Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʻlim vazirligi university of Tashkent for Applied Sciences


-Mavzu: Rivoyat va uning o‘ziga xos xususiyatlari. Naql atamasi



Yüklə 61,18 Kb.
səhifə3/12
tarix28.11.2023
ölçüsü61,18 Kb.
#134784
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
FOLKLOR ISHCHI DASTURI

4-Mavzu: Rivoyat va uning o‘ziga xos xususiyatlari. Naql atamasi.
(2 soat)

Rivoyat − mustaqil folklor jari sifatida. Rivoyat va uning janr tabiati. Rivoyatda syujet shakli. Rivoyat tasvirlangan voqelikning mavzu ko`lami. Rivoyat talqinida voqelarni tasvirlash uslubi. Rivoyatda obraz. Rivoyatlarning ijro uslubi va ijro o`rni. Rivoyatlar tasnifoti.


Naqil − mustaqil folklor jari sifatida. Naqil va uning janr tabiati. Naqilda syujet shakli. Naqil tasvirlangan voqelikning mavzu ko`lami. Naqil talqinida voqelarni tasvirlash uslubi. Naqilda obraz. Naqillarning ijro uslubi va ijro o`rni.


5-Mavzu: O‘zbek xalq marosim folklori. (4 soat)
Marosim folklori haqida ma’lumot. Marosim, bayram, an’ana, urf-odat tushunchalarining o`zaro munosabati va farqli tomonlari. Marosimlarning ijtimoiy – etnografik mohiyati va g`oyaviy-estetik vazifalari. Marosim turlari: Mavsumiy marosim, Oilaviy-maishiy, So`z magiyasiga asoslangan marosimlar. Bahorgi, yozgi, kuzgi, qishki marosimlar folklori va uning badiyati.
Marosim insoniyat madaniyatining eng muhim shakllaridan biri bo`lishi bilan bir qatorda uni rivojlantirishdagi samarali vosita ham hisoblanishi. Marosim xalq san’ati va madaniyati shakllari orasida eng ulkan auditoriyani o`ziga jalb qiladigan ommaviy tadbir sifatida. Marosimlar xalqning eng yaxshi an’analari, odatlari, axloqiy qoidalarini o`zida mujassamlashtirishi, saqlashi va rivojlantirishi jihatidan yoshlarni tarbiyalashda, ularning odobli-axloqli bo`lishlarida muhim ahamiyat kasb etishi. O`bek marosim folklorining janrlar tarkibi.
6-Mavzu: Marosim bilan bog‘liq bo‘lmagan (nomarosim) folklor: OLQISH VA QARG‘ISHLAR (2 soat)
Olqishlar - Qadimgi insonlar so`zning magik qudratiga ishonganlar. Yaxshi so`z ezgulikka, yomon so`z esa yovuzlikka yetaklaydi, deb hisoblaganlar. Shuning uchun xalq orasida «Yaxshi so`z – jon ozig`i, yomon so`z – bosh qozig`i» degan maxsus maqol mavjud.
O`zbek folklori janrlari orasida so`z sehriga asoslanuvchi maxsus mustaqil janrlar bor. Olqish va qarg`ishlar Shunday janrlar sirasiga kiradi. Mazmunan bir-biriga zid bo`lgan olqish va qarg`ishlar o`zbek folklorining qadimiy, an’anaviy va ommaviy janrlari sanaladi.
QARG`ISHLAR – o`zbek folklorining mustaqil, qadimiy, an’anaviy janri bo`lib, insonga yomonlik, o`lim tilash motivlarini ifodalashi bilan ajralib turadi. “Qarg`ish” atamasi qadimgi turk tilida “Qir, qar” fe`li o`zagidan yasalgan. M.Qoshg`ariyning “Devonu lug`otit turk” asarida shu so`z bilan o`zakdosh “Qirg`a” iborasining g`azab ma’nosida qo`llanilganiga izoh berilgan.



Yüklə 61,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə