|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universitetiQi
)
deb
nomlanadigan ko’rsatkichdan foydalaniladi:
Muayyan davr (odatda 1yilda)ishdan bo’shaganlar x 100%A. B. Xayitov, A. M. Akbarov personalni (1)Qi
)
deb
nomlanadigan ko’rsatkichdan foydalaniladi:
Muayyan davr (odatda 1yilda)ishdan bo’shaganlar x 100%
Ushbu davr davomida xodimlarning o’rtacha soni (4.4)
Mazkur usul soddaligi tufayli keng qo’llaniladi. Bunga misol tariqasida
quyidagi hisob-kitobni keltirish mumkin. Aytaylik, oxirgi yilda 150 malakali
ishchidan 30 tasi ishdan bo’shab ketgan bo’lsa, qunimsizlik darajasi 20 foizni (30 x
100/150 = 20) tashkil etadi. Bu me’yor butun kompaniya uchun hisoblansa ham katta,
ham kichik ish stajiga ega hamma xodimlar uchun bir xil bo’ladi. Ikkinchi tomondan,
bu 20 foizlik me’yor atigi 20 ishchi o’ringa ega bo’linmaga taalluqli bo’lsa, mutlaqo
boshqa manzarali natija hosil bo’ladi. Agar bu ikki xil holat zarur darajada hisobga
olinmasa ishchi kuchiga kelajakdagi ehtiyojlarni bashorat qilishda jiddiy xatolarga
yo’l qo’yiladi. Qo’nimsizlik darajasini aniqlashni ham mukammal deyish qiyin.
Chunki, xodimlarning o’rtacha yillik soniga asoslanib aniqlangan foiz hisobot davri
mobaynida ishga yollanganlar soni sezilarli darajada ko’paygan avvalgi tendensiyalar
ko’rsatkichi bo’lmasa, xatoliklarga yo’l qo’yiladi.
Bu chalkashliklar ro’y bermasligi uchun barqarorlik indeksidan (
Bi
,) ham
foydalaniladi. U quyidagicha hisoblanadi:
1 yil va undan ko’proq ish stajiga ega xodimlar soni
Bu yildan avval yollangan xodimlar soni (4.5)
Ushbu indeks tahlili ish staji ko’proq bo’lgan xodimlar kompaniyada ishda
qolishini, ya’ni ish bilan bandlik uzluksizligini ifodalaydi. Ammo bu usul ham
chalkashliklarga olib kelishi mumkin. Chunki, unda turli holatlar — ish staji katta
bo’lgan xodimlar salmog’i yuqori tashkilot yoki bo’linmalar bilan personalning
asosiy qismi kam ish stajiga ega korxonalar farqlanmaydi.
Barqarorlik
indeksidagi
bu
kamchiliklar
ishdan
bo’shatilayotgan
xodimlarning ish staji tahlil etilsa (4.3-jadval) qisman bartaraf etiladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|