Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʻlim vazirligi university of Tashkent for Applied Sciences


-Mavzu: O`zbek folklorining janrlar tizimi. (2 soat)



Yüklə 61,18 Kb.
səhifə2/12
tarix28.11.2023
ölçüsü61,18 Kb.
#134784
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
FOLKLOR ISHCHI DASTURI

2-Mavzu: O`zbek folklorining janrlar tizimi. (2 soat)
Folklor asarlari ham, barcha san’at asarlarida bo`lganidek, o`zlarigagina xos tuzilish, g`oyaviy-badiiy xususiyatlar, qo`llanish o`rni va bajaradigan vazifalariga ega va shu fazilatlariga ko`ra muayyan guruhlarni tashkil etadilar. Bunday guruhlanishni ifodalash uchun folklorshunoslikda ham, adabiyotshunoslikda ham keng qo`llanuvchi bir qator tushuncha va istilohlardan foydalaniladi. XVI – XVII asrlarda yozma adabiyotning folklorga ta’siri sezilarli bo`la boshladi. Buning oqibatida ertaklarda reallik (hayotiylik) kuchaya bordi va XX asrga kelib xalq ijodida ertak yaratish an’anasi butunlay to`xtadi, aksincha yozma adabiyotda adabiy ertak janri qaror topayotir. Bularning barchasi folklor taraqqiyotiga xos umumiy qonuniyatlar zamirida kechdi.
Og`zaki nasriy asarlar tuzilishi jihatidan xalq lirikasi va og`zaki dramasi namunalaridan ajralib turadi. Bu farq, asosan, voqelikni ifodalash yo`liga qarab belgilanadi. Chunki xalq nasriy asarlarida voqealar aniq va mukammal syujet asosida bayon etiladi, tafsiliylik ustunlik qiladi. Ularda emosionallik, metrik o`lchov uchramaydi, voqelik epik nutq vositasida bayon etiladi.


3-Mavzu: Qadimgi davr folklori. (2 soat)
Eng qadimgi folklor miflarni, jangnoma tipidagi afsonalar va rivoyatlarni, ertak va naqllarni, qahramonlik eposlari, qo`shiq va maqollarni qamrab oladi.
Eng qadimgi folklor asarlarining yaratilishida animistik va totemistik qarashlar, turli mifologik inonchlar muhim rol o`ynagan.
Animizm - bu ibtidoiy insonning tabiat haqidagi qarashi, o`zini tabiatdagi narsalar: tabiat kuchlari va hodisalari, jonsiz predmetlar bilan aynan bir narsa deb hisoblashi, hamma narsalarni jonli deb bilishdan iborat tasavvurlari yig`indisidir.
Totemizm – odamning biror hayvon yoki o`simlik turi bilan o`zini qondosh deb bilishdan iborat ishonch-e’tiqodi tizimidir. Totem – u yoki urug`ning e’tiqod qo`ygan himoyachisi hisoblanadi.
Fetishizm – frantsuzcha “fetiche” so`zidan olingan bo`lib, ibtidoiy ajdodlarimizning qadimiy e’tiqodiga ko`ra, narsalarga irim qilib sig`inish yoki ularga magik kuchga ega deb qarash asosida sig`inishni anglatadi. Xalq ertaklarida uchrovchi oyna, qilich, igna, marjon, tosh, taroq va boshqa shu xildagi predmetlar magik kuchi tufayli qahramonlarga yordamchi vositaga aylangan.

Yüklə 61,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə