O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 3,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/302
tarix06.06.2022
ölçüsü3,6 Mb.
#88945
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   302
A. B. Xayitov, A. M. Akbarov personalni (1)

Modellash 
— real vaziyatning tasviridir. Inson resurslari umumiy 
prognozlarini tayyorlash jarayonida modellash usullaridan foydalanish kadrlar 
qo’nimsizligining darajasini anglash, bashorat qilish va o’lchashga yordam beradi, 
shuningdek, xizmatda o’sishni baholashga dastak bo’ladi. Agar tashkilot 
komp’yuterlashgan axborot tizimiga ega bo’lsa, mavjud ma’lumotlar bankidagi 
axborotlardan katta hajmdagi ma’lumotlarni tez va chuqur tahlil etish uchun 
qo’llanish mumkin. 
Personal bo’yicha komp’yuterlashgan axborot tizimidan foyda-lanish uchun 
maxsus “Microprospect”, “IMS- Monitor”, “IMS- WASP”, “IMS- CAMPLAN 
modellaridan foydalanish tavsiya etiladi. Ulardan qo’llashda quyidagilarga e’tibor 
berish lozim: 
1.Ushbu modeldan nima uchun foydalanilmoqda, undan qanday natijalar 
kutilmoqda, unda qaysi prognozlarni aniqlash kerak? 
2.Ekstrapolyatsiya uchun ma’lumotlar bazasini yaratish maqsadida imkoniyat 
bor joylarda ma’lumotlar muvaqqat qatoridan foydalanish, ya’ni trendlarni tahlil 
etish. 
3.Ishchi kuchi tizimi to’g’risidagi taxminlarni shakllantirishda “Siz joriy 
amaliyotni davom ettiradigan bo’lsangiz nima ro’y beradi?” savolini qo’ying, so’ng 
“Bozor sharoitlarida, yangi texnologiyalarni qo’llashda yuz berishi mumkin bo’lgan 
o’zgarishlarni ko’rib chiqing” topshirig’ini bering. 
4.
Ma’lumotlar bazasini qismlarga bo’lish ko’proq aniqlik kiritish ehtimoli 
bo’lsa ham juda kichik raqamlarni qo’llash yolgon natijalarni keltirib chiqarishi 
mumkin. 
5.
Kadrlar qo’nimsizligi to’g’ri.sidagi ma’lumotlar bo’yicha taxminlarning 
to’g’riligiga ishonch hosil qilish uchun ularni boshqa kompaniyalarning xuddi 
shunday ma’lumotlari bilan taqqoslab ko’ring. 
6. Birinchi navbatda, modeldan ma’lumotlar chiqarayotganda eng asosiy 
natijalarni, ayniqsa ishchi kuchi tarkibidagi o’zgarishlar, favqulodda katta va kichik 
oqimlarni izlab toping. 

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə