O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti “mehnat ta’limi” kafedrasi



Yüklə 3,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/114
tarix19.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#150991
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   114
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi u

 
TOKARLIK
-
VINT 
Q
IRQISH STANOKLARI
 
Tokarlik-vint qirqish stanoklari xilma-xil ishlarni bajarish uchun muljallangan. Bu 
stanoklarda shakldor yuzalar yunish, silindrik va konussimon teshiklarni yunib 
kengaytirish; ko‘ndalang kesim yuzalarni yunish; tashki va ichki rezbalar qirqish: 
teshiklar parmalash, zenkerlash va razvyortkalash; zagotovkalarni kirkib tushirish, 
kisman kesish va boshka ishlarni bajarish mumkin. 


236 
Tokarlik vint qirqish stanoklarining asosiy parametrlari ishlov beriladigan zagotovkannng 
staninadan yukoridagi eng katta diametri va stanok markazlari orasidagi eng katta 
masofadir, markazlar orasidagi eng katta masofa ishlov beriladigan detalning 
maksimal uzunligini belgilaydi. Tokarlik-vint qirqish stanoklarining bu asosiy 
parametrlaridan tashkari ularning tegishli DSlarda belgilangan muhim o‘lchamlari 
ishlov beriladigan zagotovkaning supportdan bo‘lgan eng katta diametri
shpindelining maksimal aylanish chastotasi, shpindel teshigidan o‘ta oladigan 
prutokning eng katta diametri, Shpindel markazining o‘lchami keskichning maksimal 
balandligidir. Sanoatimizda asosan, 160—1250 mm li zagotovkaga ishlov bera 
oladigan va markazlari oraligi 12500 mm bo‘lgan tokarlik-vint qirqish stanoklari 
ishlab chikariladi. 
Seriyalab tokarlik stanoklari ishlab chikarish dastlab 1929 yilda Moskvadagi 
«Krasnuy proletariy» zavodida boshlandi. 1932 yilda ishlab chikarilgan DIP-200 
tokarlik-vint qirqish stanogi usha vakt uchun eng progressiv bo‘lgan va uning tezliklar 
kutisi shesteriya (tishli gildiraklardan tuzilgan edi. Bu model shundan keyin bir pecha 
marta modernizatsiyalashtirildi (takomillashtirildi), natijada 1D62M 1A62 va boshka 
modelli stanoklar yaratildi. 1954 yildan boshlab shu zavodda normal va yukori 
aniqlikdagi 1K62 stanogi seriyalab ishlab chikarila boshladi Bu stanok asosida xar 
xil turdagi ixtisoslashtirilgan stanoklar yaratildi. Chet el stanoksozligida tokarlik 
stanoklari kopirovkalash qurilmalari bnlan jixozlanadi. Bu hol maxsus shakldor 
keskichlar va kombinatsiyalashtirilgan yo‘nib kengaytirish asboblari ishlatilmay turib, 
murakkab shakldor profillarni ishlashga imkon beradi va stanoklarni rostlash ishlarini
ancha osonlashtiradi. Ikki-uch kopirovkalash supportlari bor tokarlik kopirovkalash 
stanoklari mavjudki, ularda sirtqi, ichki va ko‘ndalang kesim yuzalariga ishlov berish 
mumkin. 
Tokarlik-vint qirqish stanoklari aniqligini oshirish, boshkarilishini takomillashtirish, 
surish tezlik diapazonini oshirish, texnologiya asbob-uskunalarini yanada yaxshilash 
yulida rivojlantirilmokda. 


237 
Tokarlik-vint qirqish stanoklarida zagotovkaning aylanishi bosh xarakat, keskichli 
supportning xarakati esa surish xarakatidir. Boshka barcha xarakatlar yordamchi 
xarakatlar jumlasiga kiradi. 
Tokarlik-vint qirqish stanogi amalda bir tipli kompapovkaga ega, bunday 
kompanovkaga 1 K62 (41-rasm) stanogi misol bula oladi. Uning asosiy uzellari jum-
lasiga stanina (2), oldingi (shpindelli) babka ( I ) . fartuk (4), keskich tutgichli- 
support (3), orka babka (5), oldingi babkaga tezliklar kutisi ( 1 ) , surish kutisi (8) 
joylashtirilishi mumkin. 
Stanina 
stanokning barcha asosiy uzellarini o‘rnatish uchun xizmat qiladi va 
stanokning asosi xisoblanadi. 
Oldingi babka 
staninaning chap kismiga maxkamlangan buladi. Oldingi babkada 
sganokning tezliklar kutisi buladi, tezliklar kutisining asosiy kismi shpindel bulib, u 
dumalash yoki sirpanish podshipniklarida aylanadi. Shpindel, odatdi, boshidan 
oxirigacha konussimon teshikdan iborat bulib, chivik material (zagotovka) ana shu 
teshikdan o‘tkaziladi. 
Orka babka 
markazlarga o‘rnatilib, yo‘nalayotgan zagotovkani tutib turish, 
shuningdek, teshiklar parmalash va ularga ishlov berish parma, zenker, 
razvyortkalarni) xamda rezba
qirqish ishlariga muljallangan asboblarni (metchik, plashkalarni) maxkmlash uchun 
xizmat qiladi, Orqa babka stanina yo‘naltiruvchilari bo‘ylab surila oladi. 
Surish kutisi 
shpindeldan yoki aloxida yuritmadan surish vali yoki surish vintiga 
aylanma xarakat uzatish, shuningdek, tegishlicha surishga erishish yoki rezba 
qirqishda muayyan kadam xosil qilish maksadida aylanish chastotasini uzgartirish 
uchun xizmat qiladi. Bunga surishlar kutisining uzatish nisbatini uzgartirish yuli bilan 
erishiladi. Surishlar kutisi almashtiriladigan shesternyalari bor gitara vositasida 
stanok shpindeli bilan boglangan. 


238 
Fartuk surish 
vali va surish vintining aylanma xarakatini supportning tugri chiziqli 
ilgarilanma xarakatiga aylantirish uchun muljallangan. 
Support kssuvchi asbobni maxkamlash va unga surish xarakatini berish uchun xizmat 
qiladi. 
1K62 tokarlik-vint qirqish stanogining asosiy xarakteristikalari kuyidagicha: ishlov 
beriladigan zagotovkaning staninadan yukoridagi eng katta diametri 400 mm, ishlov 
beriladigan zagotovkaning supportdan yukoridagi eng katta diametri 220 mm, 
shpindel teshigi orasidan o‘tkazilib, ishlov beriladigan chivikning eng katta diametri 38 
mm. Shpindelning tezliklari soni 23, shpindelning chastotalari chegarasi- 32,5—-
2000 ayl/min, bo‘ylama surish kiymatlari chegarasi 0,07— 4,16 mm/ayl, 
ko‘ndalang surish kiymatlari chegarasi 0,035—2,08 ayl./min; kirqiladigan rezbalar 
rakami, metrik rezba uchun 1-192 mm; dyuymli rezba uchun 1
 
ga 24—2 uram; 
modulli rezba uchun 0,5-48P mm, pitchli rezba uchun 96—1 pitch. Elektr 
dvigatelining kuvvati 10 kvt, elektr dvigateli valining aylanish chastotasi 1450 
ayl/min, gabarit o‘lchamlari /2522—3212/ XI166X1324 mm dan iborat. 

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə