O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Bozorda muvaffaqiyat qozonishni ta’minlovchi marketing  prinsiplaridan biri -  firmaning hamma xodimlari uchun marketingga



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/235
tarix22.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#97644
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   235
marketing 57

7.
Bozorda muvaffaqiyat qozonishni ta’minlovchi marketing 
prinsiplaridan biri - 
firmaning hamma xodimlari uchun marketingga 
xos fikr-mulohazalarning zarurligidir
. Firma rahbariyati shunday 
tashkiliy madaniyatni shakllantirishi kerakki, unga ko‘ra firmaning 
hamma ishchilari o‘zaro kelishgan holda mehnat qilishlari, kompaniyaga 
nisbatan rivojlangan vatanparvarilk tuyg‘usiga ega bo‘lishlari, jamiyat-


38 
ning muhim muammolarini yechishdagi uning rolidan faxrlanishlari, 
mijozlarni hurmat qilishlari zarur. Ayrim kompaniyalarning o‘z 
xodimlariga nisbatan quyidagi murojaatlari mavjud: “Iste’molchi – qirol, 
shoh, biz, tovar ishlab chiqaruvchilar esa ishonchli tobelarmiz. Unut-
mang, mijozlar sizga ish haqi to‘laydi. Tovar xarid qilgan ellikta 
iste’molchiga bitta shikoyat qiluvchi mijoz to‘g‘ri keladi”. 
Marketing prinsiplari

1. Bozor konyunkturasi, talab dinamikasi holatini hamda iste’mol 
qarorini qabul qilish hisobi (bozorga kirish).
2.Bozor talablariga maksimal darajada ishlab chiqarishni tashkil 
etish uchun sharoit yaratish (bozorga moslashish). 
3. Iste’molchilarga aynan shu tovarlarni sotib oldirish maqsadida 
ularga ta’sir o‘tkazish (bozorga, iste’molchilarga ta’sir o‘tkazish). 
2.2. Marketing funksiyalari va faoliyati mazmuni 
 
Marketingning maqsadi firma maqsadiga erishish uchun vosita 
hisoblanadi. Marketingning asosiy maqsadi - ayirboshlash jarayonini 
muntazam shakllantirish va rivojlantirishdan iborat, bu o‘z navbatida 
uning ishtirokchilariga o‘zaro manfaat keltiradi. 
Marketing maqsadlari ma’lum iyerarxik ketma-ketlikda amalga 
oshirilib, iqtisodiy va psixografik maqsadlarni ham o‘z ichiga oladi. 
Birinchi maqsadlar guruhi to‘g‘ridan to‘g‘ri korxona foydasi, rentabel-
ligi ko‘rsatkichlarining yuqori bo‘lishiga olib keladi. 

Professor E.P. Golubkov marketing faoliyatining quyidagi 
maqsadlar strukturasini taklif etgan: 

Samarali marketing siyosatini yuritish orqali kompaniya maq-
sadlariga erishish. 

Alohida bozorlar va tovarlar guruhiga yo‘naltirilgan maqsadlar. 

Marketing kompleksining alohida elementlariga yo‘naltirilgan 
maqsadlar, narx, sotishni tashkil qilish, iste’molchiga samarali yo‘llar 
bilan yetkazib berish. 
Keng ma’noda marketing maqsadi talab va taklifni tartibga solish 
uchun zarur bo‘lgan barcha tadbirlarni amalga oshirish, ya’ni yangi 
g‘oyalarni tovar yaratishga tatbiq etish, ishlab chiqarish, samarali tarqa-
tish kanallarini minimal xarajatlar bilan amalga oshirish, iste’molchi-
larning o‘sib borayotgan zamonaviy talablarini qondirish.


39 
Har qanday firmaning asosiy maqsadi - bozorni egallash, raqobat-
bardosh bo‘lish, iste’molchilarni o‘ziga jalb etishdir va shu orqali o‘z 
rentabelli faoliyatini ta’minlashdir. Firmaning marketingda qo‘llani-
ladigan asosiy umumlashgan maqsadini F.Kotler original tarzda quyida-
gicha shakllantirgan: 
2.1 - jadval

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə