O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 55,79 Kb.
səhifə4/12
tarix13.04.2023
ölçüsü55,79 Kb.
#105445
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
jasur1232

1.2. O'zaro almashish va ma'lumot almashinuvi imkoniyatlarini oshirish, xususan, IoT (Internet of Things) tizimlari va texnologik innovatsiyalar kabi yangiliklarni qabul qilish.

2019 — 2021-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasining amalga oshirilishi natijasida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada, shu jumladan qishloq xo‘jaligi, energetika, qurilish, ta’lim, sog‘liqni saqlashda innovatsion va texnologik rivojlanishni ta’minlash va rag‘batlantirish borasida katta yutuqlarga erishildi. Xususan:
respublikamiz 81 ta indikator bo‘yicha baholanadigan Global innovatsion indeksi reytingida 2015-yilga nisbatan 36 ta pog‘onaga ko‘tarildi;
innovatsiya va ilm-fan sohalariga Davlat budjetidan ajratiladigan yillik mablag‘lar hajmi 2018-yilga nisbatan 3 baravarga oshirildi va 1,5 trillion so‘mga yetkazildi;
yosh olimlar 2018-yilda 6,5 ming nafar bo‘lgan bo‘lsa, 2022-yilda ularning soni 10,8 ming nafarni tashkil etdi, ya’ni bir yarim baravarga o‘sdi;
oxirgi 4 yilda innovatsion faoliyatni moliyalashtirish bo‘yicha maxsus institutlar (innovatsion jamg‘armalar, venchur tashkilotlar va boshqalar) soni 28 taga yetkazildi;
2018-yildan boshlab har yili o‘tkazilayotgan Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi — “Innoweek.uz” xorijiy innovatsion va ilmiy markazlar, investitsion fondlar, texnologik agentliklar, texnoparklar va biznes-inkubatorlarni bir maqsad yo‘lida jamlovchi innovatsion texnologiyalar platformasiga aylanmoqda.
Shu bilan birga, iqtisodiyotning real sektorida ilmiy va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish darajasi, ilm-fan, ta’lim va sanoat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari nisbatan past bo‘lib qolmoqda.
Respublikada innovatsion rivojlanishni jadallashtirish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida innovatsiyalar va texnologiyalarni keng tatbiq qilish, inson kapitalini, ilm-fan va innovatsiya sohalarini rivojlantirish maqsadida:
1. 2022 — 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Strategiyaning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
innovatsion infratuzilma subyektlari (innovatsion texnologik park, texnologiyalar transferi markazi, innovatsion klaster, venchur tashkiloti, innovatsiya markazi, startap akselerator, inkubator) tarmog‘ini shakllantirish orqali startap tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda yirik hajmli ishlab chiqarishni (kapital yaratish) tashkil etish;
innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning institutsional mexanizmlarini takomillashtirish orqali innovatsion faol tashkilotlar ulushini oshirish;
kichik tadbirkorlikning innovatsion faolligini oshirish orqali hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy jadal o‘sishini ta’minlash;
yangi turdagi mahsulotlar va innovatsion texnologiyalar yaratishning g‘oyadan yakuniy iste’molchigacha bo‘lgan kompleks tizimini ta’minlash orqali innovatsiyalarga bo‘lgan talabni rag‘batlantirish;
yaratilgan kapitalni “tubdan yangilovchi” innovatsiyalarga qayta yo‘naltirish tizimini shakllantirish;
ta’limning barcha bosqichlarida yaratuvchanlik, innovatsion tadbirkorlik va ratsionalizatorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali innovatsion faoliyat boshqaruvida inson kapitalini yanada rivojlantirish.
Belgilansinki, Strategiya erishilgan natijalar va maqsadli ko‘rsatkichlar bo‘yicha tegishli asosiy yo‘nalishlardan kelib chiqqan holda, 2024-yildan boshlab alohida-alohida tasdiqlanadigan “Yo‘l xaritasi” asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar:
2022 — 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirishning maqsadli ko‘rsatkichlari (keyingi o‘rinlarda — Maqsadli ko‘rsatkichlar) 2-ilovaga muvofiq;
2022 — 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirishning hududlar kesimidagi maqsadli ko‘rsatkichlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilansinki:
a) Maqsadli ko‘rsatkichlar, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutadi:
innovatsion faoliyat subyektlari (sanoat ishlab chiqarish tashkilotlari) sonini 613 tadan 2 250 tagacha yetkazish;
innovatsion infratuzilma subyektlari (texnoparklar, texnologiyalar transferi markazlari, innovatsion klasterlar, venchur tashkilotlar, innovatsiya markazlari, biznes-inkubatorlar va akseleratorlar) sonini 3 baravarga oshirish;
innovatsion tadbirkorlik natijasida yaratiladigan yangi ish o‘rinlari sonini 4 baravarga oshirish;
ichki va tashqi bozorlarda tijoratlashtirish natijasida yaratiladigan yangi innovatsion ishlanmalar sonini 2 baravarga oshirish;
b) Strategiyani hududlar kesimida amalga oshirishning maqsadli ko‘rsatkichlari, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutadi:
hududdagi innovatsion markazlar sonini 494 tagacha yetkazish:
texnologik innovatsiyalar bilan shug‘ullanuvchi mahalliy sanoat korxonalari sonini 600 tagacha yetkazish;
hududlarda yaratiladigan yangi texnologiyalar sonini 384 tagacha oshirish;
hududlarda yillik ro‘yxatga olingan patentlar sonini 184 tagacha yetkazish;
xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ilmiy, innovatsion va texnologik loyihalar sonini 183 tagacha oshirish;
innovatsion startaplar sonini 1 437 tagacha yetkazish.
5. 2022-yil 1-avgustdan boshlab innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishda “tarmoq-hudud-ilmiy/oliy ta’lim tashkilot” zanjirining quyidagilarga asoslangan yaxlit tizimi joriy etilsin:
hududiy tarmoq tashkilotlari innovatsiyalarga bo‘lgan ehtiyoj(lar) portfelini ishlab chiqib, Innovatsion rivojlanish vazirligining hududiy boshqarmalariga taqdim etadi;
Innovatsion rivojlanish vazirligining hududiy boshqarmalari tarmoq muammolarining ilmiy yechimini ta’minlash bo‘yicha ijrochi ilmiy/oliy ta’lim tashkilotini (innovatsion spin-off kompaniyasini) tanlov asosida aniqlaydi;
tanlov natijalariga ko‘ra ilmiy/oliy ta’lim tashkiloti (innovatsion spin-off kompaniya) “1+1” prinsipi asosida tarmoq tashkilotlari bilan birga ishlab chiqilgan loyihalarni moliyalashtiradi;
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan ishlab chiqarilishi bozorda muvaffaqiyatli o‘zlashtirilgan innovatsion mahsulotlarni kengaytirish va kelgusida seriyalab sanoatda ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida investitsiya portfeli ishlab chiqiladi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abduraxmonov) bir oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan “tarmoq-hudud-ilmiy/oliy ta’lim tashkilot” zanjirini amaliyotga to‘liq va sifatli tatbiq qilish bo‘yicha tartibni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
6. Belgilansinki:
a) 2022-yil 1-avgustdan “tubdan yangilovchi” innovatsiyalar yaratishni rag‘batlantirishning quyidagi tizimi joriy etiladi:
mahalliy ilmiy tashkilotlar va korxonalarga innovatsion tovarlar va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, joriy etish va texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat organlari va yirik davlat tashkilotlari bilan shartnomalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri imzolash huquqi berilib, savdo xaridlari Elektron kooperatsiya portali orqali amalga oshiriladi;
ustav fondida 50 va undan ortiq foiz davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarida foyda solig‘ini to‘lagunga qadar foydaning 10 foizgacha miqdoridagi ajratmalari hisobidan korxonalarning alohida hisob raqamida shakllantiriladigan Innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘arma (keyingi o‘rinda — Jamg‘arma)lari tashkil etiladi. Bunda:

Yüklə 55,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə