76
texnologiyani joriy etish, korxonani qayta jihozlantirish loyihalariga ega emas.
Biroqushbu loyihalarni ishlab chiqish vaqtida butun diqqat e’tibor korxonani
tashkiliy-texnikaviy qayta jihozlantirishga qaratilish kerak. Ana shu rejalashtirilgan
mukammal texnika vositalarini ishlatadigan, yangi texnologiyalarni joriy etadigan
personal masalalari esa panada qolmoqda.
Personalni rejalashtirishda ishchi kuchiga ehtiyoj markaziy masaladir. Biroq
tashkilotlar nafaqat personalning sifat ko’rsatkichlari, hatto mikdor ko’rsatkichlariga
ham ehtiyoj to’g’risida to’liq tasavvurga ega emaslar.
Bugungi globallashuv sharoitida korxonani barqaror rivojlantirish, ishlab
chiqarish samaradorligiga erishish, ichki va tashqi bozorda muvaffaqiyatli
raqobatlashish personal bilan ishlashni, shu jumladan, uni rejalashtirishni tubdan
takomillashtirishni qat’iy talab etmoqda.
4.3. Personalni strategik rejalashtirish
Bu masalada strategik rejalashtirishning
klassik
va
zamonaviy
uslublariga
aniqlik kiritish talab etiladi.
Klassik strategik rejalashtirish
quyidagi tartibda amalga oshiriladi: avval
maqsad belgilanadi, so’ng uni amalga oshirish uchun maqbul strategiya (yo’l)
izlanadi va pirovardida buning uchun zarur resurslar (vositalar) aniqlanadi.
Bir qarashda mantiqan tuyulgan strategik rejalashtirishning bu usuli tashqi
muhit (bozordagi vaziyat, raqobat, texnologiyalar va hokazolar) o’zgarmas, barqaror
bo’lishiga asoslangan. Ammo real voqelik bu tasavvurlarni mutlaqo o’zgartirib
yubormoqda. Globallashuv, raqobatning keskinlashishi bilan bir qatorda bugungi
kunda texnika taraqqiyotining yuksak sur’atlarda o’sishining o’zi rejalarga prinsipial
jihatdan
o’zgartirishlar
kiritishni
hayotiy
zaruratga
aylantirmoqda.
Dostları ilə paylaş: