O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


«Xorijda stansiyani qurib, antenna qo‘yish uchun ijara berish tajribasi bor, bizda esa...»



Yüklə 55,79 Kb.
səhifə9/12
tarix13.04.2023
ölçüsü55,79 Kb.
#105445
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
jasur1232

«Xorijda stansiyani qurib, antenna qo‘yish uchun ijara berish tajribasi bor, bizda esa...»
Mirzo Ulug‘bek nomidagi astronomiya, fizika, matematika va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktab-internati direktori Olimjon To‘ychiyev:
Bu masalada asosiy sabab – har bir uyali aloqa kompaniyasi o‘zining antennasini qo‘yishga xarakat qiladi. Shu sababli ham shaharning bir qismida ishlagan mobil operator boshqasida ishlamaydi.
Xorijiy tajribada bir stansiyani qurib, bir-biriga antenna qo‘yish uchun ijaraga berish tajribasi mavjud, bizda esa afsuski, uyali aloqa kompaniyalarida bunday amaliyot mavjud yemas.
Bir stansiyani qurish va ekspluatatsiya qilish anchagina moliyaviy resurslarni talab qiladi, shuning uchun uyali kompaniyalar o‘zaro kelishib antennalarini birgalikda foydalanishni boshlasa, yuqoridagi holatlar bo‘lmaydi.
 
«Sifatli internet orqali hukumat o‘ziga savol beruvchilarni va hisob so‘rovchilarni ko‘paytiradi. Bu ularga kerakmi?»
Iqtisodchi, bloger Otabek Bakirov:
Eng chekka qishloqlardan birida tug‘ilganman. Har safar qishloqqa hayitga, bayramlar yoki boshqa sabab borsam, meni yo‘qotib qo‘yishadi, chunki na mobil aloqa va na internet bor.
Qiziq tarafi, qishloq ahli Qirg‘iziston kompaniyalarining mobil internetidan foydalanadi. Rossiya va Qirg‘iziston bilan aloqada ham qirg‘iz mobil operatorlarining sim-kartalarini ishlatishadi. Bilmadim, nima qilish kerak? Koreya yoki Yaponiya emas, hech bo‘lmasa, Qirg‘izistonda nima qilishganini o‘rganish kerakmi?
Avvalo, tashqi internet trafigi monopoliyasiga amalda barham berish kerak. Nafaqat Mobiuz, balki boshqa kompaniyalar ham to‘g‘ridan to‘g‘ri tashqi trafikni sotib olish imkoniga ega bo‘lishlari lozim.
Optika orqali internet haqida qishloq joylarda hali-beri orzu qilmasa ham bo‘ladi. U yerda aholi kompakt yashamasligi sababli bu juda katta mablag‘ talab qiladi.
Mobil aloqaga kelsak, yana texnik muvofiqlashtirish masalalariga to‘xtashga to‘g‘ri keladi. Mobil operatorlardan so‘rang: bitta bazaviy stansiyani o‘rnatish qanchalik qimmatga va qiyin byurokratik jarayonga aylangan.
Darvoqe, 5ta mobil operatorning 4tasi davlat ixtiyorida, shuning o‘zi katta muammo. Tarmoqqa yana xususiy va xorijiy investorlarni qaytarish kerak.
Hatto kosmos xususiy tijorat orqali rivojlanish yo‘liga o‘tayotganida, internet va aloqa sohasida davlatning mavjudligining o‘zi anaxronizm. Bu sohada imkon boricha davlat bo‘lmasligi kerak, demakki, budjet pullari ham.
Sohadagi asosiy muammo – O‘zbekistonning istalgan biznes borasidagi asosiy muammosi singari mulk huquqi va investitsiyalar himoyalanmaganidir. Internet va aloqaga pul kiritgan investorni qonun va sud himoya qila olishiga nafaqat potensial investorlarning, balki oddiy foydalanuvchi sifatida mening ham ko‘zim yetmaydi.
Barcha axborot avtokratiyalarida bo‘lgani singari sifatli internet siyosiy, mafkuraviy va iqtisodiy monopoliyani yo‘qqa chiqaradi. Propaganda instrumentlari sifatli internet sharoitida juda ham ojiz va samarasiz mahsulotga aylanadi. Shunday ekan, sifatli internet orqali hukumat o‘ziga savol beruvchilarni va undan hisobot so‘rovchilarni ko‘paytiradi. Bu kerakmi hukumatga? Bilmadim. Qisqa istiqbolda sifatli internet hukumatning ziyoniga ishlaydi, o‘rta va uzoq istiqbolda esa mamlakat taraqqiyotini sifatli internetsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Internetsiz mamlakat eng asosiy boyligi – fuqarolaridan ayrilaveradi.
 

Yüklə 55,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə