390
itoat qilishlari zarur bo„lgan qonundir. Standartlar ishlab chiqarishni
ratsionalizatsiya qilish va mahsulot sifatini oshirish uchun xizmat qiladi.
Standartlar ishlab chiqarishga ta‟sir etadi, hozirgi zamon texnika yutuqlarini
yana ham to„laroq o„zlashtirishga
majbur qiladi, mehnat unumdorligini
oshirishga yordam beradi.
Standartlash—
muayyan sohada manfaatdor barcha tomonlarning
ishtirokida ularning manfaatini ko„zlash,
jumladan, ishlatish shartlari va
xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etilgani holda yalpi eng maqbul tejamga
erishish uchun faoliyatni tartibga solish maqsadida qoidalar
belgilash va ularni
qo„llashdan iboratdir.
Standartlash-
xom ashyo, yarim fabrikat va tayyor mahsulotlar sifatiga
hamda ularning o„rab-joylanishi, markalanishi va tekshirish tartibiga
kiyiladigan talabalarning umumiy ko„rsatkichlarini belgilashga ataladi. Bu
ko„rsatkich va talablar
bayon etilgan hujjat esa
standart
deb ataladi.
Sun‘iy tolalar
ikki: organik hamda noorganik guruhga bo„linadi.
Organik
(sun‟iy) tolalar selluloza va uning hosilalari asosida (viskoza, mis-
ammiakli, atsetatli) olinadigan tolalardir.
Noorganik
tolalarga shisha, metalli
tolalar hamda metallashtirilgan iplar kiradi.
Sut-
asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan biridir.
Unda kishi organizmi
uchun g„oyat
muhim va zarur bo„lgan barcha oziq moddalari mavjud. Sut
tarkibida 3-4% oqsil, 3-5% yog„, 4,5-5% sut shakari, 0,6-0,8% mineral
moddalar, 87-89% suv, A, V, V
12
, S, D, E, RR vitaminlari bor. yog„i olinmagan
sutda kishi organizmiga zararli bo„lgan bakteriyalarni yo„qotishga
qodir
bo„lgan immun deb ataluvchi modda mavjud.
Dostları ilə paylaş: