O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 6,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/117
tarix21.06.2023
ölçüsü6,89 Mb.
#118366
növüУчебное пособие
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   117
Ekonometrika Kaf 01.Ekonometrika asoslari 20ta

 
1.5.-rasm. Modellar turlari 
Ekonometrik usullar oddiy an‟anaviy usullarni inkor etmasdan, balki ularni 
yanada rivojlantirishga va obyektiv o„zgaruvchan natija ko„rsatkichlarini boshqa 
ko„rsatkichlar orqali muayyan tahlil qilishga yordam beradi. Ekonometrik usullarning 
va kompyuterlarning milliy iqtisodiyotni boshqarishda afzalliklaridan biri shundaki
MODELLAR TURLARI 
Moddiy modellar real ob‟-
ektlarni tabiiy va sun‟iy 
materiallar 
yordamida 
aks 
ettiradi: mel bilan doskaga 
yozish, karton bilan maket 
tuzish, qalam bilan formula 
yozish, metalldan aviamodel 
yasash. 
MODDIY MODELLAR
IDEAL MODELLAR
Ideal 
modellar 
odamni 
fikrlash 
jarayoni 
bilan 
chambarchas 
bog‟langandir. 
Bunday 
modellar 
bilan 
operatsiyalar miyada amalga 
oshiriladi. 


21 
ular 
yordamida 
modellashtiruvchi 
obyektga 
omillarning 
ta‟sirini, natija 
ko„rsatkichiga resurslarning o„zaro munosabatlarini ko„rsatish mumkin. Bu esa 
o„nlab tarmoqlar va minglab korxonalarda ishlab chiqarish natijalari va milliy 
iqtisodiyotni ilmiy asosda prognozlashtirish va boshqarishga imkon beradi. 
Ekonometrik modellash iqtisodiy ko„rsatkichlarni o„zgarish qonuniyatlarini, 
tendentsiyalarni aniqlash natijasida ekonometrik modellar yordamida iqtisodiy 
jarayonlarni rivojlanish va prognozlash yo„llarini belgilaydi. 
Iqtisodiy ma‟lumotlar dinamik qator yoki dinamik ustun ko„rinishida tuziladi, 
ya‟ni ular vaqt bo„yicha o„zgaradilar. Kuzatuvlar soni omillar sonidan 4-5 marta 
ko„proq bo„lishi kerak. 
Ekonometrik modellashtirish va modellarning ahamiyati quyidagilarda 
namoyon bo„ladi: 
1) Ekonometrik usullar yordamida moddiy, mehnat va pul resurslaridan 
oqilona foydalaniladi. 
2) Ekonometrik usullar va modellar iqtisodiy va tabiiy fanlarni rivojlantirishda 
etakchi vosita bo„lib xizmat qiladi. 
3) Ekonometrik usullar va modellar yordamida tuzilgan prognozlarni umumiy 
amalga oshirish vaqtida ayrim tuzatishlarni kiritish mumkin bo„ladi. 
4) Ekonometrik modellar yordamida iqtisodiy jarayonlar faqat chuqur tahlil 
qilibgina qolmasdan, balki ularning yangi o„rganilmagan qonuniyatlarini ham 
ochishga imkoni yaratiladi. Shuningdek, ular yordamida iqtisodiyotning kelgusidagi 
rivojlanishini oldindan aytib berish mumkin. 
5) Ekonometrik usullar va modellar hisoblash ishlarini avtomatlashtirish bilan 
birga, aqliy mehnatni engillashtiradi, iqtisodiy soha xodimlarining mehnatini ilmiy 
asosda tashkil etadi va boshqaradi. 
Asosiy ekonometrik usullar – bu matematik statistika usullari va ekonometrik 
usullar. 
Matematik statistika usullari - dispersion tahlil, korrelyatsiya tahlili, regressiya 
tahlili, omilli tahlil, indekslar nazariyasi. 


22 
Ekonometrik usullar - iqtisodiy o„sish nazariyasi, ishlab chiqarish funktsiyasi 
nazariyasi, talab va taklif nazariyasi. 
Ekonometrikani o„rganish jarayoni – bu iqtisodiyot, iqtisodiy jarayonlarning 
ekonometrik modellarini tuzish jarayonidir. 
Asosiy qo„llanadigan usuli – korrelyatsion-regression tahlil usuli. 
Ekonometrik modellashtirishquyidagi ilmiy yo„nalishlar kompleksidir: 
- iqtisodiy nazariya; 
- ehtimollar nazariyasi; 
- matematik statistika; 
- kompyuter texnologiyalari. 

Yüklə 6,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə