O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi umumiy psixologiya fan dasturi



Yüklə 270,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/13
tarix14.02.2023
ölçüsü270,02 Kb.
#100780
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Umumiy psixologiya

 
Umumiy psixologiya 
fanining predmeti 
Psixologiya tabiiy va ijtimoiy ilmiy fan sifatida. Psixologik bilimlarning 
o’ziga xos tomonlari. Umumiy psixologiya samara beruvchi, harakatga keltiruvchi 
va hayvon hamda odam ob'ekti faoliyatidagi psixik aks ettirishning to’zilishi va 
hulq-atvori haqidagi fan sifatida. Psixika tirik mavjudotning ob'ektiv borliqni aks 
ettirish shakllaridan biri ekanligi to’g’risida Umumiy tushuncha. Psixik aks ettirish 
- ob'ektiv olamning sub'ektiv obrazi ekanligi. Psixikaning aks ettirish va 
boshqaruvchanlik vazifalari. Miya va psixika. Psixika va ong. Ong va ongsizlik 
(anglanmagan, ong darajasiga borib yetmagan harakatlar) holatlari. Psixologiya 
fanining predmeti haqidagi tasavvurlar taraqqiyotining asosiy bosqichlari. 
Psixikaning falsafa doirasidagi taraqqiyoti. Sharq mutafakkirlari (Al Forobiy, Abu 
Ali ibn Sino, ibn Rashid, G’azzoliy, Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Naqshbandiy, 
Abu Bakir ar-Roziy, Umar Xayyom, Alisher Navoiy va boshqalar)ning psixologik
qarashlari. Psixologiya fanining nazariy hamda amaliy vazifalari. 
Hozirgi zamon psixologiyaning to’zilishi va tadqiqot metodlari 
Hozirgi zamon psixologiyasi fanining tamoyillari, determinizm tamoyili, ong 
va faoliyat birligi tamoyili, ongni faoliyatda rivojlanish tamoyili, hozirgi zamon 
psixologiyasining to’zilishi, aniq faoliyatni o’rganuvchi psixologiya sohalari
rivojlanishning yosh xususiyatlarini o’rganuvchi psixologiya sohalari, shaxs va 
jamiyatga bo’lgan munosabatlarni o’rganuvchi psixologiya sohalari, mehnat 
psixologiyasi, pedagogik psixologiya, tibbiyot psixologiyasi, yuridik psixologiya
yosh psixologiyasi, maxsus psixologiya yoki anomal taraqqiyotni o’rganuvchi 
psixologiya sohalari, hozirgi zamon psixologiyasining tadqiqot metodlari
ko’zatish metodi, eksperiment metodi, suhbat va so’rovnoma metodi, faoliyat 
mahsulini o’rganish metodi, test metodi, sotsiometriya metodi, biografiya metodi, 
psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o’rni. 

Yüklə 270,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə