O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Marketing nazariyasi konsepsiyasi va uning evolyutsiyasi



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/235
tarix22.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#97644
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   235
marketing 57

 
1.3. Marketing nazariyasi konsepsiyasi va uning evolyutsiyasi 
 
Konsepsiya-lotincha “conception”-so‘zidan olingan bo‘lib, tizim 
yoki biror sohaga oid qarashlar, tamoyillar tizimi, dalil (fakt) va 
hodisalarni tushunish, anglash va izohlashning muayyan usuli, asosiy 
nuqtayi nazar ma’nosini anglatadi
5
. Keng ma’noda konsepsiya so‘zi u 
yoki bu faoliyatning samarali amalga oshirilishi uchun zarur bo‘lgan 
qarashlar tizimi, deb tushuniladi. Firma konsepsiyasi - firmaning asosiy 
faoliyat yo‘nalishi, g‘oyalari, tadbirkorlik falsafasi, iste’molchi talabi 
asosida mahsulot ishlab chiqarish istiqboli yo‘nalishidir. Konsepsiya 
komponentlari g‘oya, strategiya, instrumentariy va maqsaddan iborat. 
Shu nuqtayi nazardan marketing konsepsiyasi tashkilotning ilmiy 
asoslangan g‘oyasi, loyihasi hisoblanib tadbirkorlikni amalga oshirishda 
korxonaning samarali strategiyasini ham anglatadi.
 
Marketing konsepsiyasini o‘zlashtirish oson bo‘lmadi. Marketing 
konsepsiyasini birinchilardan bo‘lib Procter & Gamble qabul qildi. 
Procter & Gamble kompaniyasi 1837 - yilda ikki tadbirkorning birga-
likda ish olib borish to‘g‘risidagi kelishuv asosida tashkil etilgan edi. 
Kompaniya asoschilari Uilyam Procter kompaniyaga asos solinganga 
qadar shamlar ishlab chiqargan bo‘lsa, Djeyms Gambl esa sovun ishlab 
chiqargan. Kompaniya o‘zining 1- million dollarlarini 1859-yilda ishlab 
topdi. AQShdagi fuqarolar urushi davrida kompaniya shimolliklar 
armiyasiga sovun va sham yetkazib berish uchun katta davlat 
buyurtmasini qo‘lga kiritdi. Procter & Gamble kompaniyasi taniqli 
savdo markalari va brendlarini sotib olish evaziga muttasil kengayib 
bordi. 2003-yilda Germaniyaninig soch bo‘yoqlari ishlab chiqaruvchi 
mashhur WELLA kompaniyasi sotib olindi. 2005-yilda Gilette 
kompaniyasini sotib oldi. Raqobatda Unileverni yutib, o‘zining sohasi 
bo‘yicha yirik kompaniyaga aylandi. Raqobat juda katta edi, yutib 
chiqishning yagona bir yo‘li mijozni qanoatlantirish edi. Marketing 
konsepsiyasini tatbiq qilgan menejer uchun mijozni qanoatlantirish - bu 
foyda olish yo‘lidir, yani shior «Mijoz nuqtayi nazari bilan ishla». 
Keyinchalik, turli sanoat sohalari – metall, ko‘mir, qog‘oz, shisha – 
kompaniyalari ham marketing konsepsiyasini qabul qila boshladi. 
5
“O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. Toshkent 2003-y.23-bet.


18 
Xizmat ko‘rsatish sohalari juda sekinlik bilan marketing konsepsiyasini 
qabul qildi. 
Marketing konsepsiyasini o‘zlashtirish oson bo‘lmadi. «Banklar 
bank xodimlari uchun qulay bo‘lgan bir necha soat ochiq, mijozlar 
uchun qulay paytda yopiq bo‘ladi. Tushlik paytida va soat 16 dan keyin 
yopiq bo‘ladi. Mijozni qanoatlantirishga ketadigan xarajatlar va xarajat 
talab qilmaydigan harakatlar talab qilinadi.
Marketing konsepsiyasi korxonaning amaldagi yoki rejalashtirila-
yotgan faoliyatining strategik tahlili asosida ishlab chiqilishi kerak. Uni 
ishlab chiqish quyidagi bosqichlardan iborat: 

Ichki va tashqi muhitning strategik tahlili. 

Korxona va marketing faoliyatining maqsadlarini aniqlash. 

Marketing strategiyasiniasoslash. 

Kutilgan natijaga erishish uchun tegishli marketing usullarini 
tanlash. 
Marketing va tadbirkorlik borasida jahon amaliyoti marketing 
evolyutsiyasida quyidagi konsepsiyalarni asoslab ko‘rsatdi: 
1. Ishlab chiqarish.
2. Tovar. 
3. Sotuv. 
4. An’anaviy.
5. Ijtimoiy – etik. 
6. O‘zaro ta’sir marketingi. 
Bugun boshqaruvda marketing faoliyati bilan shug‘ullana borib, bir 
qancha konseptual yondashuvlarni qo‘llash mumkin: ishlab chiqarishni 
va tovarni mukammallashtirish, tijorat kuchlarini jadallashtirish, 
iste’molchilarga yo‘naltirilgan marketing yondashuvi, ijtimoiy-etik mar-
keting. 
Marketing konsepsiyalarining rivojlanishi bozorning rivojlanish 
bosqichlariga mos keladi. 
Tavsiya qilingan konsepsiyalar barcha davlatlar uchun etalon yoki 
norma bo‘lib xizmat qiladi, degan fikr noto‘g‘ri. Marketing evolyutsiya-
si har bir mamlakatdagi bozor munosabatlarining rivojlanish bosqichiga, 
tadbirkorlik faoliyatining tashkil etilganligiga qarab turlicha bo‘lishi va 
konsepsiyalar ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. 
Marketingning korxona ishlab chiqarish, savdoga oid faoliyatini 
boshqarish tizimi sifatida rivojlanish tarixi bozorning rivojlanishi bilan 
mustahkam bog‘liq. 


19 
1.3- jadval 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə