O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti “mehnat ta’limi” kafedrasi



Yüklə 3,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/114
tarix19.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#150991
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   114
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi u

Diffuzion payvandlash 
tekis va silliq yuzalarning bir-biriga tekkizilganda ular 
orasida diffuziya tufayli atomlararo bog‘lanishning barpo bo‘lishiga asoslangan. 
Payvandlash vakuum sharoitida payvandlanuvchi detallarni induktordan o‘tkazilgan tok 
vositasida qizdirish va bosim (25 MPa gacha) bilan 5-20 minut davomida ushlab 
turish orqali bajariladi. Diffuzion payvandlash usuli turli materiallarni (po‘latni A1, 
W, Ti, Mo, metall okeramika bilan, keramikani Su, Ti, Nb bilan) kosmik texnika, 
radioelektronika, priborsozlik va boshqa sohalarda payvandlashda qo‘llanilib, bu 
usulning bir qator afzalliklari ko‘rsatiladi. 
Ul’tratovush yordamida payvandlash 
magnitostriksiya -ba’zi kristallik 
moddalar (permaloy G‘ye-Ni, permendyur So-Fe) ning o‘zgaruvchan magnit 
maydoni ta’siridan o‘zining chiziqli o‘lchamlarini o‘zgartirish hodisasiga asoslangan. 
Bu o‘zak yordamida elektrik tebranishlarni mexanik tebranishlarga aylantirish 
imkoniyatini beradi. Mexanik tebranishlar chastotasi 20...30 kGs ni tashkil etib, 
ular payvandlash zonasida metallning yupqa qatlamini qizdiradi, oksid 
plyonkalarini buzilishiga va bunday qatlamlarning plastik deformasiyalanishiga olib 
keladi. 
Payvanddanuvchi zagotovkalar tayanch elektrodga joylashtirilib, 
ular to‘lqin uzatkich uchligiga kuch bilan yaqinlashtirilganda mustahkam payvand 
birikma hosil bo‘ladi (M, 283-284; 303-304). 
Ul’tratovush yordamida bir va har xil jinsli materiallarni priborsozlik, 
radioelektronika hamda mashinasozlikning ba’zi sohalarida o‘zaro biriktirib turli 
konstruksyayalar ishlab chiqariladi. 


225 
Ishqalab 
payvandlashda 
zagotovkalar 
yon 
yuzalarining 
bir-biriga 
ishqalanishidan ajralib chiqqan issiklikdan, ya’ni payvandlash joyida mexanik 
energayaning issiqlik energiyasiga aylanishidan foydalaniladi. Payvandlash 
rejimining parametrlari; zagotovkalardan birining aylanish chastotasi (n), cho‘ktirish 
paytidaga solishtirma bosim (r) va cho‘ktirish mikdori (
1

). Payvandlash uchun 
maxsus mashinalar yaratilgan bo‘lib, ularda pog‘onali vallar, puansonlar, kesuvchi 
asboblarning dastaklari payvandlanadi. 

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə