O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Marketing rivojlanishining 5 ta bosqichi



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/235
tarix22.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#97644
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   235
marketing 57

 Marketing rivojlanishining 5 ta bosqichi 
4
“O’zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti. Toshkent 2003-y. 479- bet 


16 
Rivojlangan mamlakatlarda «Realizatsiya davri» 1950-yillargacha 
davom etdi. Sotish hajmi yetarli darajada edi. Lekin muammo kom-
paniya nimaga ko‘proq ahamiyat berish kerakligini aniqlash edi. Kom-
paniyalar uchun ilmiy izlanish olib borish, sotib olish, ishlab chiqarish, 
jo‘natish va sotishni bog‘lab turadigan odam kerak edi. Shunday qilib, 
«Realizatsiya davri»ni «marketing bo‘limi davri» egalladi. «Marketing 
bo‘limi davri» - kompaniyaning barcha marketing ishlari faqat bir 
bo‘lim tomonidan olib boriladi va qisqa muddatli rejalari tuziladi. 
1960-yillarga kelib esa ba’zi bir kompaniyalar faqat marketo-
loglardan iborat holda ishni boshladi. Hatto, marketing kompaniyalari 
ishchilarining ba’zilari «Marketing bo‘limi davridan» chiqishgan edi. 
 
 
 
 
 
1.3-rasm. 
Marketing kompaniyasi 
 
«Marketing kompaniyasi davri» - qisqa muddatli marketing reja-
lashtirishga qo‘shimcha uzoq muddatli marketing rejalarini ishlab 
chiqadi va butun korxona marketing kompanyasi asosida ish olib boradi. 
Marketing kompaniyasi juda oddiy, lekin juda muhim. Marketing 
kompaniyasi yangilik emas. Lekin ko‘pchilik boshqaruvchilar bu so‘zni 
eshitib vahimaga tushadi. Shuning uchun ular o‘zlari uchun oson 
bo‘lgan mahsulotni ishlab chiqarish, uni sotishga harakat qiladi. «Ishlab 
chiqargan mahsulotni sotishdan ko‘ra sotiladigan mahsulotni ishlab 
chiqarish maqsadga muvofiqdir», ya’ni aqlli boshqaruvchi esa ishlab 
chiqarishdan ko‘ra ko‘proq marketingga e’tibor qaratadi. Marketingga 
moyil korxona o‘zi ishlab ishlab chiqargan mahsulotni sotishdan ko‘ra 
mijozlarga kerakli narsani ishlab chiqarishni ma’qul ko‘radi. Masalan, 
Ford Motors «Mijozlar tajribasi» dasturiga muvofiq Ford kompaniya-
sining turli bo‘limlaridagi ishchilari Fordning minglab mijozlari bilan 
Mijozni 
qanoatlantirish
Foyda olish (yoki 
muvaffaqqiyatga 
erishish) maqsadi 
Marketing 
kompaniyasi 
Kompaniya 
say-
harakatlari 


17 
uchrashib, ularning xohish va istaklarini o‘rganishdi va ishlab chiqarish-
ga tatbiq qilishdi.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə