O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti Qurilishni boshqarish fakulteti Iqtisodiyot nazariyasi fanidan Tovar ishlab chiqarish mavzusida qilgan tadqimoti



Yüklə 147,07 Kb.
səhifə1/13
tarix07.06.2022
ölçüsü147,07 Kb.
#89011
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Tovar ishlab chiqarish

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti Qurilishni boshqarish fakulteti Iqtisodiyot nazariyasi fanidan Tovar ishlab chiqarish mavzusida qilgan tadqimoti

Bajardi: 48-21 mo’ guruh talabasi Abdullayeva Zulayho

Tekshirdi:

Mavzu: Tovar ishlab chiqarish .

Reja:

Natural xo’jalik - tovar xo’jaligining moddiy asosi

  • Natural xo’jalik umumiy iqtisodiy ishlab chiqarishning tarixan birlamchi shakli bo’lib, u xo’jalik ichki ehtiyojlarini, ya’ni ishlab chiqaruvchilarning o’z shaxsiy extiyojlarini qondirishga yo’naltirilgan ijtimoiy xo’jalikning dastlabki shakli xisoblanadi. Bunday xo’jalik ibtidoiy industrial taraqqiyot davrigacha xukmron bo’lib kelgan. Xozirgi davrda esa ayrim davlatlarda bir qadar salmoqli o’rinni egallab kelmoqda. Natural xo’jalik sharoitida iste’mol, ko’pincha, ishlab chiqarishga mos kelgan, bunday holat esa ularning bir-biri bilan bog’lanish muammosini juda osonlashtirgan. Bunday munosabatlarda barcha zaruriy narsalar qo’l kuchi bilan tayyorlangan, ya’ni xom ashyoni tayyor maxsulot holatiga keltirish uchun o’z kuchlaridan foydalanilgan. Natural xo’jaligi sharoitida maxsulot ayirboshlanmagan va ishlab chiqaruvchilar o’zlari uchun xayotiy vositalarni ishlab chiqarib, kunlik extiyojlarini qondirib kelishgan.
  • Natural xo’jalikning dastlabki asosi, dastlab, yer, keyinchalik xonaki xunarmandchilik sanoati shaklida bo’lgan. Natural xo’jalik bir necha xil tipdagi xo’jaliklardan iborat bo’lib, yakka dehqon, oilaviy, jamoa va, nixoyat, davlat xo’jaliklaridan tashkil topgan.
  • Natural xo’jalik bozor iqtisodiyoti munosabatlari qaror topgunga -qadar ijtimoiy ishlab chiqarishning asosiy shakli bo’lib keldi.

Uzoq o’tmishdayoq natural xo’jalikning kerakli ekanligi, uni yanada mustahkamlash va rivojlantirishning zarurligi g’oyalari olg’a surilgan.

  • Uzoq o’tmishdayoq natural xo’jalikning kerakli ekanligi, uni yanada mustahkamlash va rivojlantirishning zarurligi g’oyalari olg’a surilgan.
  • Masalan, qadimgi yunon (grek) olimlaridan Platon, Aristotel kabilar o’z asarlarida shunday g’oyalarni olg’a surishgan. Platon “Siyosat va davlat ” nomli asarida natural quldorlik xo’jaligini moslab, jamiyatdagi xar qanday dushmanlikni keltirib chiqaradigan yagona manba - pul deb xisoblaydi va natural xo’jalikni ximoya qilib chiqadi. Uning fikricha, natural xo’jalik jamiyat a’zolari o’rtasidagi iqtisodiy tabaqalanishga chek qo’yadi. Aristotel natural xo’jalikning ximoyachisi va uning nazariyachi- laridan xisoblanadi. U natural xo’jalikni mustaxkamlash bilan birgalikda tovar xo’jaligini xam rivojlantirish kerak, lekin bunda tovar ishlab chiqarib sotishdan maqsad o’z extiyojini qondirish ustun turadi, deb xisoblaydi. Ta’kidlash lozimki, Aristotel zamonida natural xo’jalik bilan bir vaqtda uning zaminida tovar xo’jaligi xam mavjud bo’lgan.
  • Natural xo’jalik ishlab chiqaruvchi kuchlarning g’oyat past darajasi- ga xos bo’lib, ishlab chiqarishni kengaytirish, maxsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish imkonini bermaydi. Chunki bunday xo’jalik va ishlab chiqarish to’la-to’kis qo’l mexnatiga tayanadi. Mexnat qurollari esa uzoq davrlar davomida o’zgarmay qolaveradi. Ishlab chiqarishning mod­- diy omili rivoj topmaganligi bilan birga, uning shaxsiy omili xam o’ta past darajada saqlanib turadi. Mexnat unumdorligi deyarli o’smaydi. Mexnat unumdorligi g’oyat sust borganligi sababli iqtisodiy o’sish xam sust bo’lgan.

Yüklə 147,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə