O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi umumiy psixologiya fan dasturi


Kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlari



Yüklə 270,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/13
tarix14.02.2023
ölçüsü270,02 Kb.
#100780
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Umumiy psixologiya

Kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlari 
Kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanishning Umumiy tavsifi. 
Kichik maktab yoshidagi bolaning maktabga moslashishi muammosi. Kichik 
maktab yoshi davrida kognitiv - affektiv sohalardagi rivojlanish xususiyatlari. 
Kichik maktab yoshi davrida motivatsion sohadagi rivojlanish xususiyatlari 
(o’quv faoliyati, shaxslararo munosabatlarning motivatsion asoslari). Kichik 
maktab yoshi davrida bolaning o’zi haqidagi tasavvurlari va xulq-atvori. 
Pedagogik baho va kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish aloqasining 
psixologik mexanizmlari. Kichik maktab yoshida bola shaxsining rivojlanish 
xususiyatlari
O’smirlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari
O’smirlik davridagi psixik rivojlanishning Umumiy tavsifi (o’smirlikda 
jismoniy o’sish xususiyatlari, jinsiy etilish jarayoni, uning psixik rivojlanishga 
ta`siri haqida Umumiy tushuncha). o’smirlik davri inqirozi va uning psixologik, 
psixofiziologik sabablari. o’smirlik davrida intellektual va emotsional rivojlanish 
xususiyatlari. o’smirlik davrida motivatsion sohadagi rivojlanish xususiyatlari 
(tengdoshlar bilan muloqot qilish motivatsiyasi, o’quv faoliyati motivatsiyasi
jinoiy xulq-atvor motivlari). o’smirlik davrida shaxsning rivojlanish xususiyatlari 


(shaxs tug`ilishining 2-davri – A.N.Leontev). o’smirlik davrida o’z-o’ziga baho 
berish tizimining rivojlanish xususiyatlari. o’smirlik davrida xarakter 
aktsentuatsiyasi muammosi.
Ilk o’spirinlik yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlari 
Ilk o’spirinlik davri psixologiyasiga Umumiy tavsif (psixofiziologik 
rivojlanish xususiyatlari, o’quv faoliyati xususiyatlari, ijtimoiy xulq-atvordagi 
Umumiy o’zgarishlar). Ilk o’spirinlik davrida intellektual va emotsional rivojlanish 
xususiyatlari. Ilk o’spirinlik davrida do’stlashish muammosining psixologik 
xususiyatlari. Ilk o’spirinlik davrida muhabbat. Ilk o’spirinlik davrida o’zini-o’zi 
anglashning rivojlanishi (o’zini-o’zi baholash, hurmat qilish, shaxsiy va ijtimoiy 
identifikatsiya muammolari). Ilk o’spirinlik davrida o’quv-kasbiy faoliyatning 
etakchi faoliyatga aylanishi va kasb tanlash muammosi. Ilk o’spirinlikda kasbga 
yo’naltirishning psixologik muammolari. 

Yüklə 270,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə