|
O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. N. Samadov, O. S. JumanovTovarshunoslik TDIUTrikotaj matosi.
Halqalash yo„li bilan olingan to„qimachilik matosi yoki
buyumidir. Shuning uchun har qanday trikotaj materiali ko„ndalang va
uzunasiga birlashgan halqalar tizimidan iborat bo„ladi.
Turkumlash, turlarga ajratish
deganda tovarlarning umumiy xarakterli
belgilari, xususiyatlariga qarab ma‟lum turlarga ajratish tushuniladi.
Tovarshunoslikda tovarlarni turkumlash juda katta amaliy ahamiyatga ega,
chunki katta nomenklaturadagi oziq-ovqat tovarlarini ma‟lum bir tartibga
solmasdan turib ishlab chiqarishni ilmiy rejalashtirishda, hisob-kitob ishlarini
olib borishda, tovarlarning assortimenti, sifati va iste‟mol qiymatini mukammal
o„rganishda katta qiyinchiliklarga duch kelamiz. Oziq-ovqat tovarlarini
turkumlashda ularning har xil xususiyatlari hisobga olinadi: paydo bo„lishi,
kimyoviy tarkibi, xom ashyoning qayta ishlanganlik darajasi, foydalanilishiga
qarab va boshqalar.
Tuxum
parrandachilikdan olinadigan asosiy mahsulotlardan biridir.
Uning tarkibida o„rtacha 73,6% suv, 12,8% oqsil, 11,8% yog„
,
1% azotsiz
ekstroktiv moddalar va 0,8% mineral moddalar bor. Tuxum yumaloq va
elipssimon shaklda bo„lib, asosan 7 qismdan iborat bo„ladi: po„sti; po„st osti
pardasi; oqsil moddasi; sarig„i; bog„ichi; pugasi; murtagi.
Tuxumlarning sifati
ularning og„irligi, tozaligi, nur o„tkazish hidiga
qarab belgilanadi. Sifat ko„rsatkichlariga qarab tovuq tuxumi ikki kategoriyaga
bo„linadi.
Un
asosan, bug„doy va javdardan, ba‟zan arpa, makkajo„xori, suli,
no„xat, soya va ba‟zi boshqa ekinlardan tortiladi. Oldin turli aralashmalardan
tozalangan don tortiladi. Un asosan, ikki usul bilan: dag„al yoki oddiy va mayin
yoki navlab tortish usuli bilan olinadi.
Uzum vinolari
tarkibida spirtdan tashqari qand, organiq kislotalar,
oshlovchi, rang beruvchi, xushbo„y, mineral moddalar va B
1
, B
2
hamda S
vitaminlari bor. Uzum vinolari g„oyat
lazzatli bo„lib, ulardan ba‟zilari hatto
davolash uchun ham qo„llaniladi. Mamlakatimizda uzum vinolari juda ko„p
395
(700 ga yaqin nomda) ishlab chiqariladi. Vinolar tarkibida uglekisliy gazi
bo„lmagan (yumshoq) va gazli vinolarga ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|