O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent tibbiot akademiyasi



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/122
tarix24.12.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#159897
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   122
OQUV дарслиги 2022 орг

4.3-rasm 
O‘simliklardan olinadigan dorivor xom-ashyolar bu mahsulotlarni 
yig‘ishtirib olish va tayyorlashning turli bosqichlarida — o‘simliklarni 
yig‘ish, dastlabki ishlov berish, quritish, yanchish-maydalash, maxsus 


36 
idishlarga joylashtirish, shuningdek, standart holatda saqlanish chog‘ida 
xom ashyoni maydalash, dorivor kukunlarga aylantirish, briket, granul va 
tabletka holiga keltirish jarayonida ham urug‘lanishi mumkin. 
O‘simliklardan olingan dorivor xomashyolar avvalo saqlanish
joyida namlikning belgilangan normadan oshib ketishi natijasida 
buziladi: namlik oshib ketsa, xomashyo tarkibida har xil zamburug‘lar, 
chirituvchi, sellyuzalarni parchalovchi bakteriyalar va boshqa 
mikroorganizmlar paydo bo‘ladi. Mikroblar degradatsiyasi o‘simlik
farmakologik xususiyatlarining o‘zgarishiga olib keladi va zaharli
moddalarning hrsil bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Mikroorganizmlar dorivor xomashyolarni zararlash orqali dori-
darmonlarning xususiyatlarini o‘zgartirib yuboradi. CHunki dorivor
moddalardan ferment chiqishi, mikrobli og‘ular yoki pirogsnlarning hosil 
bo‘lishi natijasida ular o‘ta zaharli holatga kelib qolishi ham mumkin. 
Agar odamlar Staphylococcus, Rseudomonas, Salmonella va boshqa
mikroorganizmlar bilan zararlangan tibbiy preparatlarni ists’mol qilsa, 
ularning tarkibidagi patogen mikroblar turli xil yuqumli kasalliklarni 
keltirib chiqarishi mumkin. O‘simliklardan olinadigan dorivor moddalar 
va xomashyolarning mikrob bilan zararlanishini tekshirib ko‘rishda
quyidagi usuldan foydalaniladi. 
Dorixonalarda tayyorlanadigan dorn-darmonlar va tibbiy moddalarning 
mikroflorasi qapday bo‘lishi quyidagi sabablarga bog‘liq bo‘ladi: 
1) xomashyo turi, uning tarkibidagi mikroorganizmlar uchun ozuqabop 
moddalarning miqdori yoki aksincha ulariing antimikrob faolligi, ilk 
zararlanish darajasi. 
2) dorivor xomashyo tarkibiga kiradigan moddalarning kimyoviy 
tabiati. 
1.
Tayyorlash texnologiyasi (damlama, qaynatma, harorat, vaqt hajm va 
x. k.) saqlash shart-sharoitlari. 
4) Dorixonaning 
sanitariya-gigienik 
sharoitlari. 
Mikroorganizmlar turli yo‘llar bilan dori moddalarga tushishi mumkin. 
Masalan, mahsulotga suv yoki havo orqali o‘tishi, idishlar, dorixona 
xodimlarining qo‘llari, shuningdek, analiz noto‘g‘ri qilinganda, ayniqsa 
organoleptik tekshiruv chog‘ida xam o‘tib qolishi mumkin. 
Dori-darmonlar va dorivor mahsulotlarning mikroorganizmlar bilan 
zararlanishining oldini olish va ularni zararlanishdan saqlash uchun 
quyidagi qoidalarga qat’iy rioya qilish kerak: 
1.
mikroorganizmlarga shikast etkazmagan holda ashyodan foydalanish; 
2.
dori moddalar va xom ashyolarni zarur namlik, harorat va tozalik 
qoidalariga rioya qilgan holda to‘g‘ri saqlash; 


37 
3.
tashqi muhitdan mikroorganizmlarning tushishini istisno qiladigan 
dori tayyorlash shart-sharoitlariga amal qilish (xonalarni dezinfeksiya 
qilish, sterillangan idishlardan foydalanish va h. k.); 
4.
xonalari, asbob-uskunalari, idish, kiyimlarning to‘la-to‘kis tozaligiga, 
shuningdek, shaxsiy gigienaga rioya qilish; 
5.
dori-darmonlar va dorivor xomashyolar qayta-qayta ishlatilganda 
ham zararlanmaydigan qilib, yaxshilab o‘ralgan bo‘lishi kerak; 
6.
agar bir necha marta foydalanishga mo‘ljallangan dori
mahsulotlari tarkibida bakteriyalarga chidamsiz moddalar mavjud 
bo‘lsa (qand, oqsil moddalar va h.k.), u holda bunday dorilarga 
konservant qo‘shilishi lozim. 

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə