O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti mikro makro iqtisodiyot fanidan ma’ruzalar matni toshkent – 2013


- MAVZU: IShLAB ChIQARISh, TEXNOLOGIYA VA IShLAB



Yüklə 387,58 Kb.
səhifə28/108
tarix28.11.2023
ölçüsü387,58 Kb.
#134291
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   108
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t-fayllar.org

5- MAVZU: IShLAB ChIQARISh, TEXNOLOGIYA VA IShLAB 

ChIQARISh FUNKSIYASI 

Darsning o’quv maqsadi:

Talabalarda ishlab chiqarish va ishlab chiqarish funksiyasi,texnologiyalar, 

firmaning qisqa davrdagi faoliyati, uzoq muddatli ishlab chiqarish haqida 

tushuncha hosil qildirishdan iborat..

Tushunchalar va tayanch iboralar

Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish funksiyasi, mehnat, kapital, materiallar, 

texnologiya, ishlab chiqarish funksiyasi, doimiy resurslar, o‘zgaruvchan resurslar, 

qisqa muddatli davr, uzoq muddatli davr, qisqa muddatli ishlab chiqarish 

funksiyasi , uzoq muddatli ishlab chiqarish. 

Asosiy savollar 
1.

Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish funksiyasi, izokvantalar.


2.

Firmaning qisqa va uzoq muddatli ishlab chiqarish davrdagi faoliyati.


3.

Bir o‘zgaruvchan omil qatnashgandagi ishlab chiqarish


4.

Masshtab samarasi



1. 

Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish funksiyasi. 

Ishlab chiqarish - korxonalarining asosiy faoliyati turi bo‘lib, bu jarayon
cheklangan 
resurslardan
foydalangan 
holda
amalga

oshiriladi.


Ishlab

chiqariladigan mahsulot miqdori, ushbu tovarlarni ishlab chiqarish uchun


sarflanadigan resurslar hajmidan va ishlab chiqarishda foydalanilayotgan 
texnologiyaning holati va darajasiga bog‘liqdir.

Ishlab chiqarish - bu kerakli mahsulotlarni tayyorlash uchun ishchi
kuchidan, uskuna va texnologiyadan, tabiiy resurslardan hamda materiallardan 
ma’lum miqdordagi kombinatsiyada foydalanish jarayonidir. Masalan, o‘z
ustaxonasiga ega bo‘lgan shaxs stol ishlab chiqarish uchun ishchi kuchidan, xom 
ashyo sifatida taxta, temirdan, arra va boshqa uskunalarga sarflangan kapitaldan
foydalanadi. 
Ishlab chiqarishning an’anaviy jihatdan uch xil ko‘rinishga ajratish mumkin:
buyurtma asosida, ommaviy va oqim shaklida ishlab chiqarish.


Buyurtma asosida ishlab chiqarish – individual ravishda ishlab chiqarish
bo‘lib, o‘z sohasida yagona bir mahsulotni yuzaga chiqaradi. Bunda nafaqat san’at 
asari balki, yirik samolyot, bino, elektrostansiyalar ham misol bo‘la oladi. Bunday


ishlab
chiqarish 


malakali
mutaxassislarni 
va
zamonaviy 

texnika
va



texnologiyalarni talab etadi.

Ommaviy ishlab chiqarish – katta yoki kichik partiyada, ko‘p turdagi, bir
ko‘rinishdagi standart tovarlar ishlab chiqarishni ko‘zda tutadi.


Oqim shaklida, ya’ni uzluksiz jarayon shaklida ishlab chiqarish – xom-
ashyoni tinimsiz iste’mol qilish, materiallardan foydalanish va mahsulotlarning 
tinimsiz oqimi bilan izohlanadi. Bunga misol qilib, neft va gazni qayta ishlash
zavodlari, kimyo sanoati, sutni qayta ishlash zavodlarini misol keltirish mumkin.
Iqtisodiy resurslarni birlashtirish orqali tovar va xizmatlarni yaratish – ishlab
chiqarish texnologiyasi deyiladi.
U yoki bu texnologiyani tanlash ishlab chiqarish samaradorligiga bog‘liq.
Ishlab chiqarish samaradorligining iqtisodiy va texnologik turi mavjud.
Iqtisodiy samaradorlik firmaning ishlab chiqarish xarajatlari va daromadlari
o‘rtasidagi qiymat ko‘rinishidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadi.
Texnologik samaradorlik foydlanilayotgan resurslar va natural ko‘rinishda
olinayotgan mahsulot o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadi.
Ishlab chiqarish omillarini yiriklashgan uch guruhga bo‘lib qarash mumkin:


Yüklə 387,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə