O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 55,79 Kb.
səhifə5/12
tarix13.04.2023
ölçüsü55,79 Kb.
#105445
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
jasur1232

Keyingi tahrirga qarang.
Jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablag‘lari “tubdan yangilovchi” innovatsiyalarni yaratishga va joriy qilishga yo‘naltiriladi;
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar portfeli Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishiladi;
Bosh vazir o‘rinbosari S.Umurzakov ustav fondida 50 va undan ortiq foiz davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari tomonidan mazkur bandning to‘rtinchi xatboshisida nazarda tutilgan mablag‘larni Jamg‘armalarga o‘z vaqtida ajratish va undan maqsadli foydalanish ustidan tizimli nazoratni amalga oshiradi, shuningdek, har yarim yilda ular rahbarlarining hisobotini eshitadi.
Moliya vazirligi Hisob palatasi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda ustav fondida 50 va undan ortiq foiz davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarida jamg‘arma tashkil etilishi, uning mablag‘lari tasdiqlangan miqdorda shakllantirilishi hamda maqsadli sarflanishi ustidan nazorat o‘rnatsin;
b) ishlab chiqarish korxonalari va tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda ulushli moliyalashtirish mexanizmiga muvofiq yangi ishlanmalarni joriy etish asosida yaratilgan innovatsiyalarni — intellektual mulkni ishlanma egalari bilan birgalikda patentlash va tijoratlashtirishni tashkil etish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
7. Quyidagilar:
2026-yilga kelib mamlakatimiz Global innovatsion indeks reytingi bo‘yicha jahonning 56 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishishni bosh maqsad qilib qo‘yganligi;
2021-yilda Global innovatsion indeks reytingi e’lon qilinganligi, unda O‘zbekiston o‘tgan yilga nisbatan 7 ta pog‘onaga ko‘tarilib, 132 ta davlat orasida 86-o‘rinni egallaganligi, shu sababli eng katta pog‘ona yuqorilagan mamlakatlar top-10 taligiga kirganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi (T.Narbayeva) Innovatsion rivojlanish vazirligi, manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda Global innovatsion indeks reytingida O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilash bo‘yicha 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
8. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda yetakchi xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda “Innovatsion menejment”, “Loyiha boshqaruvi”, “Tijoratlashtirish”, “Intellektual mulkni boshqarish” yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqsin va 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab tegishli oliy ta’lim muassasalarida joriy qilsin.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda mehnat bozorida innovatsion rivojlanish yo‘nalishidagi kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojdan kelib chiqib tayyorlangan kadrlar taqsimotini va bandligini ta’minlash choralarini ko‘rsin.
9. Namangan viloyati Chust tumani hokimining innovatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etilganligi hamda uning faoliyati davomida ijobiy ko‘rsatkichlarga erishilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining o‘z tuman (shahar)larining iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqib, innovatsion hududga aylantirish maqsadida har bir hududda qo‘shimcha tuman (shahar)larni belgilash haqidagi taklifiga rozilik berilsin hamda ushbu hududlar ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Nukus, Marhamat, Romitan, Do‘stlik, Nishon, Karmana, Urgut, Sirdaryo, Oltinsoy, Ohangaron, Oltiariq va Gurlan hamda mazkur Farmonning 4-ilovada keltirilgan tumanlarda hokimning innovatsion rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlari joriy qilinsin.
Belgilansinki:
hokim o‘rinbosarlari lavozimlari tegishli tuman budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;
Innovatsion rivojlanish vazirligining hududiy boshqarmalari hamda tegishli tuman hokimlarining innovatsion rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari hamkorligini tashkillashtiradi.
Bosh vazir o‘rinbosari S.Umurzakov Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan birgalikda bir oy muddatda innovatsion rivojlanish masalalari bo‘yicha hokimlarning o‘rinbosarlari lavozimlari kiritilgan tumanlarni innovatsion hududlarga aylantirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
10. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PF-6198-son Farmoni bilan innovatsiyalarni joriy etish vazifasi yuklatilgan rahbar o‘rinbosarlarining bazaviy lavozim maoshiga har oylik 30 foiz miqdoridagi ustamalar tegishli vazirlik, idora va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining budjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan (budjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi mavjud bo‘lmagan taqdirda Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida), xo‘jalik birlashmalari, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan yirik tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.
11. Innovatsion rivojlanish vazirligiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatilsin:
iqtisodiyot tarmoqlari, hududlar, ilmiy va oliy ta’lim tashkilotlarining innovatsion faoliyati natijalari yillik reytingini yuritish;
ilmiy va oliy ta’lim tashkilotlarining ilmiy faoliyati bo‘yicha baholash hamda yangi ilmiy ishlanma va texnologiyalar yaratish loyihalarini moliyalashtirishning yangi tizimlarini ishlab chiqish;
Elektron kooperatsiya portali orqali amalga oshiriladigan innovatsion mahsulot va xizmatlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri xarid qilishga oid shartnomalarning reyestrini yuritish;
investitsion loyihalarda innovatsiyalarni joriy qilish, hududlarda o‘zlashtiriladigan investitsiya loyihalarini texnologik yechimlar bilan to‘ldirish, shu yo‘nalishlarga investitsiya olib kelinishida ko‘maklashish.
12. Ushbu Farmon ijrosini samarali tashkil qilish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari S.U. Umurzakov hamda innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2023-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot berilsin.



Yüklə 55,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə