O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-rasm. Personalni rejalashtirishdagi o’zaro bog’liqliklar



Yüklə 3,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/302
tarix06.06.2022
ölçüsü3,6 Mb.
#88945
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   302
A. B. Xayitov, A. M. Akbarov personalni (1)

4.7-rasm.
Personalni rejalashtirishdagi o’zaro bog’liqliklar 


76 
texnologiyani joriy etish, korxonani qayta jihozlantirish loyihalariga ega emas. 
Biroqushbu loyihalarni ishlab chiqish vaqtida butun diqqat e’tibor korxonani 
tashkiliy-texnikaviy qayta jihozlantirishga qaratilish kerak. Ana shu rejalashtirilgan 
mukammal texnika vositalarini ishlatadigan, yangi texnologiyalarni joriy etadigan 
personal masalalari esa panada qolmoqda. 
Personalni rejalashtirishda ishchi kuchiga ehtiyoj markaziy masaladir. Biroq 
tashkilotlar nafaqat personalning sifat ko’rsatkichlari, hatto mikdor ko’rsatkichlariga 
ham ehtiyoj to’g’risida to’liq tasavvurga ega emaslar. 
Bugungi globallashuv sharoitida korxonani barqaror rivojlantirish, ishlab 
chiqarish samaradorligiga erishish, ichki va tashqi bozorda muvaffaqiyatli 
raqobatlashish personal bilan ishlashni, shu jumladan, uni rejalashtirishni tubdan 
takomillashtirishni qat’iy talab etmoqda. 
4.3. Personalni strategik rejalashtirish 
Bu masalada strategik rejalashtirishning 
klassik 
va 
zamonaviy 
uslublariga 
aniqlik kiritish talab etiladi. 
Klassik strategik rejalashtirish 
quyidagi tartibda amalga oshiriladi: avval 
maqsad belgilanadi, so’ng uni amalga oshirish uchun maqbul strategiya (yo’l) 
izlanadi va pirovardida buning uchun zarur resurslar (vositalar) aniqlanadi. 
Bir qarashda mantiqan tuyulgan strategik rejalashtirishning bu usuli tashqi 
muhit (bozordagi vaziyat, raqobat, texnologiyalar va hokazolar) o’zgarmas, barqaror 
bo’lishiga asoslangan. Ammo real voqelik bu tasavvurlarni mutlaqo o’zgartirib 
yubormoqda. Globallashuv, raqobatning keskinlashishi bilan bir qatorda bugungi 
kunda texnika taraqqiyotining yuksak sur’atlarda o’sishining o’zi rejalarga prinsipial 
jihatdan 
o’zgartirishlar 
kiritishni 
hayotiy 
zaruratga 
aylantirmoqda. 

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə