|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universitetiPersonalni o’qitishni rejalashtirishdaA. B. Xayitov, A. M. Akbarov personalni (1)Personalni o’qitishni rejalashtirishda:
—
talab etiladigan o’quvchilar soni;
—
o’qitish yoki qayta o’qitish talab etilayotgan xodimlar soni;
—
yangi kurslar ochish yoki mavjudlarida o’qitishni tashkil etish uchun
xarajatlar;
— mavjud xodimlarni qayta o’qitish hisobga olinishi kerak.
Personal tarkibini saqlab qolishni rejalashtirishda
ijtimoiy infratuzilmani
rivojlantirish alohida ahamiyatga ega. Mehnat sharoitiga bevosita taallukli bo’lgan bu
tizim (ta’lim muassasalari, tibbiy xizmat, mehnat psixologiyasi xizmati, oshxonalar,
sport-sog’lomlashtirish shoxobchalari) hamda ijtimoiy shart-sharoitlar (ish vaqtining
davomiyligi, mehnatni rag’batlantirish tamoyillari va tizimini ishlab chiqish,
baholash mezonlarini aniqlash va boshqalar) xodimlarning keng doirasiga taalluqli
bo’lganligi sababli, personalni rejalashtirishning bu tarkibiy qismi bilan alohida
shug’ullanish maqsadga muvofiqdir. Chunki, rejalashtirishning barcha boshqa turlari
qisman ana shu infratuzilmalarga tayanadi, bu mehnat sharoitlari va mehnat
munosabatlarining hal qiluvchi bo’g’inidir.
Personalga yo’naltirilgan sarf-xarajatlarni rejalashtirishning
ahamiyati
to’g’risida ortiqcha gapirmasa ham bo’ladi. Korxona rahbariyati tomonidan qaror
qabul qilishda markaziy o’rinni xarajatlar egallaydi. Yuqori samara bilan faoliyat
ko’rsatayotgan barcha kompaniya va firmalarning tajribasi inson resurslari, personal
uchun sarf-xarajatlar (o’qitish, malaka oshirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash va
boshqalar) juda muhimligidan yaqqol dalolat beradi.
Mehnat unumdorligini rejalashtirish
quyidagilarni ko’zlaydi:
1. Mehnat unumdorligini oshirish yoki personal xarajatlarini kamaytirishga:
—
tarkibiy omillar;
—
boshqaruvni va mehnatni tashkil etishni takomillashtirish;
—
ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish: mexanizatsiyalash yoki
avtomatlash, o’qitish;
—
moddiy rag’batlantirish (ish yakuni bo’yicha to’lovlar, mukofotlar, foyda
taqsimotida ishtirok etish) omillaridan foydalanish;
—
mehnatga qiziqtirishni kuchaytirish orqali erishish.
2. Mehnat unumdorligi yoki samaradorligi maqsadlariga:
—
ish haqi yoki personalga barcha xarajatlarning mahsulot sotishdan
tushadigan daromadga nisbatini kamaytirish;
—
har bir xodim hisobiga sotuv hajmini ko’paytirish;
—
sof foydaning ish haqi xarajatlariga nisbatini yaxshilash;
—
ish haqi xarajatlarini mahsulot birligiga nisbatini kamaytirish;
—
me’yorlangan ish vaqtining amaldagi ish vaqtiga nisbatini yaxshilash orqali
erishish ko’zda tutiladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|