O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 3,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/302
tarix06.06.2022
ölçüsü3,6 Mb.
#88945
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   302
A. B. Xayitov, A. M. Akbarov personalni (1)

1. Talabni prognoz qilish 
— bu yo’nalishda prognoz qilish san’ati 
bozorning rivojlanishi tendensiyalari va ularning personalga bo’lgan ehtiyojini 
raqobatchilardan ilgariroq aniqlash qobiliyatida namoyon bo’ladi. SHu holdagina 
tashkilot mahsulotiga prognoz qilinayotgan talabning oshishini hisobga olib 
raqobatchilardan avval yuqori malakali ishchi kuchini jalb etish mumkin. Mazkur 
vazifani inson resurslari bo’yicha hamda bozor dinamikasini tadqiq etish bilan 
mashg’ul marketing bo’yicha mutaxassislarning o’zaro qalin hamkorlik qilishlari 
orqali muvaffaqiyatli hal etish mumkin. 
Korxonaning 
ishchi 
kuchi 
ehtiyojiga 
ta’sir 
ko’rsatuvchi omillar 
dinamikasini anglash inson resurslarini prognoz qilishning asosi hisoblanadi. Bu 
prognozning xilma-xil — eng oddiylaridan juda murakkab, ko’p omilli 
modellarigacha mavjuddir. 
Ekstrapolyatsiya 
— eng sodda va ko’p qo’llaniladigan uslub bo’lib, 
bugungi vaziyat (nisbat) asosida kelajakni belgilashdan iboratdir (4.2- jadval). 
4.2-jadval 
Ekstrapolyatsiyali prognoz 
 
Yillar 
Personal miqdori 
Nisbat 
(nazorat:ishchi) 
Ishchilar 
Nazoratchilar 
Amalda 
-3 
-2 
So’nggi yil 
1500 
1800 
2000 
150 
180 
180 
1:10 
1:10 
1:10 
Prognoz 
Keying yil 
+2 
+3 
2200 
2500 
2750 
200 
210 
230 
1:11 
1:12 
1:12 


79 
Ushbu usulning jozibadorligi uning hammabopligidadir. Lekin ushbu uslubda 
korxona rivojlanishidagi hamda tashqi muhitdagi o’zgarishlarni hisobga olib 
bo’lmaydi. Shu sababli ekstrapolyatsiya qisqa muddatli rejalashtirish va barqaror 
tarkib bilan barqaror muhitda faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar uchun qo’l keladi. 
Ko’pgina 
korxonalar 
esa 
ekstrapolyatsiyaning 
xodimlari 
miqdor 
ko’rsatkichlaridagi o’zgarishlar (mehnat unumdorligining)ni hisobga oladigan aniqlik 
kiritilgan usulidan foydalanadilar. 
Sanoat kompaniyasi uchun asosiy ko’rsatkich ishlab chiqarish byudjetidir. Bu 
byudjet korxona tomonidan sotilishi ko’zlangan umumiy mahsulotni yoki korxona 
bo’linmalari tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar hajmini hisoblash asosida 
shakllantiriladi. Ish vaqti me’yorlaridan foydalangan holda ish vaqti byudjeti 
chiqariladi. So’ng har bir mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan ish vaqti 
rejalangan ish vaqti hajmiga ko’paytirilib belgilangan davr uchun reja ish vaqti fondi 
chiqariladi. Olingan ish vaqti fondi bir xodimga bo’linadi va personalning zarur 
miqdori aniqlanadi. Ushbu hisobning eng soddalashtirilgan ko’rinishi quyidagichadir: 
Yillik mahsulot ishlab chiqarish rejasi — 20 ming dona 
Ish vaqti me’yori — 5 soat 
Yillik ish vaqti fondi rejasi — 100 ming soat 
Bir ishchining ish vaqti fondi (o’rtacha ish vaqtidan ortiqcha ishlangan vaqt, 
progullar, ishda bo’sh turib qolishlar hisobga olinganda) — 2 ming soat 
Talab etiladigan asosiy ishchilar — 50 kishi 
Talab prognoz qilishda ekspert baholaridan ham foydalaniladi. U inson 
resurslariga ehtiyojni aniklashda mutaxassislar fikridan foydalanishga asoslangan. 
Korxonada bunday mutaxassislar asosiy bo’linmalar rahbarlari hisoblanadilar. 
Personalni boshqarish xizmati ular baholarini to’plash va umumlashtirish bilan 
shug’ullanadilar. Ushbu uslubning afzalligi bu ishda quyi rahbarlarning ishtirokidir. 
Ularning tajriba va bilimlari rejalashtirishga qo’shimcha nufuz qo’shadi. Ammo bu 
o’rinda ekspert baholarini to’plash va qayta ishlash ko’p vaqt talab etishini, 
shuningdek, baholar sub’ektiv fikrlarni bildirishini hisobga olish kerak. 

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə