Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʻlim vazirligi university of Tashkent for Applied Sciences


-Mavzu: O`zbek bolalar folklori va ularning badiiy xususiyatlari



Yüklə 61,18 Kb.
səhifə6/12
tarix28.11.2023
ölçüsü61,18 Kb.
#134784
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
FOLKLOR ISHCHI DASTURI

11-Mavzu: O`zbek bolalar folklori va ularning badiiy xususiyatlari.
(2 soat)
Bolalar fol’klorining tabiati, ijtimoiy-estetik ahamiyati. Alla, aytim-olqishlarning janriy tabiati. Erkalama va ovutmachoq, yalinchoqlar va hukmlagichlar. Maishiy qo`shiqlar-to`rtlik va aytishuvlar. Bolalar folklorining adabiy-estetik va tarbiyaviy qimmati.
Erkalama va ovutmachoqlar ham suyish qo`shiqlarining bir-biridan farq qiluvchi janrlari sanaladi. Ovutmachoqlar kichkintoylar g`ashlanganda, baqirib-chaqirib yig`laganda, betoqatligi oshganda ovutish zaruriyatining ehtiyojga aylanishi oqibatida yuzaga kelsa, erkalamalar uchun esa kayfiyatning ko`tarinkiligi muhim rol o`ynaydi. Erkalamalar mehr xurujidan tug`iluvchi badihalardir. Ovutmachoqlar vaziyat taqozosi tufayli ehtiyojga aylansa, erkalamalar kayfiyat taqozosi tufayli ehtiyojga aylanadi. Bolalar repertuarida ibtidoiy ajdodlarimizning qachonlardir animistik va totemistik etiqodlari asosida shakllanib, endilikda o`sha mohiyatini yo`qotgan yalinchoqlar va hukmlagichlar.
12-Mavzu: Maqol va topishmoqlarning janr xususiyatlari (2 soat)
Maqol, masal, matal, zarbulmasal, naql, hikmat, foyda, hikmatli so`z, tanbeh, mashoyixlar so`zi, donolar Yoki donishmandlar so`zi, oqinlar so`zi va otalar so`zi atamalari bilan el orasida yurgan bu janr namunalari g`oyat ommaviy bo`lib, umumfolklor hodisasi hisoblanadi. Ilmiy taomilda esa maqol atamasi istemoldadir. Maqol arabcha “qavvola” so`zidan olingan va “aytmoq, so`zlamoq” ma’nolarini anglatadi. Xalq orasida «Qavlida sobit” yoki «Qavlida tuturuqsiz” iboralari bor: birinchisida “so`zida qatiyatli, bir so`zli” ma’nolari anglashilsa, ikkinchisida “so`zida turmaydigan, o`z so`zi ustidan chiqa olmaydigan, so`zi bilan ishi bir bo`lmagan” manolari ifodalangan. Binobarin, “maqol” so`zi o`zbek tilida ikki manoda, avvalo, o`z lug`aviy manosida - “so`z, nutq”ni anglatsa, ikkinchidan, istilohiy manoda - folklorda keng tarqalgan janrni ifoda etadi.



Yüklə 61,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə