O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-rasm. Keynsning iste‟mol funktsiyasi



Yüklə 6,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/117
tarix21.06.2023
ölçüsü6,89 Mb.
#118366
növüУчебное пособие
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   117
Ekonometrika Kaf 01.Ekonometrika asoslari 20ta

1.4-rasm. Keynsning iste‟mol funktsiyasi 
Ushbu tenglama iste‟mol daromad bilan chiziqli bog„langan bo„lib, bu iste‟mol 
va daromad o„rtasida o„zaro bog„liqlikning matematik modeliga misol bo„ladi hamda 
u iqtisodiyotda iste‟mol funksiyasi deb ataladi. Model matematik tenglamalar 
to„plami sifatida namoyon bo„ladi. Agar model bitta tenglamaga ega bo„lsa, u bir 
Daromad 


Is
te‟m
ol
xa
ra
jatlar

Δ
1
Δ
1
=MPC 



19 
tenglamali model deyiladi, agar bittadan ortiq tenglamaga ega bo„lsa, u holda 
ko„plikdagi model deyiladi. 
(1.1) formuladagi tenglik belgisidan chap tomonda turgan o„zgaruvchi bog„liq 
o„zgaruvchi, o„ng tomonidagi esa bog„liq bo„lmagan yoki tushuntirib beruvchi 
o„zgaruvchi deyiladi. Shunday qilib, Keynsning iste‟mol funksiyasida (1.1) 
tenglamadagi iste‟mol funksiyasi bog„liq o„zgaruvchi va daromad manbai bog„liq 
bo„lmagan yoki tushuntirib beruvchi o„zgaruvchi hisoblanadi. 
 
1.2. Iqtisodiyotni ekonometrik modellashtirishning zarurligi 
Kuzatilayotgan obyektlarni chuqur va har tomonlama o„rganish maqsadida 
tabiatda va jamiyatda ro„y beradigan jarayonlarning modellari yaratiladi. Buning 
uchun obyektlar hamda ularni xossalari kuzatiladi va ular to„g„risida dastlabki 
tushunchalar hosil bo„ladi. Bu tushunchalar oddiy so„zlashuv tilida, turli rasmlar
sxemalar, belgilar, grafiklar orqali ifodalanishi mumkin. Ushbu tushunchalar 
model 
deb aytiladi.
Model so„zi lotincha 
modulus
so„zidan olingan bo„lib, o„lchov, me‟yor degan 
ma‟noni anglatadi. 
Keng ma‟noda model biror obyektni yoki obyektlar sistemasini namunasidir. 
Model tushunchasi biologiya meditsia, fizika va boshqa fanlarda ham qo„llaniladi. 
Jamiyatdagi va iqtisodiyotdagi obyektlarni matematik modellar yordamida 
kuzatish mumkin. Bu tushuncha modellashtirish deyiladi. 
Iqtisodiy model
- iqtisodiy obyektlarning soddalashtirilgan nusxasidir. Bunda 
modelning hayotiyligi, uning modellashtiriladigan obyektga aynan mos kelishi 
muhim ahamiyatga egadir. Lekin yagona modelda o„rganilayotgan obyektning 
hamma tomonini aks ettirish mumkin emas. Shunda jarayonning eng xarakterli va 
eng muhim belgilari aks ettiriladi. 
Modellashtirishning universal usul sifatida boshqa usullarga qaraganda 
afzalliklari mavjud. Ushbu afzalliklar esa quyidagilardan iborat: 
I. Avvalo, modellashtirish katta va murakkab sistemani oddiy model 
yordamida ifodalashga imkoniyat beradi. Masalan, xalq xo„jaligi bu o„ta murakkab 


20 
sistemadir. Uni oddiy qora yashik sxemasi orqali ifodalash mumkin. 
II. Model tuzilishi bilan kuzatuvchiga eksperimentlar qilish uchun keng 
maydon tug„iladi. Modelning parametrlarini bir necha marta o„zgartirib, obyektni 
faoliyatini eng optimal holatini aniqlab, undan keyin hayotda qo„llash mumkin. Real 
obyektlar ustida eksperiment qilish ko„plab xatolarga va katta xarajatlarga olib kelishi 
mumkin. 
III. 
Model, 
noshakl 
sistemani, 
matematik 
formulalar 
yordamida 
shakllantirishga imkoniyat beradi va EHMlar yordamida sistemani boshqarishga 
yordam beradi. 
IV. Modellashtirish o„rganish va bilish jarayonini kengaytiradi. Model hosil 
qilish uchun obyekt har tomonlama o„rganiladi, tahlil qilinadi. Model tuzilganidan 
so„ng, uning yordamida obyekt to„g„risida yangi ma‟lumotlar olish mumkin. Shunday 
qilib, obyekt to„g„risidagi bilish jarayoni to„xtovsiz jarayonga aylanadi. 

Yüklə 6,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə