78
Strategik rejalashtirish faoliyatining o’zaro bog’liq yo’nalishi yuqoridagi 4.9 -
rasmda mujassamlashgan.
Va nihoyat uchinchi qadam “ishni qanday amalga oshirish kerak?”
degan
savolga javob topishdir. Bu ko’p jihatdan tadbirkorlik konsepsiyasiga bog’liqdir.
Ushbu konsepsiyaning asosiy mezonlari quyidagidan iborat:
—
soha turlari (mahsulotlar, bozorlar, texnologiyalar);
—
mamlakat ichkarisidagi va chet ellardagi maqsadli guruhlar (mijozlar, mol
etkazib beruvchilar, hokimiyat, birlashmalar va boshqalar);
—
iqtisodiy maqsadlar (pul tushumi,
aylanmadagi daromad,
umumiy
sarmoyadan daromad va boshqalar);
—
madaniyat ko’lamlari va jamoat majburiyatlari;
—
assortiment siyosati (taklif ko’lami va chuqurligi);
—
narxlar va sifat sohasidagi siyosat;
—
kommunikatsiya siyosati (jamoatchilik
bilan ishlash, reklama,
mahsulot
sotishni rag’batlantirish);
—
mahsulot sotish sohasidagi siyosat;
—
mahsulot sotib olishdagi siyosat.
Dostları ilə paylaş: