111
9-BOB. HAYOT SUG„URTASIDA AKTUAR HISOBLARNI AMALGA
OSHIRISH
9.1. Aktuariylar faoliyatiga umumiy tavsif
Aktuariy
- lotin tilidan tarjima qilganda hisobchi degan ma‘noni bildiradi.
Aktuar hisob-kitoblar nazariyasini o‗zlashtirib olgan sug‗urta
matematikasi
sohasidagi mutaxassis. U sug‗urta tariflarini hisoblash va metodologiyasini ishlab
chiqish, uzoq muddatli sug‗urta turlari bo‗yicha sug‗urta zahiralarini shakllantirish
bilan bog‗liq hisob-kitoblarni amalga oshirish bilan shug‗ullanadi. Hozirgi raytda
Angliyada aktuariylar instituti faoliyat ko‗rsatmoqda. Aktuariylarning xalqaro
uyushmasi mavjud.
Aktuariy maxsus vakolatli davlat organi tomonidan
belgilangan tartibda
aktuariy malaka sertifikatini olgan va aktuar tashkilot shtatida turgan yoki aktuar
tashkilot bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzgan jismoniy shaxsdir.
Aktuariy sifatsiz aktuar xizmatlarini ko‗rsatganlik, tijorat sirini yoki qonun
bilan qo‗riqlanadigan boshqa sirni oshkor qilganlik va aktuar tashkilotning zarar
ko‗rishiga olib kelgan o‗zga xatti-harakatlari natijasida
etkazilgan zarar uchun
aktuar tashkilot oldida javobgar bo‗ladi.
Aktuar tashkilot o‗z shtatida kamida bitta aktuariyga ega bo‗lishi kerak.
- sug‗urtalovchi sifatida sug‗urta va qayta sug‗urta qilish operatsiyalari
o‗tkazishga;
-s ug‗urta bo‗yicha vositachilik faoliyatini amalga
oshirishga;
- sug‗urtalovchilarning ustav fondlarida ishtirok etishga haqli emas.
Bugungi kunda O‗zbekiston sug‗urta bozorida quyidagi akturat tashkilotlar
ham mavjud bo‗lib ular riskni qay darajada ekanligini aniqlab kerakli tariff
stavkani hisoblab chiqishdi. Sug‗urta bozorida aktuar hissobchilarni o‗ni juda katta
desak xato bo‗lmaydi. Hozirda quidagi aktuar tashkilotlar mijozlarga o‗z
faoliyatini ko‗rsatib kelmoqdalar.
Aktuar hisob-kitoblar - sug‗urta tarifi stavkalarini
hisoblashning iqtisodiy-
matematik usullari yig‗indisi. Ushbu hisob-kitoblar katta sonlar qonuniga
112
asoslanadi. Aktuar hisob-kitoblarning
metodologiyasi, ehtimollar nazariyasi,
demografiya
qonuniyatlariga asoslanadi, tarif stavkasini miqdori sug‗urta
hodisalari ro‗y berishining ehtimoliyligiga bog‗liq.
Dostları ilə paylaş: