O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Marketingning fan sifatida rivojlanish evolyutsiyasi



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/235
tarix22.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#97644
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   235
marketing 57

Marketingning fan sifatida rivojlanish evolyutsiyasi 
 
Yillar Nazariy 
asoslari 
Usullar 
Qo‘llash 
sohalari 
1900-
1950-
yillar 
Tovar haqida ta’limotning paydo 
bo‘lishi, tovar tarqatishga xos yon-
dashuv, eksport va sotuv nazariya-
larining yaratilishi 
kuzatuv, xarid va sotuv 
jarayonining tahlili, 
iste’molchilarni sotib 
olish qobiliyati tahlili 
ommaviy 
tovarlar ishlab 
chiqarish, 
qishloq 
xo‘jalik 
tarmoqlari 
1960 
yillar 
Sotuv haqida ta’limot, sotuv 
hajmiga yo‘naltirilganlik tovar va 
uning funksiyalariga urg‘u berish, 
distribyuterlik nazariyasining 
shakllanishi 
rag‘batlar tahlili, 
operatsiyalar tahlili, 
modellashtirish 
iste’mol 
tovarlari 
iste’molchilari 
1970 
yillar 
Qaror qabul qilishning ilmiy 
asoslari. Marketing tavsiya qiladi, 
sotuvga yo‘naltirilganlik, iste’mol-
chiga qisman e’tibor 
Faktoring, diskrimenant 
tahlil, matematik usullar, 
marketing modellari 
Ishlab 
chiqarish 
vositalari va 
iste’mol 
vositalari 
iste’molchilari 
1980-
1990 
yillar 
Vaziyatli tahlil. Marketing menej-
ment funksiyasisifatida, raqobat 
tahlili nazariyasi, ekologiya 
asoslarining shakllanishi, strategik 
marketing 
pozitsiyalash, klaster 
tahlili, iste’molchilar 
tipologiyasi, ekspertiza, 
sabab va oqibat tahlili 
Ishlab 
chiqarish 
vositalari, 
iste’mol 
vositalari, 
xizmat sohasi 
iste’molchilari 
1991 
yildan 
hozirga
qadar 
Marketing haqidagi ta’limot 
tadbirkorlikning funksiyasi va 
instrumentariysi sifatida. 
Bozor tarmoqlari nazariyasi, 
kommunikatsiyalar nazariyasi va 
o‘zaro ta’sir. Ijtimoiy va ekologik 
yo‘naltirilganlik 
pozitsiyalash, klaster 
tahlili, iste’molchilar tipo-
logiyasi, ekspertiza, 
iste’molchilar xulq-atvori 
modeli, benchmarking
o‘yinlar nazariyasi 
Ishlab 
chiqarish 
vositalari, 
iste’mol 
vositalari, 
xizmat sohasi 
iste’molchilari, 
foydasiz 
korxonalar, 
tadbirkorlik 
subyektlari 


14 
Shuni ta’kidlash lozimki, 90 - yillar o‘rtalarida bozor tarmoqlarida 
marketing kommunikatsiyalari to‘g‘risida nazariya va uslubiyotlar yara-
tildi. 
Rossiya Fanlar Akademiyasi, Sankt Peterburg moliya-iqtisod 
universiteti va boshqa oliy ta’lim muassasalari olim va tadqiqotchilari 
bozorni o‘rganish iste’molchilarni taqiq etish bo‘yicha ilmiy tadqiqot-
larni kengaytirdilar. Marketing rivojlanishi evolyutsiyasi uning iqtiso-
diyotning barcha sohalariga joriy etilishi bilan xarakterlanadi. 
1-bosqichda Marketing amaliy iqtisodiyot sohasi sifatida ko‘rilib, 
sotuvni samarali tashkil qilish, sotuv jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan 
vaziyatlarni tahlil qilish, firma faoliyati rentabelligini oshirishga qara-
tilgan. 
2-bosqichda Marketingning turli konsepsiyalari shakllandi. Bu 
davrda marketingning asosiy funksiyalari bozorni o‘rganish, reklama, 
sotuvni rag‘batlantirish, sotuvni rejalashtirish kabilarga katta e’tibor 
qaratiladi. 
3-bosqichda Marketing bozor konsepsiyasini boshqarish sifatida 
ko‘rilib, marketingning nazariy va uslubiy asoslarini rivojlantirishga 
zarurat tug‘ildi. 
4-bosqichda Marketing rivojining evolyutsiyasi marketingni 
boshqarish nazariyasini ishlab chiqish, bozorni o‘rganish usullarini 
mukammallashtirsh, narx, kommunikatsiya, sotuv siyosatini amalga 
oshirish orqali qarorlar qabul qilishni to‘g‘ri amalga oshirish bo‘yicha 
nazariy va amaliy ko‘rsatmalar ishlab chiqildi. 
5-bosqichda Marketing – menejment nazariyasi rivojlana boshladi. 
Bu nazariya zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslangan holda 
bozor tarmoqlarining xususiyatlari, o‘zaro bir biriga ta’siri kabi 
masalalarga katta e’tibor berildi. Raqobatli bozor sharoitida tovar sifati 
uning xarakteristikasi, xizmat sifatiga asosiy e’tibor qaratildi. Ekologik 
marketing konsepsiyasi shakllandi.
O‘zbekistonda 1980-yillardan boshlab iqtisodiyot o‘quv yurtlarida 
marketing kurslari o‘qitila boshlandi. Shu yillari marketing masalalari 
bilan S. Salimov, S. G‘ulomov, A. Bekmurodov, J. Jalolov,
M. Qosimova, D.Muhitdinov, X.Raimov, A. Soliyev kabi olimlar ilmiy 
tadqiqot ishlari olib bordilar. 1986-yilda «Sovplastital» qo‘shma 
korxonasida birinchi bo‘lib marketing bo‘limi tuzildi. Shuningdek,
«Toshkent to‘qimachilik mashinasozlik zavodi» aksiyadorlik jamiyati, 
«V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlash-
masi» davlat-aksiyadorlik birlashmasi, «Toshkent qishloq xo‘jaligi 


15 
mashinasozligi» aksiyadorlik jamiyati kabi korxonalarda ham marketing 
bo‘limlari ochildi.
4
Mamlakatimizda hozirda faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat banklari, 
yirik ishlab chiqarish korxonalarining aksariyatida marketing bo‘limlari 
ish olib boradi.
Yillar davomida marketingning roli juda o‘zgaradi. Marketingning-
rivojlanishini tushunish zamonaviy marketingni tushunishga yordam 
beradi. Bozordagi holat, raqobat darajasi, atrof-muhitga qarab firmalar 
o‘zlari uchun turli marketing dasturlarini ishlab chiqishlari mumkin. 
Marketing rivojlanishining 5 ta bosqichi: 
1)
oddiy savdo –sotiq davri; 
2) ishlab chiqarish davri. Sanoat revolyutsiyasidan keyin to 1920-
yillargacha ko‘p kompaniyalar ishlab chiqarish davrida edilar («Ishlab 
chiqarish davri» da kompaniyalar ma’lum turdagi mahsulotlarni ishlab 
chiqarishga ixtisoslashgan); 
3)
realizatsiya davri. 
1930-yillarga kelib G‘arb kompaniyalari ishlab chiqarish quvvatini 
keskin pasaytirdi, endi ishlab chiqarish muammo emas, balki raqobatda 
yengib chiqib o‘z mahsulotini sotish muhim edi, («Realizatsiya davrida» 
kompaniya raqobat kuchayganligi uchun sotuvga e’tibor qaratishi 
tushuniladi); 
4) marketing bo‘limi davri; 
5) marketing kompaniyasi davri; 
Oddiy savdo-sotiq 
davri 
Ishlab chiqarish davri 
Realizatsiya davri 
Marketing bo’limi davri 
Marketing kompaniyasi 
davri 
Ortiqcha sotish 
Taklifni ko’paytirishortiqcha 
sotish 
Raqobatda yengish 
Umumlashtirish va nazorat 
Mijozni uzoq muddatli 
qanoatlantirish 
 
1.2-rasm.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə