O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Mehnat unumdorligi va personal xarajatlarini tahlil etish



Yüklə 3,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/302
tarix06.06.2022
ölçüsü3,6 Mb.
#88945
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   302
A. B. Xayitov, A. M. Akbarov personalni (1)

Mehnat unumdorligi va personal xarajatlarini tahlil etish.
Faoliyat darajasini mehnat unumdorligini oshirish hisobiga ham, qo’shimcha 
ishchi kuchini yollash hisobiga ham oshirish mumkin. Inson resurslari unumdorligi 
va xarajatlari nuqgai nazaridan kompaniya investitsiyalarini oqilona joylashtirishni 
talab etadigan xohlagan boshqa sarmoyalari kabi ko’rib chiqish mumkin. 
Umuman olganda unumdorlik — xodimlarning 
muayyan sonidan 
foydalangan holda ishlab chiqarish mumkin bo’lgan tovarlar yoki xizmatlar hajmidir. 
Kompaniya doirasida unumdorlik: 

mahsulot birligi uchun sarflangan mehnat; 

mahsulot narxida sarflangan mehnatning salmog’i; 

har bir xodimga to’g’ri keladigan mahsulot sotish hajmi; 


85 

kishi soat birligiga to’g’ri keladigan ishlab chiqarilgan mahsulot; 

mehnat sarfining qo’shimcha qiymatga nisbatan (ishlab chiqarish 
xarajatlari bilan sotuv qiymati o’rtasidagi farq) foizi kabi ko’rsatkichlar yordamida 
aniklanadi. Olingan ma’lumotlarningtaxdili mehnatunumdorligini mexanizatsiyalash, 
avtomatlashtirish, boshqaruvni takomillashtirish yoki boshqa vositalar hisobiga 
umuman kompaniyada yoki uning bo’linmalarida oshirish zaruratini aniqlab beradi. 
 
Qisqacha xulosalar 
Personalni rejalashtirish — bu personalni rivojlantirish, uning kasbiy va 
malaka tarkibini hisobga olish, personalni umumiy va qo’shimcha extiyojini aniqlash, 
xodimlardan foydalanishni nazorat qilishga qaratilgan aniq maqsadga yo’naltirilgan 
faoliyatdir. 
Personalni 
rejalashtirishning 
mohiyati 
deganda 
kadrlarga 
ularning 
qobiliyatlari, qiziqishlari hamda ishlab chiqarish talablariga muvofiq zarur vaqtda va 
kerak bo’lgan miqdorda ish o’rni taqdim etish uchun shart-sharoitlar yaratishdan 
iboratdir. 
Personalni rejalashtirishning vazifalari quyidagilardan iborat: 

personalni rejalashtirishning tartibini rejalashtirish boshqa turlari bilan 
muvofiqlashtirilgan holda ishlab chiqarish; 

personalni rejalashtirishni korxona umumiy rejasi bilan bog’lash; 

kadrlar xizmati reja guruhi o’rtasida samarali o’zaro hamkorlik faoliyatini 
tashkil etish; 

korxona strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirishga ko’maklashadigan 
qarorlarni hayotga tatbiqetish; 

korxonani strategik rejalashtirishda kadrlar asosiy muam-molari va 
ehtiyojlarini anikdashga ko’maklashish; 

korxona 
barcha 
bo’limlari o’rtasida personal bo’yicha axborot 
ayirboshlashni yaxshilash. 
Personalni strategik rejalashtirish deganda muntazam asosda biznesni va uni 
rejalashtirish imkoniyatlarini o’rganish tushuniladi. Bunda, birinchi navbatda, yangi 
axborot texnologiyalari va moliya resurslari yordamida boshqariladigan alohida 
ishlab chiqarishning texnik vositalariga asoslaniladi. 

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə