O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/235
tarix22.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#97644
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   235
marketing 57

 
Nazorat uchun savollar 
 
1.
Marketing tushunchasining mohiyati nimaga yo‘naltirilgan? 
2.
AQShlik marketolog professor Filipp Kotler marketingga 
qanday tarif bergan? 
3.
Marketing konsepsiyalari va uning evolyutsiyasi haqida 
tushuntiring. 
4.
Marketing kompleksi, deganda nimani tushunasiz?
 
 
 
 
 
 
 
 
 


35 
 
 
 
 
II bob. MARKETING TAMOYILLARI, VAZIFALARI,
FUNKSIYALARI VA TURLARI 
 
2.1. Marketing tamoyillari 
 
 Marketing tamoyillari – 
bu marketing asosining tub mohiyatini 
ochuvchi asosiy holatlar, talablar majmuasidir. Marketing mohiyatidan 
kelib chiqqan holda, quyidagi tamoyillar marketing faoliyatida asosiy 
hisoblanadi.
1. «Iste’molchi - shoh». 
2. «lshlab chiqarilgan mahsulotni sotish emas, sotiladigan mah-
sulotlarni ishlab chiqarish». 
3. «Mahsulot yaratish bilan uning iste’molchisini ham yaratish ke-
rak». 
4. «Tovar bozorlariga differensiyalashgan holda yondashish kerak». 
5. «Korxona iste’molchining talabini qondirish bilangina o‘z foy-
dasi va obro‘siga ham ega bo‘lishi kerak». 
Tamoyillarga yondashuvlar quyidagilardan iborat: 

Iste’molchiga kerak narsani ishlab chiqarish. 

Bozorga tovar va xizmatlar bilan emas, balki iste’molchilar 
muammolarini hal qiluvchi vositalar bilan chiqish. 

Tovar ishlab chiqarishni iste’molchilarni va talabni o‘rgangan-
dan so‘ng yo‘lga qo‘yish. 

Firmaning ishlab chiqarish – eksport faoliyatini yo‘lga qo‘yishni 
jadallashtirish. 

Qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun maqsadli dasturli va 
kompleks yondashuvdan foydalanish. 

Mahsulotning bozor talablariga moslashishi uchun taktika va 
strategiyani kerakli vaqtda qo‘llash, tovarning iste’molchiga yetib 
kelgunigacha bo‘lgan jarayonda marketingni samarali qo‘llash. 

Korxona faoliyatini uzoq muddatli samarali kommunikatsiya 
bilan ta’minlash orqali tovarning bozordagi mavqeyini mustahkamlash. 


36 

Tovar hayotiylik davrining har bir bosqichida ishlab chiqarish-
ning ijtimoiy va iqtisodiy omillarini inobatga olish. 

Korxonalar rejasini bozorga asoslangan holda ishlab chiqish. 

Tarmoqlararo integratsiyani yo‘lga qo‘yish orqali talab va 
taklifni muvofiqlashtirish. 

Firmaning raqobatbardoshlik ustunliklari va imijini kuchaytirish 
uchun faol harakat qilish. 
Shunday qilib, marketing tamoyillari – marketingning ma’no-
mohiyatiga asosiy talablarini belgilovchi qoidalardir. Marketingning 
o‘ziga xos quyidagi asosiy prinsiplari mavjud. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə