O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Personalni o’qitishni rejalashtirishda



Yüklə 3,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/302
tarix06.06.2022
ölçüsü3,6 Mb.
#88945
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   302
A. B. Xayitov, A. M. Akbarov personalni (1)

Personalni o’qitishni rejalashtirishda:

talab etiladigan o’quvchilar soni; 

o’qitish yoki qayta o’qitish talab etilayotgan xodimlar soni; 

yangi kurslar ochish yoki mavjudlarida o’qitishni tashkil etish uchun 
xarajatlar; 
— mavjud xodimlarni qayta o’qitish hisobga olinishi kerak. 
Personal tarkibini saqlab qolishni rejalashtirishda 
ijtimoiy infratuzilmani 
rivojlantirish alohida ahamiyatga ega. Mehnat sharoitiga bevosita taallukli bo’lgan bu 
tizim (ta’lim muassasalari, tibbiy xizmat, mehnat psixologiyasi xizmati, oshxonalar, 
sport-sog’lomlashtirish shoxobchalari) hamda ijtimoiy shart-sharoitlar (ish vaqtining 
davomiyligi, mehnatni rag’batlantirish tamoyillari va tizimini ishlab chiqish, 
baholash mezonlarini aniqlash va boshqalar) xodimlarning keng doirasiga taalluqli 
bo’lganligi sababli, personalni rejalashtirishning bu tarkibiy qismi bilan alohida 
shug’ullanish maqsadga muvofiqdir. Chunki, rejalashtirishning barcha boshqa turlari 
qisman ana shu infratuzilmalarga tayanadi, bu mehnat sharoitlari va mehnat 
munosabatlarining hal qiluvchi bo’g’inidir. 
Personalga yo’naltirilgan sarf-xarajatlarni rejalashtirishning
ahamiyati 
to’g’risida ortiqcha gapirmasa ham bo’ladi. Korxona rahbariyati tomonidan qaror 
qabul qilishda markaziy o’rinni xarajatlar egallaydi. Yuqori samara bilan faoliyat 
ko’rsatayotgan barcha kompaniya va firmalarning tajribasi inson resurslari, personal 
uchun sarf-xarajatlar (o’qitish, malaka oshirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash va 
boshqalar) juda muhimligidan yaqqol dalolat beradi. 
Mehnat unumdorligini rejalashtirish 
quyidagilarni ko’zlaydi: 
1. Mehnat unumdorligini oshirish yoki personal xarajatlarini kamaytirishga: 

tarkibiy omillar; 

boshqaruvni va mehnatni tashkil etishni takomillashtirish; 

ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish: mexanizatsiyalash yoki 
avtomatlash, o’qitish; 

moddiy rag’batlantirish (ish yakuni bo’yicha to’lovlar, mukofotlar, foyda 
taqsimotida ishtirok etish) omillaridan foydalanish; 

mehnatga qiziqtirishni kuchaytirish orqali erishish. 
2. Mehnat unumdorligi yoki samaradorligi maqsadlariga: 

ish haqi yoki personalga barcha xarajatlarning mahsulot sotishdan 
tushadigan daromadga nisbatini kamaytirish; 

har bir xodim hisobiga sotuv hajmini ko’paytirish; 

sof foydaning ish haqi xarajatlariga nisbatini yaxshilash; 

ish haqi xarajatlarini mahsulot birligiga nisbatini kamaytirish; 

me’yorlangan ish vaqtining amaldagi ish vaqtiga nisbatini yaxshilash orqali 
erishish ko’zda tutiladi. 

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə