Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʻlim vazirligi university of Tashkent for Applied Sciences


-Mavzu: Topishmoq – hayotni o‘ziga xos badiiy idrok etish shakli sifatida



Yüklə 61,18 Kb.
səhifə7/12
tarix28.11.2023
ölçüsü61,18 Kb.
#134784
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
FOLKLOR ISHCHI DASTURI

13-Mavzu: Topishmoq – hayotni o‘ziga xos badiiy idrok etish shakli sifatida (2 soat)
Hayotni o`ziga xos badiiy idrok etish shakli bo`lgan topishmoq o`zbek folklorining ommaviy janrlaridan biridir. Inson va uni o`rab olgan olam topishmoqlarda ko`chimlar, o`xshatishlar, taqqoslashlar, qiyoslar, solishtirishlar, savollar vositasida o`ziga xos poetik shaklda aks etadi. Bu jihati bilan u insoniyat badiiy tafakkuri taraqqiyotida favqulodda hodisa bo`lib, unda obrazli zuhur etgan hayot parchasi topishmoqning javoblari orqali reallashadi. Janrning poetik tabiatiga xos bo`lgan bunday umumiy xususiyat barcha xalqlar topishmoqlariga taalluqlidir. Demak, u — xalqaro janr. Shu bilan birga har bir xalqning topishmog`i o`sha xalq hayot tarzining ifodasi sifatida o`ziga xos, original, jozibali va benazirdir.
Shakli, vazifasi, ish-harakati va holati jihatidan bir-biriga o`xshash ikki predmet, narsa va hodisadan jumboqlanib, ikkinchisiga xos o`xshash belgilar asosida uni topishga mo`ljallab she`riy yoki nasriy tuzilishda berilgan savol yoki topshiriq topishmoq deb yuritiladi.
14-Mavzu: Latifa va lof o`zbek folklorining mustaqil janri sifatida
(2 soat)

“Latifa (arabcha - go’zal, yoqimli so’zidan; ko’p latoyif - latifalar, go’zal so’z va hikoyalar) - xalqning nozik fahmlilik bilan aytilgan kulgili kichik hikoyasi ma’nosida ishlatiladi. “Latifa” termini XIII asrdan boshdab hozirgi kundagi tushunchasida qo’llanila boshlagan. Latifa ba’zan zarifa (ko’p. zaroyif), nodira (ko’p. navodir), ajiba (ko’p. ajoyib), hikoyat, mutoyiba, bazla deb ham atalgan. Hozirda “afandi” deb ham atalmoqda. Bu haqda taniqli folklorshunos Xodi Zarif shunday deydi: "Xo’ja Nasriddin haqidagi turk latifalarining yozma manbalar orqali Movarounnahrga kirib kelishi natijasida janr, mazmun, qahramonlar xarakteridagi yaqinlik tufayli asl o’zbek latifalaridagi qahramon nomi asta-sekin Nasriddin Afandi nomi bilan almashtirilgan. Keyinchalik bu to’plamning ommaviy nashrlari o’zbek xalqi o’rtasida asl va tarjima latifalarning keng tarqalishiga olib kelgan. Natijada “latifa” termini o’z o’rnini “afandi” (“apandi”)ga bo’shatib bergan.


Xalq orasida og`zaki tarzda yaratilgan va xalq san’atkorlari tomonidan sahnada namoyish etiladigan asarlar og`zaki drama deb ataladi. Og`zaki drama – xalq ijodining mustaqil janri sifatida juda qadim zamonlarda shakllangan.
Og`zaki drama turli xil o`yin-kulgulardan, dramatik holatlardan, har xil qiyofaga kirgan tomoshachilarning monolog va dialoglaridan, sahna harakatlariyu ovoz ohanglaridan tashkil topadi. Bular og`zaki dramaning eng muhim janriy belgilari hisoblanadi.

Yüklə 61,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə