O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov


-rasm.  Innovatsion faoliyat sxemasi



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/211
tarix29.11.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#138750
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   211
INNOVATSION MENEJMENT darslik 2018

 
1.3-rasm. 
Innovatsion faoliyat sxemasi
12
 
12
А. М. Мухамедьяров. Инновационный менеджмент: учебное пособие. Высшее образование. 2010


19 
Innovatsion faoliyat quyidigilarga bo‘linadi:
13
- izlanish; 
- texnologik tayyorlanish va ishlab chiqarishni tashkil qilish, bu yangi 
mahsulot ishlab chiqarish uchun tashkilotning texnologik bazasini yangilash 
deganidir; 
- ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, bu o‘z ichiga yangi texnologiyalarni 
qo‘llash uchun ishchilarni bilimini oshirishni, namuna mahsulotni ishlab 
chiqarishni qamrab oladi;
- yangi mahsulotni marketingini o‘tkazish, ya‘ni bozorni o‘rganish, yangi 
mahsulotni bozorga olib chiqish, mahsulotni turli xil bozorlarga moslashtirish va 
reklama; 
-yangi texnologiyalar sotib olish – ya‘ni nou – xau, patentlar, litsenziyalar; 
- ishlab chiqarishni loyihalashtirish. 
Innovatsiyalardagi kapital qo‘yilmalar bilan bog‘liq bo‘lgan innovatsion 
faoliyat innovatsion - investitsion faoliyat deyiladi. ―Innovatsion faoliyat‖ 
tushunchasiga biz bergan ta‘rifda keltirilgan xuddi shunday ta‘rif bilan juda yaqin. 
Innovatsion faoliyat butun bir ilmiy, texnologik, tashkiliy, moliyaviy va 
tijoriy tadbirlar majmuini ko‘zda tutadiki, ular birgalikda innovatsiyalarni keltirib 
chiqaradi. 
1.2.Innovatsion menejmentning mohiyati, maqsadi va vazifalari 
Innovatsion menejment iqtisodiyot fanining va kasbiy faoliyatning mustaqil 
sohasi bo‘lib, har qanday tashkiliy tuzilmaning moddiy, mehnat va moliyaviy
resurslardan oqilona foydalanish yo‘li bilan innovatsion maqsadga erishishni 
shakllantirish va ta‘minlashga qaratilgan. 
Nayman Rikover aytishicha : «Yangi mahsulot bozorda birdaniga qabul 
qilinmaydi, buning uchun sabr va Menedjment kerak»
14
Innovatsion menejment funksional menejmentning bir turi hisoblanadi. Uning 
bevosita obyekti xalq xo‘jaligining barcha sohalarida amalga oshiriladigan turli - 
13
А. М. Мухамедьяров. Инновационный менеджмент: учебное пособие. Высшееобразование. 2010- С.13.
14
Djek Traut, El Rays «Botton – up Marketing», 2012- p. 137. 


20 
tuman innovatsion jarayonlardir. Oldingi paragrafdan ko‘rinib turibdiki
innovatsion jarayonlar yetarli darajada o‘ziga xos, keng ko‘lamli, murakkab va 
mazmuniga ko‘ra turlicha bo‘lgan boshqaruv obyektidan iborat bo‘lib, samarali 
rivojlanish uchun boshqaruv orqali ta‘sir o‘tkazishning maxsus shakl va 
uslublaridan foydalanishni taqozo etadi. 
Mamlakat iqtisodiyotini tubdan isloh qilishning hozirgi sharoitida yangiliklar 
davlat boshqaruvi organlaridan tortib mayda korxonalargacha bo‘lgan barcha 
tuzilmalarning muhim va zarur elementiga, innovatsion menejmentning ilmiy 
uslublaridan foydalanish esa mamlakat rivojining, har qanday korxonaning faoliyat 
ko‘rsatishi va tijoriy muvaffaqiyatlarining muhim omiliga aylanib qolmoqda. 
―Innovatsion menejment‖ tushunchasining mazmunini kamida uch jihatdan 
ko‘rib chiqish mumkin: innovatsiyalarni boshqarish ilmi va san‘ati, faoliyat turi va 
innovatsiyalarda 
boshqaruv 
qarorlarini 
qabul 
qilish 
jarayoni 
hamda 
innovatsiyalarni boshqarish apparati(2-rasm). 
1.4-rasm. 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə