O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent tibbiot akademiyasi


O‘simliklarda uchraydigan mikrorganizmlarning asosiy turlari



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/122
tarix24.12.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#159897
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   122
OQUV дарслиги 2022 орг

 
O‘simliklarda uchraydigan mikrorganizmlarning asosiy turlari 
va ular to‘g‘risida ma’lumot 
Dorilarni tayyorlashda har xil o‘simliklardan foydalaniladi yoki 
ko‘pgina o‘simliklardan qaynatma, damlamalar tayyorlanadi. Dorivor 
modda va tayyor dori-darmonlar tarkibida turli xil mikroorganizmlar 
bo‘lishi mumkin. O‘simliklardan olinadigan dorivor moddalarning 
mikroblar bilan zararlanishi o‘sha o‘simlik turi va uning o‘sib chiqishi 
uchun zarur bo‘lgan shart – sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. CHunki o‘simliklar 
atrof muhitdagi ayniqsa, tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar bilan 
zararlangan bo‘lishi ham mumkin. 
Lekin shuni hisobga olish kerakki, dorivor o‘simliklar xom ashyosida o‘z 
mikroflorasi ya’ni normal mikroflora va fitopatogen mikroorganizmlar ya’ni 
o‘simlik kasalliklari qo‘zg‘atuvchilari bilan zararlangan bo‘lishi mumkin. 
O‘simliklar normal mikroflorasi barg yuzida, urug‘larida, ildiz oldi 
sistemasida har xil bo‘ladi. 
Jonli (tirik) o‘simliklarda yashovchi va ularga zarar keltirmaydigan 
mikroblar, “epifit mikroflora” tushunchasiga birlashgan. YAngi kesilgan 
yaproq yuza qismida ko‘pincha 2 xil bakteriya aniqlandi: 
1)Bact herbicola aureum va 
2)Psevdomonas fluorescens 
Kam hollarda sporali bakteriyalar: Bac mesentericus 
Bac vulgatus 
Sporasiz - Bact putiodam, E coli va zamburug‘lar 
Bu mikroflora o‘simliklarda qaysi geografik zonadaligidan qat’iy nazar 
bo‘ladi. 
Bact herficola aureum – qisqa Gr(-) tayoqchalar bo‘lib, 2 ta polyar 
xivchinlari bo‘ladi. Go‘sht peptonli agarda yuzida shilimshiq bo‘lgan, tilla 
sariq rangli yumaloq koloniyalar hosil qiladi. 
Ps flureccens – polimorf, polyar xivchinli tayoqchalar bo‘lib, Gr(-). Zich 
ozuqa muhitida chetlari notekis bo‘lgan tiniq koloniyalar hosil qiladi. 
Tuproqda o‘simlik ildizi atrofida intensiv o‘sish zonasi bo‘ladi va 
mikroblar yuqori aktivlikka ega bo‘lib, bu qism rizosfera deyiladi. 
Rizosferaning sifat va miqdor tarkibi har bir o‘simlik turi uchun spetsifik 
bo‘ladi. 


32 
Ko‘pincha sporasiz bakteriyalar va mikobakteriyalar uchraydi. Kam 
xollarda sporali bakteriyalar, aktinomitsetlar va zamburug‘lar uchraydi. 
Tuproq mikroorganizmlari o‘simliklarga ijobiy ta’sir qilib, ular o‘simliklar 
uchun zarur bo‘ladi, ular bilan simbioz holda bo‘lishi mumkin yoki zararli 
ta’sir qilib, ularning nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkin. 
Tuproqdagi bakteriyalardan Ps fluoreccens, rizosfera zonasida joylashgan 
bo‘lib, o‘simliklarni infeksiyadan ximoya qilishda katta rol o‘ynaydi, ya’ni 
ular o‘simliklarni fitopotogen bakteriyalardan ximoya qiladi. Lekin aynan 
shu bakteriyalar o‘simliklarda jarohatlangan to‘qimalari orqali kirib, ularning 
chirishiga sabab bo‘ladi. 
O‘simliklarning mikroblar bilan ifloslanishi o‘stirish sharoitlariga, 
ularning balandligi va butunligiga bog‘liq bo‘ladi. Kulturali tuproq 
o‘simliklarida mikroblar, o‘rmon va gulzorlardagiga qaraganda ko‘p bo‘ladi. 
Kuzda yaproqlarda bakteriyalar, bahordagidan ko‘p bo‘ladi. O‘simliklarning 
yuqori qismida joylashgan yaproqlarda mikroblar kam, pastki qismidagi 
yaproqlarda ko‘p bo‘lib, bunga sabab, pastki qismiga mikroblar tuproqdan 
yomg‘ir yog‘ganda sachrab o‘tishi xisobiga. Ayniqsa o‘simlik mikroblar 
bilan ko‘p ifloslangan bo‘ladi sug‘orish maydonlarida, axlatxonali joylarda, 
yoki avvaldan axlatlar to‘kilgan joylarda, mol boqiladigan yaylovlarda. SHu 
erda o‘sgan o‘simliklar tarkibida inson salomatligi uchun xavfli bo‘lgan 
patogen mikroorganizmlar bo‘lishi mumkin. 
Kesilgan yoki yulingan o‘simliklarni darrov qayta ishlash, ishlov berilishi 
lozim, chunki ular mikroblarning rivojlanishi uchun qulay muhit hisoblanadi. 
Quritilgan o‘simliklarda mikroblar hayot faoliyati susayadi, ko‘pgina 
bakteriyalar nobud bo‘ladi. 
Fitopotogen mikroblar qo‘zg‘atuvchi o‘simliklardagi infeksion kasallanish 
ya’ni bakterial kelib chiqishiga ega bo‘lsa bakterioz deyiladi. Bakteriozlarga 
har xil chirishlar, bakterial dog‘lar, kuyish, nekroz, so‘lish va boshqalar 
kiradi. CHirishlar quruq va nam bo‘ladi, bunda o‘simlik xujayralarining 
yumshaganligi, xujayralarning parchalanishi yoki ma’lum bir qismining yoki 
butun o‘simlikning nobud bo‘lishi kuzatiladi. 

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə