O’zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat transport universiteti kafedra



Yüklə 2,36 Mb.
səhifə2/7
tarix26.10.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#132184
1   2   3   4   5   6   7
Kurs ishi (3)

Mundarija







Kirish

4

1. Umumiy holat

5

1.1 Stansiyalarda poezdlar harakatlanishini tashkil etish

5

1.2 Stansiyalarda qo’llaniladigan avtomatika va telemexanika tizimlari turlari

6

1.3. Kichik stansiyalar uchun releli markazlashtirishda marshrutlarni o’rnatish va yopish algoritmlari

10

2. Stansiyadagi qurilmalarni boshqarish va nazarot qilish uchun mikroprotsessorli tizimni ishlab chiqish

15

3. Poezdni qabul qilish marshruti algoritmining blok sxemasi va dasturi

21

4. Kontrollerning printsipial sxemasini ishlab chiqish

25

5. Xulosa

37

Adabiyotlar

38








Kirish
Poezdlar harakatini nazorat qiladigan mavjud tizimlar stansiya va peregonlarda releli uskunalarni qollashni nazarda tutadilar. O’z navbatida ishonchliligi jihatidan birinchi sinfga kiradigan relelar qo’llaniladi. Bunday holatlar katta sxemalarni, ko’p miqdorda moliyaviy va ishlab chiqarishdagi sarf xarajatlarni talab etadi. Kompyuterli markazlashtirish o’z o’rnida strelka va signallarni boshqaradigan stansion tizimlarning samaradorligini, hamda poezdlar harakatini nazorat qilish va boshqarish sifatini oshiradi.


  1. Umumiy holat
    1.1. Stansiyalarda poezdlar harakatlanishini tashkil etish

Temir yo’l liniyalari ajratuvchi punktlar yordamida peregonlarga bo’linadi.
Ajratuvchi punktlarga stansiyalar, razyezdlar, o’tkazish punktlari va yo’l postlari,
avtoblokirovka vaqtida esa yuqoridagilardan tashqari o’tish svetoforlari kiradi.
Ajratuvchi punktlarning mavjudligi uchastkaga masofalar bilan chegaralangan
holda (peregonlar yoki blokuchastkalar) bir nechta poezdlarni kiritish imkonini
beradi, bu esa harakat xavfsizligini ta’minlaydi va o’tkazuvchanlik qobiliyatini
oshiradi.
Stansiyalar deb, takomillashgan yo’l qurollari va boshqa uskunalarni o’z
ichiga olgan (1-rasm), shu bilan birga, qabul qilish, yuk operatsiyalarini amalga
oshirish, yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish, shuningdek, poezdlarni tashkil qilish va
tarqatish, ularni texnik ko’zdan kechirish, lokomotivlarni almashtirish,
harakatlanish sostavlarini tamirlash va hokazolarni amalga oshiruvchi ajratish
punktlariga aytiladi.

1-rasm.
Stansiya bo’yicha va stansiya ishlarida poezdlar harakatlanishini samarali


tashkil etish maqsadida stansiyalar uchastkalarga bo’linadi: strelkalangan
(masalan, 1SP, 3SP, 2SP, 4SP), strelkalanmagan (NAP, CHBP), shuningdek, qabul
qilishjo’natish yo’llari (1P, 2P, 3P). Barcha uchastkalar relsli zanjirlar bilan
qurollanadi.
Barcha stansiyalar yo’l rivojlanishining asosiy elementlariga quyidagilar
kiradi:
- strelkali o’tkazgichlar;
- kirish svetoforlari;
- chiqish svetoforlari;
- manyovrli svetoforlar;
- relsli zanjirlar.


Strelkali o’tkazgichlar poezdni u yoki bu yo’lga o’tkazish uchun xizmat
qiladi. Agarda poezdga strelka bo’yicha to’g’ri yo’nalish o’rnatilgan bo’lsa, strelka
musbat holatda, boshqa yo’nalishda o’rnatilgan bo’lsa, manfiy holatda deb
hisoblanadi. 1rasmda 1, 3, 4 strelkalar musbat holatda, 2strelka esa manfiy
holatda ekanligi ko’rsatilgan.
Kirish svetofori besh xonali ko’rsatkichga ega bo’lib, ular stansiyaga sostavni
kirishi mumkin yoki mumkin emasligi haqida malumot berishga mo’ljallangan.
Chiqish svetoforlari uch xonali ko’rsatkichga ega bo’lib, ular stansiyadan
poezdni chiqishi mumkin yoki mumkin emasligi haqida malumot byerishga
mo’ljallangan.
Manyovrli svetoforlar ikki xonali signalga ega bo’lib, stansiya ichida
manyovr qilayotgan lokomotiv harakatini yo’naltirishga mo’ljallangan.
Bizning mamlakatimiz va ham do’stlik davlatlari temir yo’llarida poezdlarni
raqamlash qabul qilingan bo’lib, u harakat yo’nalishini belgilash imkonini beradi.
Masalan, janubdan shimolga va g’arbdan sharqqa harakat qilayotgan poezdlar
raqamining oxirgi soni juft, boshqa yo’nalishda oxirgi soni toq bo’ladi.
Juft raqamli poezdlar keladigan tomondagi strelkalar juft tartib raqamini, toq
raqamli poezdlar keladigan tomondagi strelkalar toq tartib raqamini oladi.
Bir raqamni boshqa raqam bilan ajratuvchi chegarasi yo’lovchilar binosining
o’qi hisoblanadi.
Svetoforlar yo’l soni va poezdlar harakatining yo’nalishi bo’yicha
raqamlanadi. Masalan, J2, T3 va hokazo.
Normal holatda stansiya svetoforlarida qizil chiroq yonib turishi kerak.
Poezdlarni qabul qilishjo’natish jarayonlariga qarab stansiya svetoforlari, poezdlar
harakati xavfsizligini taminlagan holda muayyan faktorlarga bog’liq bo’ladi.


    1. Yüklə 2,36 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə