiruvchi vazifalari aniqlangan va ularning birortasining izdan 
chiqishi metobolizmning buzilishiga, natijada mikronutrientlarning -
vitaminlarning, 
mikroelementlarning, 
mineral 
moddalarning 
yetishmovchiligiga, 
hamda 
immun 
holatning 
pasayishiga, 
bu 
esa 
makroorganizm a’zo va tizimlarida qaytmas jarayonlarni kelib chiqishiga 
sabab bo’ladi. 
Inson mikroflorasida dominant mikroorganizmlar hisoblangan spora 
hosil qilmaydigan qat’iy anaerob bakteriyalarni ajratib olishda, material olib, 
ekishgacha bo’lgan vaqtda bu mikroorganizmlar O
2
ning letal ta’siridan 
himoyalangan bo’lishi lozim. Shuning uchun bemor najasi trans-
portirovkasida rezina tiqinli probirkalardan foydalaniladi. Vaginal material 
maxsus transport oziq muhiti hisoblangan – tioglikol oziq muhiti solingan 
rezina tiqinli probirkada olib kelinadi. Ma’lumki, material olinib, ekishgacha 
bo’lgan vaqt 2 soatdan oshmasligi kerak. 
Laboratoriyaga olib kelingan najasning chukur kismidan 1 g tortib, 
vaginal suyuqlik bo’lsa 1 ml olamiz va 9ml bufer eritmasida aralashtiriladi. 
Bu ham aerob, ham anaerob bakteriyalarning bir tekis tarqalishi va ularning 
tirik saqlanishi uchun sharoit yaratadi. Bu eritmalarni 10
1
dan 10
10
darajasigacha suyultiriladi va ularning har biridan tegishli oziqa muhitlariga 
3
Microbiology : an introduction / Gerard J. Tortora, Berdell R. Funke, Christine L. Case. — Twelfth edition, 2016


45 
turli aerob, hamda anaerob mikroorganizmlarni ajratib olish uchun ekiladi (22-
jadval) 
Anaerob bakteriyalar normal ichak mikroflorasining 98-99% ni, aerob 
flora esa 1-2% ni tashkil qilishini hisobga olinib, ularni o’stirishda 
kimyoviy 
modda 
tutadigan 
gaz 
paketchalari 
joylashtirilgan 
mikroanaerostatdan foydalanish mumkin(anarob bakteriyalarni ajratib olish 
usullariga qaralsin). 
Gr(-) spora hosil qilmaydigan qat’iy anaerob bakteriyalar natriy-azid 
qo’shilgan qonli va bakteroidlar uchun agarlarda o’stiraldi. Inkubasiya vaqti 
35
0
C da 72 soat Bu oziq muhitlarda bakteroidlar yaxshi o’sadi. Bakteroidlar 
kulrang, to’q jigarrang, qora koloniyalar hosil qilib, shakli - grammanfiy 
polimorf tayoqcha, spora hosil qilmaydi, katalaza manfiy. Bakteroidlar qatiy 
anaerob hisoblanib, anaerostatlarda 2-4 kun o’stiriladi. 
Gram (+) qat’iy anaerob bakteriyalar “Blourokko” va “Hime-dia” 
firmasining “Bifidobakteriyalar uchun agar” oziq muhitlarida 37,5
0
-38
0
S da 
48 soat anaerob sharoitda o’sadi. Bifidobakteriyalar disk ko’rinishdagi 
koloniyalar hosil qiladi. Bu agarda boshqa anaeroblar ham o’sishi mumkin. 
Shuning uchun koloniyalardan surtma tayyorlanib ko’rildi.

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə