77
rejalashtirish imkoniyatlarini o’rganishdir (4.8- rasm). Bunda birinchi o’ringa yangi
axborot texnologiyalari va moliya resurslari yordamida boshqariladigan alohida
yshlab chiqarishning texnik vositalariga asoslangan yo’llarni izlab topish chiqmoqda.
Masalan, so’nggi 20 yil ichida texnika vositalari — mashina-uskunalar,
komp’yuterlar va boshqalar uchun ammortizatsiya davri keskin qisqardi. Shuning
uchun zamonaviy strategik reja-lashtirish endilikda moliyaviy mablag’larni tashkilot
rahbariyati darajasida qayta taqsimlashni bildirmaydi.
Mavjud vaziyatni baholash va strategik muammolarga aniqlik kiritish
zamonaviy strategik rejalashtirishda birinchi qadam hisoblanadi. Bu bosqichda
quyidagi savollarga javob topish kerak:
—
bozordagi o’zgarishlar qanday namoyon bo’lmoqda?
—
korxonaning kuchli va ojiz tomonlari (umuman korxona, uning ishchanlik
faolligi, foyda, bo’limlar, guruxdar, sarmoya, mashina-uskunalar va ishlab
chiqarishning boshqa vositalari) nimada?
—
ishlab chiqarishni kengaytirish (korxona sotib olish, yangilarini ta’sis etish,
mavjud ishchanlik faoliyatini intensifikatsiyalash) imkoniyatlari mavjudmi?
—
bozor bugungi kunda qanday va kelajakda u qanaqa ko’rinishda bo’ladi?
Dostları ilə paylaş: