O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


«Aloqa obektini ishga tushirish uchun kamida 6 oy, ba'zan 9 oy kerak bo‘ladi, chunki ruxsat olish jarayoni juda murakkab»



Yüklə 55,79 Kb.
səhifə10/12
tarix13.04.2023
ölçüsü55,79 Kb.
#105445
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
jasur1232

«Aloqa obektini ishga tushirish uchun kamida 6 oy, ba'zan 9 oy kerak bo‘ladi, chunki ruxsat olish jarayoni juda murakkab»
Beeline Uzbekistan kompaniyasi texnik direktori Yevgeniy Klyuchev:
Beeline Uzbekistan joriy yil boshidan beri butun O‘zbekiston bo‘ylab 1500ga yaqin turli xil texnologiyalardagi bazaviy stansiyalarni ishga tushirdi. Ulardan 950dan ortig‘i to‘rtinchi avlod bazaviy stansiyalari (LTE). 2020 yil rejalariga ko‘ra, kompaniya tomonidan hozirda 70ta chekka hududlarni yangi qamrov bilan taminlash ustida ish olib borilyapti. Chekka hududlardagi asosiy tayanch stansiyalarning aksariyati Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida ishga tushirilgan.
Uzoq hududlarda aloqa stansiyalarini o‘rnatish doimo katta moliyaviy xarajatlarni talab qilib kelgan. Bu, birinchi navbatda, elektr ta'minoti, og‘ir uskunalar va transport tarmoqlari o‘tish uchun kirish yo‘llarining yetishmasligi bilan bog‘liq. Shuningdek, hududning murakkabligi va iqlim sharoiti tufayli ish faqat yilning ma'lum vaqtlarida bajarilishi mumkin. Shuning uchun qurilish qiymati juda katta farq qilishi mumkin.
Elektr energiyasini yetkazib berish uchun maxsus yechimlarni o‘rnatishga hojat bo‘lmasa, kamida 160 million so‘mga baholanadigan uskuna narxi hisobga olinmaganda, xarajatlar minimumi 150 milliondan boshlanadi. Baza stansiyasini ishga tushirish kamida 310 million so‘m bo‘ladi. Shu sababli bunday loyihalarni amalga oshirishda tegishli vazirlik va idoralarning ishtiroki va o‘z vaqtida yordam ko‘rsatishi muhimdir.
Baza stansiyalarini qurish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda ruxsat olinadi. Aloqa vositalarini qurish va foydalanishga topshirish – murakkab jarayon. Yangi tayanch stansiyasini qurishni boshlashga ruxsat olish – LvQR (loyihalash va qurilish uchun ruxsatnoma) uchun kamida 1,5-2 oy vaqt talab etiladi. Aloqa obektini tijorat efiriga chiqarish uchun o‘rtacha 6 oy, ba'zan 9 oygacha vaqt ketadi, chunki qator oraliq ruxsatnomalar talab qilinadi.
Kompaniyamiz ruxsat olish jarayonini soddalashtirish tarafdori. Bu masalada tegishli vazirlik tomonidan tushunarli va konstruktiv tizim ishlab chiqilishiga umid qilamiz.
 
«Bu yil aholi maskanlarining mobil aloqa bilan qamrovi darajasi 97 foizga, keng polosali mobil internet tarmog‘iga ulanish qamrovi darajasi 78 foizga yetkazildi»
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati mavzu yuzasdan quyidagicha ma'lumotni taqdim etdi.
Mobil aloqa qurilmalarini o‘rnatish, ishga tushirish, xizmat ko‘rsatishga o‘rtacha 250-300 mln. so‘m mablag‘ sarflanadi. Mobil aloqa operatorlari o‘z telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish maqsadida tayanch stansiya o‘rnatish ishlarini qonunchilikka asosan, jumladan, Adliya vazirligi tomonidan 2005 yil 7 dekabrda 1531-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan «O‘zbekiston Respublikasi hududida radiochastota spektri va radioelektron vositalaridan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida» O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining buyrug‘i, «Priyemka v ekspluatatsiyu zakonchennyx stroitelstvom obektov» ShNK 3.01.04-04, shuningdek idoraviy qurilish normalariga (IKN 05:2013, IKN 07:2015) asosan ish olib boradilar.
O‘zbekiston Respublikasi hududida mobil aloqa operatorlari «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda vazirlik tomonidan berilgan litsenziyaga asosan faoliyat yuritadi. Barcha mobil aloqa operatorlari litsenziya shartnomalari shartlariga asosan, har yili tarmoqni rivojlantirish rejalarini vazirlik bilan kelishishlari belgilangan.
Joriy yilning birinchi yarim yilligi davomida mobil aloqa operatorlari tomonidan jami 1375ta mobil aloqa tayanch stansiyalari o‘rnatilib, aholi maskanlarining mobil aloqa bilan qamrovi darajasi 97 foizga va keng polosali mobil Internet tarmog‘iga ulanish qamrovi darajasi 78 foizga yetkazildi.

Yüklə 55,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə