O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Mobil aloqa kompaniyalariga nimaga kam stansiyalar quryapti



Yüklə 55,79 Kb.
səhifə8/12
tarix13.04.2023
ölçüsü55,79 Kb.
#105445
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
jasur1232

2.2. Mobil aloqa kompaniyalariga nimaga kam stansiyalar quryapti

Bu borada birmuncha ishlar qilinayotganini inkor etmagan holda ta'kidlash mumkinmi, masalaga yondashuv va e'tibor jamoatchilik talabi darajasida emas.
Xo‘sh, butun respublika bo‘ylab birday mobil aloqa sifati to‘laligicha ta'minlanmasligi sababi nimada? Rivojlangan davlatlar mayli, hatto qo‘shni respublikalar bilan taqqoslaganda ham mobil aloqa sifati borasida maqtana olmasligimizni qanday izohlash mumkin? Nima sababdan bu soha hanuz xususiy sektorga berilmayapti?
Biz mavzu yuzasidan mutaxassislar va jamoatchilik vakillari fikrlari bilan qiziqdik.
 
«Mobil aloqa kompaniyalariga nimaga kam stansiyalar quryapsan, deyishdan oldin ularning ham dardini eshitish kerak»
Huqushunos, bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev MFaktor dasturidagi chiqishida mavzu yuzasidan fikrlarini bildirib, qator savollarni o‘rtaga tashlagan edi.
Aloqa kompaniyalari stansiyalari chekka hududlarda kamligi, shuning natijasida aloqa sifati, internet pastligidan shikoyat qilamiz. Xo‘sh, nima uchun ularning soni kam? Bitta aloqa stansiyasini o‘rnatish – juda qiyin byurokratik jarayon. Nima uchun haligacha tizim yangilanmayapti?
O‘zbekiston tarixida aloqa stansiyalari bilan bog‘liq korrupsion harakatlar, sud jarayonlarini ko‘rdik. Agar bitta aloqa stansiyasini o‘rnatish bunchalik byurokratizmga botib ketmaganda, korrupsion holatlar bo‘lmasmidi? Demak, kimningdir «og‘zini moylash» orqaligina stansiyalarni qurish mumkin bo‘lgan.
Bu yerda bir nechta savol tug‘iladi: Birinchidan, aloqa stansiyasini o‘rnatish nima uchun juda murakkab? Ikkinchidan, bitta aloqa stansiyasini o‘rnatish uchun davlatga to‘lanadigan pul nega buncha qimmat?
Mobil aloqa kompaniyalariga nimaga kam stansiyalar quryapsan, deyishdan oldin ularning ham dardini tushunish kerak. Moliyaviy gigant mobil kompaniyalar qancha ko‘p stansiyalar qurishsa, ularga shuncha foyda-ku. Buning ildizini topishimiz kerak.
Nima uchun O‘zbekistonda internetni davlat ta'minlashi kerak? Nima uchun xususiy sektorga imkoniyat berilmaydi?
 

Yüklə 55,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə