O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti


-rasm. Tijorat banklari investitsion kreditlari



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/19
tarix07.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#126277
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
tizhorat banklarini investitsion faoliyatini takomillashtirish

3-rasm. Tijorat banklari investitsion kreditlari
13
, (trln.so’m) 
2014 yil mobaynida korxonalarni modernizatsiya qilish, texnologik va 
texnik jihatdan qayta jihozlash maqsadlariga tijorat banklari tomonidan jami 8,5 
13
http://www.cbu.uz/uzc/node/45262 


45
trln. so’m yoki 2013 yilga nisbatan 1,2 barobar ko’p investitsion kreditlar 
ajratildi 
Tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotning real sektori korxonalarini 
kreditlashni to’laqonli ko’rib chiqish uchun kichik biznes faoliyatini kreditlash 
amaliyoti bilan tanishib chiqish kerak bo’ladi.
Kichik biznes sub’ektlari faoliyatini modernizatsiyalash, texnik va 
texnologik jihatdan qayta qurollantirish ularga banklar tomonidan beriladigan 
uzoq muddatli kreditlar hajmini oshirishni taqozo etadi. 
 
2.2. Tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bilan investitsion
operatsiyalarini amalga oshirish tartibi va tahlili 
Mablag’larni qimmatli qog’ozlarga investitsiyalash banklarga o’z 
aktivlarini diversifikatsiya qilish, bu bilan tavakkalchilikni pasaytirish va 
potentsial daromadlarni oshirish, shuningdek, bank mijozlari omonatlarini 
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar kapitallariga samarali investitsiyalash uchun 
safarbar 
qilish 
vositasida 
makroiqtisodiy 
jarayonlarni 
rivojlantirishni 
rag’batlantirish imkonini beradi.
Banklar investitsiyalari qo’yilgan har qanday 
korxona faoliyati monitoringi bo’yicha boshqarish tajribasiga ega bo’lishi shart, 
chunki investitsiyalarni amalga oshirishda prudentsial (oqilona) yondashuvni 
talab qiladigan investitsiyalar bilan bog’liq muayyan tavakkalchiliklar mavjud.
Banklar shuni anglashlari kerakki, ular korxona aktsiyalariga egalik qilib va 
unga kredit beradigan bo’lsalar qarzdor moliyaviy qiyinchilikka uchragan 
hollarda ham o’z investitsiyalarini himoyalash maqsadida kreditlashni davom 
ettirishga majbur bo’lishi mumkin. Bundan tashqari banklar moliyaviy 
hamjamiyatda o’z obro’sini himoya qilish uchun korxonaning moliyaviy 
barqarorligini qo’llab-quvvatlashga majbur bo’lishi mumkin. 
Qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishda banklar shuni 
inobatga olishlari lozimki, bank yo’qotishlari summasiga doir mavjud 
tavakkalchilik qisqa muddatli bo’lishiga qaramasdan, bu uning asosiy kapitaliga 
nisbatan juda yuqori bo’lishi mumkin. Bank qimmatli qog’ozlar emitenti 


46
bo’lgan qorxonaning bankrotlikka uchrashi tufayli zarar ko’rishi mumkin, biroq 
bunday yo’qotishlarning eng keng tarqalgan sababi qimmatli qog’ozlarning 
bozor qiymatini noto’g’ri baholash va ularni uzoq vaqt saqlashdir. Bunday ahvol 
bank obro’sining tushishi hamda uning ahvolining yomonlashuviga olib kelishi 
mumkin. Banklar Markaziy bank tomonidan beriladigan umumiy litsenziya 
asosida qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin. 
Litsenziyada banklar bajaradigan operatsiyalar ro’yxatida qimmatli qog’ozlar 
bilan amalga oshiriladigan faoliyat maxsus qayd etilishi lozim. 
Litsenziyada ko’rsatilgan operatsiyalar ro’yxatiga qimmatli qog’ozlar 
bilan olib boriladigan faoliyatning kiritilishi banklar tomonidan quyidagi 
hujjatlarning topshirilishi asosida amalga oshiriladi: 
- ariza; 
- Bankning investitsiya siyosati to’g’risidagi nizom; 
- Bankning emissiya siyosati to’g’risidagi nizom. 
Qimmatli qog’ozlar bilan faoliyatni amalga oshirish uchun beriladigan 
ariza quyidagi axborotni o’z ichiga olishi lozim: 
a) rejalashtirilayotgan faoliyat, siyosat va bank ushbu faoliyatni amalga 
oshirishda foydalanishni ko’zlayotgan tadbirlarning batafsil bayoni; 
b) bank kapitaliga nisbatan foizlarda ifodalangan ko’zda tutilayotgan 
foyda miqdori yoki ushbu faoliyatdan kutilayotgan foydaga; 
v) bunday faoliyat ustidan olib boriladigan ichki nazorat turlari va ularga 
nisbatan qo’yiladigan talablar; 
g) qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshiradigan shaxslar 
uchun bitimlar bo’yicha qarorlar qabul qilishga doir vakolatlar va cheklovlar; 
d) qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslarga 
nisbatan qo’yiladigan malaka talablari; 
e) bank ichki hisobini yuritish va hisobotlariga doir qo’llanma; 
j) qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalar monitoringi bo’yicha axborot 
tizimiga nisbatan qo’yiladigan talablar. 


47
Bank kengashi tomonidan tasdiqlangan Investitsiya siyosati to’g’risidagi 
nizomda quyidagi masalalar aks ettirilishi lozim: 
a) investitsiya strategiyasi va maqsadlari (masalan, foyda olish, bankning 
qimmatli qog’ozlar emitentini boshqarishdagi ishtiroki, likvidlikni saqlash, 
garov talablariga mos kelish va h. k.); 
b) bank mablag’larni investitsiyalashni rejalashtirayotgan qimmatli 
qog’ozlar turlari, investitsiyalarni amalga oshirish muddatlari; 
v) bank qaysi usullar bilan quyidagilarni rejalashtirmoqda: 
- emitentlar va ularning faoliyat sohalari bo’yicha aktsiyalarni jamlashni 
chegaralash; 
- qimmatli qog’ozlarga qo’yilmalar xavfsizligi va ularning sifatini 
baholash; 
- qimmatli qog’ozlar emitenti bo’lgan korxonalarning moliyaviy ahvoli va 
boshqarish tajribasini baholash; 
- investitsiyalar diversifikatsiyasini amalga oshirish va h.k. 
Bank kengashi tomonidan tasdiqlangan Emissiya siyosati (qimmatli 
qog’ozlar chiqarish) to’g’risidagi nizomda quyidagi masalalar aks ettirilishi 
lozim: 
a) emissiya faoliyati strategiyasi va maqsadlari (masalan, ustav kapitalini 
shakllantirish, likvidlikni saqlash, qarz mablag’larini jalb qilish va h.k.); 
b) bank chiqarishni rejalashtirayotgan qimmatli qog’ozlar turlari va 
ko’rinishlari, emissiya muddatlari; 
v) qimmatli qog’ozlar likvidligi va muomalada bo’lishini saqlab turish; 
g) qarz majburiyatlarining o’z vaqtida qoplanishini ta’minlash va h.k. 
Yuqorida qayd etilgan hujjatlar Markaziy bankning Tijorat banklariga 
litsenziyalar berish va ular faoliyatini tartibga solish departamentiga ikki 
nusxada topshiriladi. Markaziy bankning Qimmatli qog’ozlar departamenti 
Tijorat banklariga litsenziyalar berish va ular faoliyatini tartibga solish 
departamentining talabiga ko’ra ikki hafta muddat ichida qimmatli qog’ozlar 
bilan amalga oshiriladigan faoliyatni Markaziy bank litsenziyasiga kiritish 


48
imkoniyati to’g’risida yozma tarzda xulosa beradi. Qimmatli qog’ozlar 
departamentining xulosasi asosida Tijorat banklariga litsenziyalar berish va ular 
faoliyatini tartibga solish departamenti qimmatli qog’ozlar bilan amalga 
oshiriladigan faoliyatni Markaziy bank litsenziyasida ko’rsatilgan operatsiyalar 
ro’yxatiga kiritadi (kiritmaydi). 
Tijorat banklari qimmatli qog’ozlarni xarid qilish (davlat qimmatli 
qog’ozlari bundan mustasno) va yuridik shaxslarning ustav kapitalida ulushli 
ishtirok etishda quyidagilarga rioya etishlari shart: 
a) bankning muayyan yuridik shaxs ustav kapitaliga, shuningdek ushbu 
yuridik shaxsning boshqa qimmatli qog’ozlariga kiritgan investitsiyalari miqdori 
birinchi darajali bank regulyativ kapitalining 15 foizidan oshmasligi kerak;
b) bankning yuridik shaxslar ustav kapitaliga va boshqa qimmatli 
qog’ozlarga kiritgan investitsiyalari miqdori birinchi darajali bank regulyativ 
kapitalining 50 foizidan oshmasligi kerak; 
v) oldi-sotdi uchun qimmatli qog’ozlarga kiritilgan bank investitsiyalari 
miqdori birinchi darajali bank regulyativ kapitalining 25 foizidan oshmasligi 
kerak. 
Tijorat bankining boshqa banklarning ustav kapitalida ishtirok etishi (chet 
el kapitali ishtirokidagi banklar va sho’’ba banklarini tashkil etish hollari bundan 
mustasno), shuningdek tijorat bankining o’z ustav kapitalining o’n yoki undan 
ortiq foiz ulushiga ega bo’lgan yuridik shaxsning ustav kapitalida ishtirok etishi 
taqiqlanadi. 
Tijorat banki bevosita yoki bilvosita (sho’’ba korxonalar orqali) boshqa 
yuridik shaxs ustav kapitalining 26 foizidan ortiq qismiga egalik qila olmaydi, 
biroq quyidagi holatlar bundan mustasno: 
a) banklarning sug’urta va lizing tashkilotlari ustav kapitalidagi ishtiroki; 
b) banklarning nobank kredit tashkilotlari ustav kapitalida, shuningdek 
moliyaviy bozor infratuzilmasining bir qismi bo’lgan yoki banklarga axborot va 
maslahat xizmatlari ko’rsatadigan yuridik shaxslar ustav kapitalidagi ishtiroki; 


49
v) banklarning qimmatli qog’ozlar bozorida professional faoliyat 
yuritadigan yuridik shaxslar (tijorat banklarining ustav kapitalidagi ishtiroki 
bundan mustasno) ustav kapitalidagi ishtiroki; 
g) xususiylashtirilayotgan korxonalar aktsiyalarining 50 foizgacha 
miqdorini o’rnatilgan tartibda birlamchi bozordan xarid qilishdagi ishtiroki; 
d) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 18 noyabrdagi 
"Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada 
oshirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi PF-4053-sonli Farmoniga muvofiq 
auktsion va tanlov savdolarida tijorat banklariga mulk sifatida sotib olingan yoki 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 19 noyabrdagi F-4010-sonli 
Farmoyishi bilan tasdiqlangan "Auktsion va tanlov savdolarida iqtisodiy nochor 
korxonalarni tijorat banklariga sotish tartibi"ga muvofiq xo’jalik sudlari hal 
qiluv qarorlariga asosan likvidatsion qiymati bo’yicha kreditor bank balansiga 
olingan bankrot ishlab chiqarish korxonalari mulklari negizida tashkil etilgan 
korxonalar hamda bank investitsiyalarini boshqarish uchun ta’sis etiladigan 
boshqaruv kompaniyalari ustav kapitalidagi ishtiroki. 
Tijorat banklari muayyan yuridik shaxs ustav kapitalining 26 foizidan 
ortiq ulushini sotib olishda yoki bankning bevosita yoki bilvosita mazkur yuridik 
shaxs faoliyatiga katta ta’sir ko’rsatish imkonini beruvchi shartnoma tuzishda, 
Markaziy bankka yozma xabar berishlari shart. Tijorat banklariga, emitent - 
aktsiyadorlik jamiyatlari bilan ushbu jamiyat aktsiyalari bo’yicha "repo" 
bitimlarini amalga oshirish ta’qiqlanadi. Agar tijorat bankining investitsiya 
qilingan yoki investitsiya qilinishi rejalashtirilayotgan mablag’lari miqdori yoki 
emitent faoliyati tijorat banki omonatchilari, kreditorlari va aktsiyadorlari 
manfaatlariga zarar etkazishi mumkinligi yoki investitsiyalarni boshqarishda 
tijorat bankining tajribasi etarli emasligi aniqlansa, Markaziy bank har qanday 
yuridik shaxsning ustav kapitali yoki qimmatli qog’ozlariga tijorat banki 
tomonidan kiritiladigan investitsiyalar miqdoriga qo’shimcha cheklovlar 
belgilash huquqiga ega.


50
Garov huquqini amalga oshirish natijasida olingan qimmatli qog’ozlar 
bank tomonidan 2 oy muddat ichida sotilishi shart. 
Tijorat banklari investitsiya siyosatida qimmatli qog’ozlar emitenti 
bo’lgan yoki bank ustav kapitalida ishtirokchi bo’lgan yuridik shaxslarning 
moliyaviy ahvolini, boshqaruv tajribasini hamda qimmatli qog’ozlarning sifatini 
baholash mezonlari va uslublari aks ettirilishi shart. Investitsiya siyosatida, 
shuningdek bank aktivlarini qimmatli qog’ozlarga yo’naltirish shartlari 
belgilanishi lozim. Banklar qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalar bo’yicha 
nazoratni amalga oshirish uchun emitent to’g’risida etarli ma’lumotga ega 
bo’lishi lozim. Qimmatli qog’ozlar portfeli to’g’risidagi ichki hisobotlar 
qimmatli qog’ozlar turlari va tiplari bo’yicha bo’linishi, sifat reytingi, nominal 
va bozor qiymatini, xarid qilish va sotish sanasini, foiz stavkalarini, 
chegirmalarni, olingan dividendlarni (foizlarni), oldi-sotdi bitimlari bo’yicha 
olingan foyda to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olishi lozim. Bankning turli 
bo’linmalari o’rtasida majburiyatlarning mutanosib taqsimlanishi, shuningdek 
suiiste’molchilikning oldini olish uchun banklar tegishli ichki nazoratni amalga 
oshirishi zarur. Mazkur ichki nazorat quyidagilarni o’z ichiga olishi lozim: 
a) qimmatli qog’ozlarni xarid qilish yoki sotishni rasmiylashtirish 
bo’yicha hujjatlarni qabul qiluvchi, qayta ishlovchi xodimlar buxgalteriya 
operatsiyalarini amalga oshirmasligi, pul mablag’larini qabul qilmasligi, 
buxgalteriya o’tkazmalarini taqqoslash yoki tasdiqlash imkoniyatiga ega 
bo’lmasligi; 
b) buxgalteriya operatsiyalarini tayyorlash va amalga oshirishga mas’ul 
bo’lgan shaxslar qimmatli qog’ozlarni xarid qilish yoki sotishni rasmiylashtirish 
bo’yicha hujjatlarni qabul qilmasliklari yoki tasdiqlash maqsadida bitim 
natijalarini taqqoslash imkoniyatiga ega bo’lmasligi; 
v) barcha operatsiyalar hujjatlar bilan tasdiqlanishi hamda buxgalteriya 
yozuvlari va birlamchi hujjatlar bilan taqqoslanishi; 
g) agar, bank brokerlik faoliyatini bajarsa, u holda bank har bir mijoz 
uchun hisobvaraqlar ochishi va mijozning qimmatli qog’ozlari bilan amalga 


51
oshiriladigan barcha operatsiyalar bo’yicha qimmatli qog’ozlarning turlari, 
operatsiyalar sanasi, xarid qilingan/sotilgan qimmatli qog’ozlar narxi va miqdori 
ko’rsatilgan holda yozuvlar olib borishi lozim. 
Qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi banklar zarur 
monitoring va operatsiyalar amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta’minlovchi 
adekvat axborotni bank rahbariyatiga taqdim etish uchun keng qamrovli 
boshqaruv axborot tizimiga ega bo’lishi lozim. Qimmatli qog’ozlar portfeli 
bo’yicha ichki hisobotlar qimmatli qog’ozlar turlari va ko’rinishlari bo’yicha 
bo’linishni, sifat reytingi, nominal va bozor qiymatini, xarid qilish/sotish 
sanasini, foiz stavkalarini, imtiyozlarni, olingan dividend foizlarni, oldi-sotdi 
bitimlari bo’yicha foydani o’z ichiga olishi kerak. Bunday hisobot ham 
investitsiya qilingan qimmatli qog’ozlar, ham oldi-sotdiga mo’ljallangan 
qimmatli qog’ozlar bo’yicha muntazam ravishda tayyorlanishi lozim. Bankning 
turli bo’linmalari o’rtasida majburiyatlarning keraklicha taqsimlanishi, qarorlar 
qabul qilish hamda bitimlar turi va hajmiga doir cheklovlar belgilash bo’yicha 
vakolatlarning taqsimlanishi, shuningdek, suiiste’molchiliklarning oldini olish 
uchun banklar tegishli ichki nazoratni amalga oshirishi zarur. Bunday ichki 
nazorat, xususan, quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak: 
a) oldi-sotdi arizalarini qabul qiluvchi yoki qayta ishlovchi shaxslar 
buxgalteriya 
operatsiyalarini 
amalga 
oshirmasligi, 
pul 
mablag’lari, 
tasdiqnomalarni olmasligi yoki buxgalterlik o’tkazmalarini taqqoslamasligi 
lozim; 
b) buxgalterlik operatsiyalarini tayyorlash va amalga oshirish uchun 
mas’ul bo’lgan shaxslar oldi-sotdi arizalarini qabul qilmasliklari yoki tasdiqlash 
maqsadida bitim natijalarini taqqoslamasliklari zarur; 
v) barcha operatsiyalar hujjatlar bilan tasdiqlangan hamda birlamchi 
hujjatlar va buxgalterlik yozuvlari bilan taqqoslangan bo’lishi lozim; 
g) hisobvaraqlardagi qoldiqlar, kliring, to’lovlar bitimlar yoki buxgalterlik 
o’tkazmalariga jalb etilmagan xodimlar tomonidan muntazam ravishda 
taqqoslanishi va auditorlik tekshiruvlaridan o’tkazilishi kerak; 


52
d) agar bank brokerlik operatsiyalarini bajarsa, u har bir mijoz uchun 
hisobvaraqlar ochishi va mijozning qimmatli qog’ozlari bilan bajariladigan 
barcha operatsiyalari bo’yicha qimmatli qog’ozlarning turlari, operatsiyalar 
sanasi, sotilgan/ sotib olingan qimmatli qog’ozlar narxi va soni ko’rsatilagan 
holda yozuvlarni olib borishi lozim. 
Tijorat 
banklarining 
mamlakat 
qimmatli 
qog’ozlar 
bozorining 
shakllanishiga ortib borayotan e’tibori, milliy iqtisodiyotning investitsiyalarga 
bo’lgan tobora o’sib boruvchi extiyojlari bilan o’zviy bokliqdir, chunki ularsiz 
ijtimoiy ishlab chiqarishni chuqur qayta qurish, eksport salohiyatini o’stirish va 
aholining turmush darajasini oshirish mumkin emas. 

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə