O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


bilan  zich bog„langan bo„lishi kerak;  3) Bog„liq bo„lmagan



Yüklə 6,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/117
tarix21.06.2023
ölçüsü6,89 Mb.
#118366
növüУчебное пособие
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   117
Ekonometrika Kaf 01.Ekonometrika asoslari 20ta

 
bilan 
zich bog„langan bo„lishi kerak; 
3)
Bog„liq bo„lmagan 
 
omillar o„zaro sust (kuchsiz) bog„langan bo„lishi kerak

Iqtisodiy jarayonlar dinamikasini aks ettirish mohiyatiga ko„ra, statik va 
dinamik modellar mavjud. 


33 
Statik modellar o„zida vaqtning ayrim, qayd qilingan oralig„ini qamrab oladi. 
Dinamik model vaqtning izchil oraliq tizimi holatini aks ettiradi. O„zgaruvchan 
xarakterga ko„ra, boshlang„ich iqtisodiy ishlab chiqarish omillari yoki aralash 
omillarni o„z ichiga olgan modellarni ko„rsatish mumkin. 
Ishlab chiqarishning boshlang„ich omillari deganda, keyinchalik taqsimlab 
bo„lmaydigan oddiy omillar, masalan, resurslar harajati - jonli mehnat, vosita, mehnat 
qurollari tushuniladi. Modelning tuzilishiga qarab, ularni modelga turli o„lchov birligi 
(natural, qiymat) va turli aniqlik darajasi bilan kiritish mumkin. Bunday holda 
ularning boshlang„ich xarakteri saqlanadi. 
Quyidagi modellar turi boshlang„ich va ishlab chiqarish omillarining turli 
kombinatsiyalarini beradi: 
a) ishlab chiqarish natijalarining boshlang„ich resurslar xarajati darajasi va 
tarkibiga hamda ishlab chiqarish ehtiyojlari sharoitiga bog„liqligini xarakterlaydigan 
to„liq modellar; 
b) ishlab chiqarish ehtiyojlari sharoiti obyektlari guruhi yoki vaqt bo„yicha 
barqaror hisoblangan paytlarda qo„llaniladigan “vazifalar - mahsulot ishlab 
chiqarish” modeli; 
c) ishlab chiqarish texnik-iqtisodiy ko„rsatkichlar o„rtasidagi o„zaro va 
boshlang„ich ishlab chiqarish omillari bilan aloqalarini xarakterlovchi turli xil 
modellar.
Modellar o„zgaruvchanligiga ko„ra, umumiy va xususiy modellarga bo„linadi. 
Umumiy model o„lchanadigan alomatlarning barchasini hamda o„rganilayotgan 
ishlab chiqarish jarayonining bir tomonini, masalan, tabiiy sharoit belgilarini qisman 
o„z ichiga oladi. Alomatlarning barchasini o„z ichiga olgan model bilan xususiy 
(masalan, faqat tabiiy sharoit omillari) modelni taqqoslab, ishlab chiqarish tabiiy 
iqlim omillarining ta‟siri qaysi vaqtda ko„proq, qaysi vaqtda kamroq bo„lishini 
aniqlash mumkin. 
Umumiylik darajasi bo„yicha iqtisodiy ko„rsatkichlar avtonom tizimidagi 
farqlarni ajrata bilish lozim. Birinchi xil modellar mustaqil foydalanish, ikkinchi xil 


34 
modellar esa qandaydir tizimdagi modellarning organik tarkibiy qismi hisoblanadi. va 
ularni qo„llash xarakterini aniqlaydi. 
Tasniflashning mana shu turiga modellarning bir sathli, pog„onali va ko„p 
sathli bo„linishi ham kiradi. Ayrim hollarda ishlab chiqarish boshlang„ich 
omillarining katta sonlarni hisobga olish va xususiy texnik-iqtisodiy ko„rsatkichlar 
orqali ularni samaradorlikning umumiy sintetik ko„rsatkichlariga ta‟sirini tekshirish 
xususiyati bilan ikkinchi sxema ustun turadi. 
Pog„onali, ko„p sathli modellar faqat turli darajadagi iqtisodiy aloqalarni aks 
ettirish uchun tuzilmay, balki turli davrlarga mansub bo„lgan iqtisodiy 
ko„rsatkichlarni modellashtirish bilan aniqlash uchun ham tuziladi. 
Modellarni tuzilishi bo„yicha tasniflash jarayonini modellar yordamida 
ifodalash va boshlang„ich axborotdan foydalanish xarakteri alomati bo„yicha 
tasniflashdan iborat. Birinchi xil alomat (belgi) bo„yicha ikki xil statistik modellarni 
ko„rsatish mumkin. Ular bashoratlarni tavsiflash va tushuntirish modellaridir. 
Tavsiflash modellari - o„zgaruvchan o„zaro aloqalarni eng yaxshi tarzda 
tavsiflaydigan regressiyalarni tenglashtirish modeli hisoblanadi. Bunday hollarda 
modellar parametri mazmundor ma‟noga ega bo„lmaydi. Mazkur parametrlar 
qiymatini belgilashda approksimatsiya, ya‟ni tavsiflanayotgan o„zgaruvchan kirish 
bilan tavsiflanayotgan chiqish o„rtasidagi statistik muvofiqlik barqarorlik vazifalari 
hal eiladi. 
Tavsiflash modellarini tuzish paytida ko„pincha belgilangan muddatdagi 
iqtisodiy ko„rsatkichlarning aralashma faktlaridan foydalaniladi. Bunday hollarda 
ko„rsatkichlar harakatidagi ketma-ketlik va aloqalar mavjudligi to„g„risidagi statistik 
ma‟lumotlar tadqiqotchilarni qiziqtiradi. 
Ko„pincha tavsiflash modellarini tuzish vaqtida iqtisodiy ko„rsatkichlarning 
aralash faktlaridan foydalaniladi. Bunday hollarda tadqiqotchilarni dalil sifatida 
tanlab olingan ko„rsatkichlar funksiyalarning o„zgarishiga sabab bo„lgan yoki 
bo„lmaganligi haqidagi statistik dalil qiziqtiradi. Tushuntirish - bashoratlash 
modelining nomi, uning milliy iqtisodiyotda qanday rol tutishini aniq tushuntiradi. 
Ular belgilangan faktlar majmui, gipotezalar o„rtasidagi muvofiqlikni aniqlaydi. 


35 
Bunday omillar - dalillarni taqqoslash asosida prognozlashtirilayotgan ko„rsatkich 
shakllanish mexanizmini o„rganish, ya‟ni sanoat obyekti rivojlanishining 
harakatlantiruvchi kuchlarini aniqlash masalasi turadi. 
Tushuntirish - bashoratlash modeli parametrlarini baholashda aynan 
tenglashtirish masalasi hal qilinadi. Masalaning mohiyati qandaydir to„g„ri keladigan 
statistik usullar yordamida chuqur ma‟noli farazlar asosida tuzilgan tenglamalarning 
noma‟lum parametrlarini qidirib topishdan iborat. Binobarin, identifikatsiya 
masalalarining approksimatsiya masalalaridan farqi shundaki, unda oldindan 
o„zgaruvchan bog„lanish tarkibi berilgan bo„ladi. 

Yüklə 6,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə