392
katta
uzunlikdagi, kichik enli, to„qimachilik buyumlari tayyorlash uchun
ishlatiladigan egiluvchan va mustahkam jismga aytiladi.
To‗qimachilik tolalari
deb,
chegaralangan uzunlikdagi, ingichka
to„qimachilik buyumlari ishlab chiqarish uchun yaroqli bo„lgan egiluvchan
jismga aytiladi.
Tovar-
murakkab ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. Tovarning
iste‟mol qiymati- tovarshunoslik fanining predmeti hisoblanadi. Iste‟mol
qiymati-
bu tovarning foydaliligi, insonning aniq bir ehtiyojlarini qondira olish
qobiliyatidir. Iste‟mol qiymati barcha mehnat mahsullari uchun xos bo„lgan
narsadir. U iste‟mol xarakteriga ko„ra individual va ijtimoiy turlarga bo„linadi.
Tovarlar assortimenti
deb, biror belgi bo„yicha bir-biriga o„xshash
tovarlar turlarining yig„indisiga aytiladi. Odatda turli o„lchov va ko„rinishdagi
bir xil funktsional xususiyatlarga ega tovarlar assortimentni tashkil qiladi.
Tovarshunoslik fani tovarlar ijtimoiy iste‟mol qiymatining shakllanishi,
sotilishi va ishlatilishi yoki iste‟mol qilinishi davridagi o„zgarish
qonuniyatlarini o„rganuvchi iqtisodiy fandir.
Tovarlar sifatini aniqlashning tajriba usuli
ularning kimyoviy
tarkiblarini, fizikaviy,
mikrobiologik, texnologik
xususiyatlarini aniqlashda
keng qo„llaniladi. Tajriba usuli, o„z navbatida, fizikaviy va fizik-kimyoviy,
kimyoviy, mikrobiologik, tovarshunoslik-texnologik usullarga bo„linadi. Bu
usulning qulayligi shundan iboratki, unda natija raqamlar bilan va bu natija
katta aniqlikda ifodalanadi. Uning kamchiliklari shundaki,
mahsulotning
sifatini aniqlash uchun ko„p vaqt talab etiladi, aniqlash uchun reaktivlar va
maxsus jihozlangan tajribaxonalar talab qilinadi.
Dostları ilə paylaş: