O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti “mehnat ta’limi” kafedrasi



Yüklə 3,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/114
tarix19.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#150991
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   114
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi u

Plazma yordamida payvandlashda 
juda yuqori temperatura (10.000-20.000 
°S) ga ega bo‘lgan plazma yoy ustuni orqali gazlar (azot, argon, vodorod, 
geliy va boshqalar) ni o‘tkazish paytida maxsus plazmotronlarda hosil qilinib
undan har xil metatlarni payvandlab biriktirishda yoki kesishda, naplavka kilishda 
yoki detal yuzalarini boshqa metallar bilan qoplashda foydalaniladi. 
Elektron-nur yordamida payvandlashda 
katta energiya quvvatiga (5000-
6000°S) ega bo‘lgan elektronlar oqimidan foydalaniladi. Amalda bu usul 
radioelektronika va priborsozlikda qiyin eruvchan metallar (W, Mo, Ti va 
boshqalar) ni payvandlashda, shuningdek materiallarga o‘lchamli ishlov 
berishda qo‘llaniladi. Bu usulning kamchiligi - jarayonning vakuum sharoitida olib 
borilishidir. 
Lazer yordamida payvandlashda 
energaya manbai sifatida yo’naltirilgan 
o‘tkir lazer nuri oqimi xizmat qiladi. Lazer qurilmalari vakuum talab qilmaydi. Bu 
payvandlash usuli ham radioelektron sohasida qo‘llaniladi. 


221 
Gaz yordamida payvandlash va kesish.
Gaz yordamida payvandlashda payvandlanayotgan zagotovkalar qirralarini va 
qo‘shimcha metall simni eritish uchun yonuvchi gazning kislorod bilan 
aralashmasining yonishida qosil bo‘lgan issiqlikdan foydalaniladi. 
Yonuvchi gazlar sifatida asetilen, vodorod, tabiiy gaz (94% SN4), benzin va 
kerosin bug‘lari xizmat qiladi. Eng ko‘p asetilen qo‘llanilib, uni asetilen 
generatorlarida yoki stasionar qurilmalarda kal’siy karbididan unga suv ta’sir 
etirilishda hosil qilinadi: 
Sa S2+2N2O- S2N2 | + Sa (ON)
2
Asetilen generatorlari 
quyidagi turlarga bo‘linadi: 
1) ish prinsipi bo‘yima - «karbid suvga», «suv 
karbidga 
va kontakt 
sistemalari bo‘yicha ishlovchi;
2)
gazning bosimi bo‘yicha - past, o‘rta va yuqori bosimli; 
3)
o‘rnatilishi bo‘yicha - stasionar va ko‘chma. 
Asetilen generatorlari xavfsizlik maqsadida suv zatvorlari bilan 
ta’minlanadi. Asetilen gazi 1,6 MPa (16 kgk/sm
2
) bosimda oq rangga bo‘yalgan 
ballonlarda saqlanishi mumkin. Kislorod 15 MPa (150 kgk/sm
2
) bosimida havo 
rangli ballonlarda keltiriladi. Gaz ballonlari ventil’ va reduktorlarga ega bo‘ladi. 

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə