O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Yüklə 18,82 Mb.
səhifə13/162
tarix30.12.2022
ölçüsü18,82 Mb.
#98054
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   162
МТ Мажмуа МАЪРУЗАЛАР

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Maydon
Ma’lumotlar tuzilmasi elementi – bu qiymatlar to’plamining bir bo’lagi hisoblanadi. Tuzilma elementi – qiymatlar jamlanmasi bo’lib, misol uchuntalabalarning ismi, sharifi, yoshi har bir fandan olgan baxosi va x.k. larni keltirish mumkin. Elementlar 2 taga bo’linishi mumkin.

  • Element sifatida ma’lumotlar guruhi olib qaraladi. Bunda e;lementlar yana qism bo’lak;arga bo’linishi mumkin. Masalan, ota-onalar maydoni talabalarning ota va onalari xaqida ma’lumot saqlaydigan alohida maydonlardan tashkil topadi.

  • Elementar, ya’ni bo’linmas, bunda element qism bo’laklarga ajratilmaydi.

Ob’ekt – bu xususiyatlar va attributlariga ega bo’lgan va bu xususiyatlarga qiymat qabul qilishi mumkin bo’lgan tuzilma xisoblanadi. Masalan, talaba bu ob’ekt deb qaralishi mumkin tuzilma.
Maydon – bu ob’ektlarning attributlari yoki xususiyatlarini ifodalovchi tushuncha bo’lib, sonli yoki son bo’lmagan qiymatlarni o’zlashtirishi mumkin.
Yozuv – bu bironta ob’ektga tegishli turli toifadagi maydonlar to’plamidir.
Fayl- bu bir-biriga bog’liq bo’lgan yozuvlar to’plamidir. Masalan, barcha talabalar xaqidagi yozuvlarni o’z ichiga olishi mumkin,
Kalit – bu yozuvdagi maydon bo’lib, aynan shu yozuvni boshqa yozuvlardan ajratib turishga xizmat qiladi, uning qiymati boshqa yozuvlarda takrorlanmas hisoblanadi. Ba’zida bittadan ko’p maydonlar qiymatlari elementlararo betakror bo’lishi mumkin va bunga karrali kalit deyiladi. Ko’pincha asosiy kalit xisoblanadigan bitta maydon ma’lumoti ishlatiladi va u boshlang’ich kalit deyiladi, qolganlari esa alternativ kalit deyiladi. Ba’zida esa yozuvlaning yagona qiymatlatli kalit maydonni yo’qligi sababli kalit sifatida bir nechta maydonlar olinadi va ularga tarkibli kalit deyiladi. Eng yomon holatda, ba’zan shunaqa bo’lishi mumkinki, bironta maydon kalit bo’la olmasa, xar bit elementga qo’shimcha, qiymati yagona bo’lgan kalit maydon kiritiladi.
Axborot.Ko’pincha ma’lumot va axborot tushunchalarini bir xil ma’noda ishlatishadi. Lekin aslida esa axborot bu ma’lumotga qaraganda kengroq tushunchadir.Axborot bu qayta ishlangan ma’lumotdir.Ma’lumot esa qiymatlar yig’indisidir, yani bironta yakuniy xulosa bermaydi.Qaror qabul qilishda xali foyda bermaydi. Ma’lum qoidalar asosida qayta ishlangach, yangi xosil qilingan ma’lumotlar axborotga aylanadi va qaror qabul qilishda foydali hisoblanadi.

Yüklə 18,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə