O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Ijtimoiy-etik marketing konsepsiyasi



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/235
tarix22.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#97644
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   235
marketing 57

4. Ijtimoiy-etik marketing konsepsiyasi
yangi davr konsepsiyasi 
bo‘lib, firma nafaqat iste’molchini, balki atrof-muhit va jamiyat 
manfaatlarini ko‘zlagan holda faoliyat yuritishi ko‘zda tutiladi. 
Batafsilroq tushuntiradigan bo‘lsak, masalan, firma iste’molchi xohishi 
va talabidan kelib chiqib, mahsulot ishlab chiqardi, ammo ishlab 
chiqarish jarayonida juda ko‘p chiqindilarni oqar suvga yoki atrof - 
muhitga tashlab zarar keltirdi. Aynan bunday noxush holga qarshi 
ijtimoiy-etik marketing konsepsiyasi ishlab chiqildi, shuning uchun 
barcha tovar va xizmat turlarini taklif etuvchilar bu konsepsiyaga rioya 
qilishlari shart. 
Ijtimoiy-etik konsepsiya esa iste’molni ratsionallashtirish, ishlab 
chiqarishni gumanizatsiyalash va atrof-muhit ekologik sofligini saqlash 
aynan shu konsepsiyaning falsafa va maqsadidir. 
F.Kotler bu konsepsiyani qo‘llashning shartlarini quyidagilardan 
iborat, deb ta’kidlaydi. 

Firmaning asosiy maqsadi xaridorlarning turli talablarini qondi-
rishda jamiyat mafaatlariga mos holda bu vazifani bajarishga yo‘nal-
tirishdan iborat. Masalan, tungi klublarni, kazino kabi jamiyat 
manfaatlariga zid keluvchi va qonunan man etilgan xizmat turlarini 
taklif etish va h.k. 

Firma muntazam ravishda izlanishda bo‘lib xaridorlar uchun 
yangi, zamonaviy, barcha yoshdagi iste’molchilarning talabini inobatga 
olgan holda innovatsion tovarlarni yaratishi zarur. 

Iste’molchi bilan doimiy ravishda aloqada bo‘lish orqali ularning 
potensial ehtiyoj va talablarini qondirish. 
Marketing konsepsiyalarining yuqorida keltirilgan tavsiflanishi 
bilan birga boshqa marketolog olimlarning ham bu borada o‘z fikr va 
mulohazalari mavjud. 
Masalan, S. Kolomiytsev marketing konsepsiyalarining 4 bosqichi-
ni ajratib ko‘rsatadi.
1- Tijorat yoki sotuv marketingi.
2- Funksional marketing. 
3- Marketing bozor konsepsiyasining boshqaruvi sifatida. 
4-Axborotlashgan marketing. Bu tavsifda axborotlashgan marketing 
yangi bosqich bo‘lib, iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida juda 
muhim hisoblanadi. Axborotlar oqimining o‘sishi firmaga o‘z faoliyati 


27 
jarayonida juda ko‘p omillarni nazarda tutgan holda o‘z istiqbol rejasini, 
strategiya va taktikasini ishlab chiqishini talab etadi. Bilimlar 
innovatsiyasi bugungi kunda firmaning rahbari, texnologi, moliyachisi, 
marketologi, muhandisi va boshqa xodim va ishchilari uchun juda 
muhim bo‘lib, har qanday axborotdan xabardor bo‘lish, chet el bozorlari, 
mahsulotlari, texnologiyalarini bilish, ularni qo‘llash firmaning 
raqobatdoshligini va afzalliklarini oshirish omilidir.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə