O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi umumiy psixologiya fan dasturi



Yüklə 270,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/13
tarix14.02.2023
ölçüsü270,02 Kb.
#100780
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Umumiy psixologiya

Yosh davrlari psixologiyasi
Yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va muammolari 
Yosh davrlari psixologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Yosh 
davrlari psixologiyasi fanining asosiy muammolari. Yosh davrlari psixologiyasi
faniga oid ilmiy bilimlarning vujudga kelish tarixi. Yosh davrlari psixologiyasi
fanining tadqiqot metodlari. Yosh davrlari psixologiyasi fanining asosiy sohalari. 
Yosh davrlari psixologiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi 
Psixik rivojlanish va uni davrlashtirish muammosi 
Psixik rivojlanish haqida tushuncha, uning o’ziga xos xususiyatlari. Psixik 
rivojlanishning asosiy qonuniyatlari. Psixik rivojlanishning asosiy omillari. Yosh 
tushunchasi. Psixik rivojlanishni davrlashtirish muammosi (qadimiy va zamonaviy 
tasniflar). Yosh davrlarining genetik epistimologiya nazariyasidagi tasnifi haqida. 


(J.Piaje). Yosh davrlarining psixoanaliz nazariyasidagi tasnifi haqida (Z.Freyd). 
Sotsiogenetik yondashuvda yosh davrlari tasnifi haqida (E.Erikson). Yosh 
davrlarining etakchi faoliyat nuqtai nazaridan tasniflanishi haqida (D.B.Elkonin). 
Psixik rivojlanishda yosh davri inqirozi muammosi
Ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos 
xususiyatlar
Perinatal va chaqaloqlik davrida psixofiziologik rivojlanishga xos 
xususiyatlar haqida Umumiy tushuncha. Tug`ilish davri inqirozi. «Tirilish 
kompleksi» haqida. Gudaklik davrida psixik rivojlanishda kattalar bilan emotsional 
muloqotning ahamiyati (emotsional deprivatsiyaning salbiy oqibatlari). Bir yosh 
inqirozi haqida. Ilk bolalik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari. Ilk bolalik 
davrida nutqning rivojlanish xususiyatlari. Ilk bolalik davrida o’z-o’zini 
anglashning rivojlanishi va 3 yosh inqirozi. 
Maktabgacha yosh davrida psixik rivojlanish xususiyatlari 
Maktabgacha yosh davrida psixofiziologik taraqqiyotning Umumiy tavsifi. 
O’yin maktabgacha yoshdagi bolaning etakchi faoliyati sifatida (o’yin 
faoliyatining mohiyati, turlari, bilish jarayonlari va shaxs taraqqiyotiga ta`sir 
ko’rsatish mexanizmlari, o’yinchoqning bola psixik rivojlanishiga ta`siri 
muammosi). Maktabgacha yosh davrida bilish jarayonlari va nutqning 
rivojlanishiga xos xususiyatlar. J.Piaje fenomenlari haqida tushuncha. 
Maktabgacha yosh davrida tafakkur egotsentrizmi muammosi. Maktabgacha yosh 
davrida emotsional-irodaviy sifatlarning rivojlanish xususiyatlari. Maktabgacha 
yosh davrida ijtimoiy emotsiyalarning shakllanishi. Maktabgacha yosh davrida
motivatsion sohadagi o’zgarishlar va shaxsning «birinchi tug`ilishi» 
(A.N.Leontev). 7 yosh inqirozi, uning sabablari va alomatlari. Maktabga 
psixologik tayyorlik muammosi. 

Yüklə 270,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə