O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Personalni jalb etish (ishga qabul qilish)ni rejalashtirishda



Yüklə 3,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/302
tarix06.06.2022
ölçüsü3,6 Mb.
#88945
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   302
A. B. Xayitov, A. M. Akbarov personalni (1)

Personalni jalb etish (ishga qabul qilish)ni rejalashtirishda 
quyidagilar 
hisobga olinishi lozim: 

talab etilayotgan miqdor, jalb etish muddatlari; 

taklifdagi alohida muammolar va ularni bartaraf etish vositalari; 

jalb etish dasturi. 
Personalni jalb etishda ikki imkoniyatdan foydalaniladi: 
1. Kompaniya yoki firmaning o’z xodimlarini jalb etish. Ular ish vaqtiga 
qo’shimcha vaqtda ishga jalb etilishi, malaka jihatdan rivojlantirilishi, boshqa ishga 
o’tkazilishi mumkin. Bu usul samarali hisoblanadi. Chunki, personal bu holda o’z 
korxonasida qobiliyati, malakasi, bilimi, tajribasini to’laroq namoyon etishi, xizmat 
lavozimida ko’tarilish imkoniyatiga egaligidan o’z ishiga, xizmat vazifasiga yanada 
mas’uliyatliroq, tashabbuskorlik bilan yondashadi. Natijada, ularning ish va xizmat 
vazifasidan qoniqishi ortadi, bu mehnat unumdorligini oshirishga, kadrlar 
qo’nimsizligini kamaytirishga xizmat qiladi. 
2. Xodimlarni chetdan jalb etish. Bu masalada korxona personali xizmati 
bandlikka ko’maklashish markazlari bilan qalin hamkorlikda faoliyat ko’rsatishlari 
talab etiladi. Shuningdek, ta’lim muassasalari o’quvchi yoshlari ham bo’lajak ishchi 
kuchi manbai hisoblanadilar. 
Personaldan foydalanishni va uni qisqartirishni rejalashtirish. 
Buning 
uchun bo’sh turgan shtat lavozimlarini to’ldirish dasturini ishlab chiqish kerak. Bu 
ishda xodimlar malakasi, tajribasi bilan bir qatorda ularning psixologik, jismoniy 
imkoniyatlarini e’tiborga olish kerak bo’ladi. Ana shu masalalarni yodda tutish kasb 
kasalliklari, ishlab chiqarish jarohatlari, nogironlikning oldini olishda muhim 
ahamiyatga ega. 
Personaldan foydalanishni rejalashtirishda yoshlar, keksalar hamda mehnat 
faoliyati cheklangan insonlarni ish bilan ta’minlash masalasi diqqat markazida turishi 
darkor. Buning uchun tashkilotda ushbu toifa personaliga ular imkoniyatlaridan kelib 
chiqqan holda tegishli ish joylari zaxiralarini yaratish lozim bo’ladi. 
Mazkur turdagi rejalashtirishda personalni qisqartirish masalasini ham hal 
etish talab qilinadi. Eng avvalo, kim, qaerdan va qachon qisqartirilishi belgilab 
olinishi kerak. Ayni paytda, qisqartirilgan xodimga yangi ish topishda ko’maklashish 
chora-tadbirlari ko’rilishi lozim. Bunday ishdan qisqartirilgan xodimlarga amaldagi 
mehnat qonunchiligi va me’yoriy xujjatlarga asosan tegishli to’lovlarni amalga 
oshirish, qisqartirishni kasaba uyushmalari, boshqa tashkilotlar bilan kelishish ham 
talab etiladi. 


74 

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə