O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/235
tarix22.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#97644
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   235
marketing 57

Korxonaning asosiy maqsadlari 
 
Maqsadlar 
iyeraxiyasi 
Maqsadlar ko‘rsatkichlari 
Bozorni egallash 
Bozor ulushi, tovar aylanmasi, uning ahamiyati va roli, 
yangi bozorlarni egallash (qamrash). 
Rentabellik 
Foyda, aylanmaning rentabelligi, o‘z kapitalining 
rentabelligi, umumiy kapital rentabelligi 
Moliyaviy 
barqarorlik 
Kredit qobiliyati, likvidlilik, o‘z-o‘zini moliyalash 
darajasi, kapital tarkibi 
Ijtimoiy 
maqsadlar O‘z ishidan qoniqish, daromad va ijtimoiy himoya 
darajasi, ijtimoiy integratsiya, shaxsning rivojlanishi 
Bozordagi mavqeyi 
Mustaqillik, imij, siyosiy muhitga munosabat, jamoa 
e’tirofi 
«Kompaniyaning ishi = mijozlarning kutishlariga»
Umumlashtirishning ancha past darajasida firmaning ancha aniqroq 
miqdoriy va sifatga oid maqsadlari haqida gapirish mumkin. Sifatga oid 
maqsadlar orasida firma nufuzining o‘sishiga olib keladigan, uning 
ijtimoiy ta’sirini (vaznini ) kuchaytiradigan quyidagi maqsadlar muhim 
hisoblanadi: 
- iqtisodiy maqsadlar va o‘z mamlakatida ham, import qilinadigan 
mamlakatlarda ham ularga erishuvi
- bandlikka, mehnat bozoriga ijobiy ta’sir etish; 
- ta’lim, madaniy, sport va boshqa aksiyalarni qo‘llab-quvvatlash. 
Firmaning miqdoriy maqsadlari: 
- foyda (daromad) hajmi; 
- pul va natural ko‘rinishda ifodalanuvchi savdo hajmi; 
- bitta ishlovchi hisobiga mehnat siyosati (MS); 
-bozor ulushining o‘zgarishi, firma tovarlari bilan bozorni egallashi. 
Marketingning asosiy deklaratsion maqsadi inson talablarining qon-
dirilishini hisobga olib, «Marketing tizimining haqiqiy maqsadi nima?» 


40 
degan savolga ehtimol tutilgan javobning to‘rt muqobil variantlarini 
ko‘zda tutish mumkin: 
- maksimal darajada yuqori iste’molga erishish; 
- maksimal darajadagi iste’mol qimmatliklarini ko‘rsatish (iste’mol-
chi tovardan oladigan va unga sotib olishdagi xarajat orasidagi foydani 
taqqoslash); 
- maksimal darajada keng tanlov imkonini yaratish; 
- hayot tarzi sifatini maksimal darajada oshirish.
Hayot tarzi sifati uchta tarkibiy qismdan tashkil topadi:
1. Tovarning miqdori, sifati, assortimenti (turi), qulayligi va 
qiymati.
2. Inson yashaydigan tabiiy muhitning sifati, insonning madaniy 
muhiti sifati unumdorligi. 
3. Bozorning firma tovarlari bilan shug‘ullanuvchi ulushi o‘zgarishi. 
Bozorni soddalashtirish va miqdoriy maqsadlar ahamiyatiga qarab, 
tartibga solish uchun tijorat doiralarida «firma maqsadini tanlash – bu 
bugungi foydaning yuqori ulushi bilan ertangi bozorning yuqori ulushi 
orasidagi tanlovdir». 
Marketingning funksional jihatdan ko‘p ma’noliligi uning tadbirkor-
lik faoliyatidagi ahamiyati bu masalalarni hal qilishni yanada murakkab-
lashtiradi. 
Marketingning funksiyasi ishlab chiqarish, kadrlar, moddiy-texnik 
ta’minlash va logistika, moliyaviy, buxgalteriya hisobi va boshqa 
funksiyalar bilan bir qatorda tadbirkorlik funksiyasi sifatida ham 
nomoyon bo‘ladi va o‘zida marketing faoliyati jarayonida amalga 
oshiriladigan alohida yoki kompleks turdagi ixtisoslashtirilgan turlarni 
aks ettiradi. 
Marketing funksiyasining boshqa firmalar funksiyalaridan farqi 
shundaki, uning funksiyasi firma va uning mijozlari, iste’molchilari 
orasida almashuv jarayonlarini tashkil etishga mo‘ljallangan. Shu 
munosabat bilan marketingning funksiyasi doimiy o‘zgarib turadigan 
talabga mos holda talabni yaratish, shakllantirish va rivojlantirishga 
mas’ul hisoblanadi. 
Marketing funksiyasining klassik tushunchasida mahsulotni sotish 
(o‘tkazish) va realizatsiya qilish jarayonlariga yordamlashish harakatlari 
ham kiradi.
Yuqorida keltirib o‘tilgan marketing konsepsiyalarini amalga 
oshirish uchun marketingning bir qancha funksiyalari bajarilishi kerak. 


41 
Bu funksiyalar firmaning boshqa funksiyalari bilan bir qatorda bajarila-
di. Marketing funksiyasi ko‘proq tadbirkorlik funksiyasi sifatida 
shakllanib, ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan vazifalarni bajarish 
uchun tadbirlar majmuasidan iborat. Marketingning funksiyalari mar-
keting tizimidagi almashuv vositasida xaridorlarning talablarini 
qondirish bilan bog‘liq faoliyat (tadbirlar)larning ma’lum turlaridir. 
Marketingning analitik (informatsion) funksiyasi – uchta eng 
muhim yo‘nalish bo‘yicha keng ko‘lamli marketing tadqiqotlari 
o‘tkazish: 
1) bozor konyunkturasini kompleks tadqiq etish va uni bashoratlash, 
iste’molchilarni o‘rganish va segmentatsiya o‘tkazish, tovarning 
iste’mol xossalarini tahlil qilish, raqobatchilar, ish bo‘yicha sheriklar 
pozitsiyalarini tahlil qilish; 
2) firmaning ishlab chiqarish – savdo (o‘tkazish) imkoniyatlari 
tahlili – tovar assortimenti, ishlab chiqarish quvvati, moddiy-texnik 
ta’minlash tizimi, kompaniyaning ilmiy-texnik va kadrlar potensiali, 
uning moliyaviy imkoniyatlari, savdo va tovarning bozorda harakat-
lanishi tizimlari tahlili; 
3) olingan informatsiyalar asosida SWOT – tahlil o‘tkazish – 
korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlarini, imkoniyatlar va tahlillarini 
va marketing maqsadlari shakllanishini va ularga erishish strategiya-
larini baholash. 
Marketingning analitik funksiyasi informatsiyalarni yig‘ish va 
ularga ishlov berishning keng va amalda harakatlanuvchi tizimi mavjud 
bo‘lgandagina realizatsiya qilinishi mumkin. Odatda bozorni doimiy 
kuzatish ba’zi-ba’zida o‘tkaziladigan maqsadga yo‘naltirilgan tadqiqot-
lar (masalan, reklamalarning sotish hajmiga ta’sirini aniqlash) bilan 
qo‘shib olib boriladi. Ko‘pchilik firmalarda ushbu informatsion 
ishlarning katta qismi maxsus bo‘limlar tomonidan o‘tkaziladi yoki 
mustaqil tadqiqot institutlariga topshiriladi. 
Rejalashtirish funksiyasi kompaniyaning mos keluvchi bo‘limlari 
tomonidan tovar, narx, savdo, kommunikatsion va kadrlar siyosati 
rejalarini ishlab chiqishi va marketing dasturlarini tuzishini bildiradi. 
Marketingning ishlab chiqarish – savdo funksiyasi marketing 
faoliyatini amaliy jihatdan amalga oshirilishni ko‘zda tutadi: 
1) tovarlar siyosati (mahsulotning ma’lum turini ishlab chiqarish, 
yangi tovarlar ishlab chiqarish, tovar sotilgandan keyingi xizmat 
ko‘rsatish, uskunalarni yangilash va b.); 


42 
2) maqsadli siyosatlar (tovar birligi uchun narx darajasini va 
tovarning hayot sikli davriga ko‘ra bog‘liq ravishda narxlar dinamikasini 
belgilash, firma narxini bozorning har bir segmentidagi raqobatchilar 
narxiga nisbatini aniqlash va b.); 
3) savdo siyosatlari (savdo vositalarini yaratish, bozorga chiqish 
vaqtini belgilash, tovarni harakatlanish tizimini belgilash va b.); 
4) kommunikatsion siyosatlar (bozorda tovarning harakatlanishi 
bo‘yicha choralarni amalga oshirish: reklama kompaniyalarini o‘tkazish, 
vositachilar va iste’molchilarga mos keluvchi imtiyoz va chegirmalar 
berish (ko‘rsatish), mahsulot sotish bilan shug‘ullanuvchi o‘z xodimlari-
ni rag‘batlantirish, ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etish va b.); 
5) kadrlar siyosati (kadrlar tanlash (yig‘ish), xodimlarni tayyorlash 
va qayta tayyorlash, xodimlar motivatsiyasi bo‘yicha tadbirlarni amalga 
oshirish va b. 
Marketingning nazorat funksiyasi hamma marketing ishlari davo-
mida amalga oshiriladi: mablag‘larni asossiz sarflanishidan qochish 
uchun marketing tadbirlarining ehtimoliy samaradorligini oldindan 
baholash maqsadida – navbatdagi marketing dasturining boshlang‘ich 
bosqichida, marketing dasturlarini realizatsiya qilish jarayonida – 
rejalashtirilgan marketing chora-tadbirlari va ularning kompleksliligingi 
amalga oshirish uchun joriy nazorat, bu maqsadga erishish uchun 
marketing strategiyasi va taktikasiga ma’lum asoslangan tuzatishlar 
kiritish imkonini beradi.
Shunday qilib, marketing funksiyasining tahlili marketingni boshqa-
rishning hamma jarayoni izchil amalga oshiriladigan bosqich 
ko‘rinishda tasavvur qilish imkonini beradi.
Marketing funksiyalarini kim bajaradi

9
Ishlab chiqaruvchilar 
9
Iste’molchilar 
9
Marketing mutaxassislari 
Marketing funksiyalarining firma funksiyalaridan farqi shundaki, u 
asosan firma mahsulotini mijozlar bilan ayirboshlash vazifasiga yo‘nalti-
rilgan. Keng ma’noda marketing funksiyasi firma mahsulotiga bozorda 
talabni shakllantirish va xaridorlarni ko‘proq o‘ziga jalb qilishdan iborat. 
Potensial talabni o‘rganish va yangi taklif bilan bozorga chiqish 
firmaning kundalik faoliyatining bir qismidir. Firmalarda marketing 
funksiyasi bilan marketing faoliyatining funksiyalari chambarchas 
bog‘liq. MARKETING funksiyasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi. 


43 

Marketing tadqiqotlari. 

Rejalashtirish. 

Narxni shakllantirish. 

Tovarni taqsimlash. 

Tovarni harakatga keltirish. 
2.2 - jadval

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə